1. To‘sin kabi ishlaydigan quyma qovurg‘ali temirbeton orayopmani loyihalash
O‘quv qo‘llanmada quyidagi quyma qovurg‘ali temirbeton orayopma elementlari: to‘sin kabi ishlaydigan (qisqa yo‘nalish bo‘ylab ishlaydigan) orayopma, 2-darajali to‘sin, bosh to‘sin, hamda ustun va poydevorni hisoblash va konstruksiyalash ko‘rsatilgan.
Quyma qovurg‘ali temirbeton orayopmaning afzalligi shundan iboratki, bunday konstruksiyalarda cho‘zilishga ishlaydigan zonalarda kesimda cho‘zilgan armaturalarni joylashtirishga faqat qovurg‘alar qoldiriladi va natijada beton tejaladi. Qovurg‘a tokchasi vazifasini bajaruvchi yopma (plita) 2-darajali to‘sinlar oralig‘ida (qisqa yo‘nalish bo‘ylab) egilishga ishlaydi. Bu bilan betonning siqilishga yaxshi va armaturaning cho‘zilishga ishlash qobiliyatidan samarali foydalaniladi.
2-darajali to‘sinlar bosh to‘sinlar bilan quyma bog‘langan bo‘lib unga tayanadi, bosh to‘sinlar o‘z navbatida ustunlarga va tashqi devorlarga tayanadi.
Bosh to‘sinlar uzunligi 6-9 m gacha qo‘yilib bino bo‘ylamasi yoki ko‘ndalangi yo‘nalishida joylashtiriladi. 2-darajali to‘sinlarni joylashtirishda ularning birortasining bo‘ylama o‘qi ustun o‘qi bilan mos kelishiga ahamiyat qilish kerak (1-rasm). 2-darajali to‘sinlar uzunligi 3-7 m gacha va plitalarniki 1,7-2,7 m gacha oraliqda olinadi.
Plita qalinligini iqtisodiy tejamkorlik talablari bo‘yicha eng kichik qabul qilish kerak. Jumladan: sanoat binolari orayopmalari uchun 6 sm, turar joy va fuqaro binolari orayopmalarida 5 sm olinadi.
Vaqtinchalik yuklar miqdori yuqori bo‘lgan hollarda plita qalinligi oshiriladi. Vaqtinchalik yuk miqdori 10-15 kN/m2 va plita uzunligi 2,2-2,7 m bo‘lsa tejamli armaturlash talabidan kelib chiqib plita qalinligi 8-10 sm qabul qilinadi.
2-darajali to‘sinlar ko‘ndalang kesimi balandligi , kesim eni va bosh to‘sinlar uchun ko‘ndalang kesim balandligi , kesim eni oraliqlarida olinadi.
1.1. Quyma qovurg‘ali temirbeton orayopmani hisoblash va konstruksiyalash
Berilganlar:
1. Ko‘p qavatli sanoat binosi o‘lchamlari -
Ustun katagi o‘lchamlari -
Qavatlar soni – 5
Qavat balandligi – 3,6 m
Vaqtinchalik normativ yukning (foydali yuk):
a) uzoq muddat ta’sir qiluvchi qismi ,
b) qisqa muddat ta’sir qiluvchi qismi
Orayopma pol elementlarining : - normativ og‘irligi – , hisobiy og‘irligi –
Qurilish rayoni - Urganch shahri
Grunt hisobiy qarshiligi - . Poydevorni o‘rnatish chuqurligi – 1,5 m.
Bino tashqi devori – pishgan g‘ishtdan.
10. Beton sinfi B20 ( , , )
Armatura sinfi to‘sinlar uchun A-II , , ko‘ndalang armatura A-I , plita uchun armatura sinfi ,
Do'stlaringiz bilan baham: |