Tilingan yog‘och materiallari. Katta diametrdagi yumoloq yog‘och
materiallarni yog‘och tilish ramalarida yoki aylanma stanoklarda tilish natijasida
tilingan materiallar tayyorlanadi. Tayyorlangan materiallarning uzunliklari
orasidagi farq 0,25 metrga teng bo‘ladi va uzunliklari 1...6.5 metr oralig‘ida
bo‘ladi.
Hamma tamonlari tekis qilib tilingan materiallar toza qirqilgan materiallar
(obreznoy) deb ataladi. Tilish natijasida chorqirralar (brus), qalin taxtalar, yupqa
taxtalar, kichik chorqirralar paydo bo‘ladi. Ularning o‘lchamlari standartga asosan
qo‘yidagicha bo‘ladi.
Demak, tilingan yog‘och materiallarning qalinliklari = 16-250 mm bo‘lib,
ularning eni esa ikki xil, ya’ni b=75-150 mm bo‘ladi (tavsiya qilinadigan) va b=
175-275 mm bo‘ladi (mumkin bo‘lgan).
Do'stlaringiz bilan baham: |