1-Topshiriqqa javob Morfologiya



Download 20,83 Kb.
bet3/3
Sana31.10.2020
Hajmi20,83 Kb.
#50921
1   2   3
Bog'liq
morfologiya

Xarakter — adabiyot va sanʼat asarlarida xususiy belgilari mukammal tasvirlangan va oʻzida feʼlatvor (xattiharakat, kechinma, fikriy va nutqiy faoliyat)ning tarixan aniq tipini mujassamlantirgan, shuningdek, muallifning maʼnaviyestetik konsepsiyasini ifodalagan inson obrazi. Badiiy X. umumiy (takrorlanuvchi) va xususiy (takrorlanmaydigan); obʼyektiv (badiiy X.ga proobraz boʻlib xizmat qilgan kishi hayotining ijtimoiypsixologik asoslari) va subʼyektiv (proobrazning muallif tomonidan idrok va talkin etilgan) belgilarning oʻzaro uyushgan hosilasidir. Adabiyot va sanʼat asarlaridagi X. tushunchasi falsafa, sotsiologiya va psixologiyadagi ayni tushunchadan inson obrazining konsepsiyaviyligi bilan ajralib turadi.

X. tushunchasi ilk marta Yunonistonda, badiiy ijod ruhiy madaniyatdan ajralib chiqqan bir davrda paydo boʻlgan. X.ning antik davrda ifodalagan mazmuni uning hozirgi talqinidan keskin farq qilgan. "...Shoirlar ishtirokchilarning xarakterlarini tasvirlash uchun ularni asarga olib kirishmaydi, — deb yozgan edi Aristotel "Sheʼriyat sanʼati toʻgʻrisida"gi risolasida, — balki ularning xattiharakatlari orqali xarakterlarini ham (asar doirasiga) jalb etishadi". Antik davr tragediyasida ham inson obrazi (X.) emas, balki voqea asar gʻoyasini ifodalab kelgan va muhim badiiy obraz xisoblangan; personajlar asardagi muayyan badiiy vaziyatda oʻynagan roli bilan bir-biridan farklangan.

Personaj X.ining mustaqil gʻoyaviybadiiy ahamiyatga ega ekanligi antik davrdayoq anglashila boshladi. Chunonchi, Plutarx "Parallel hayotnomalar" asarida qahramonlarni ular "takdir"i va X.iga koʻra oʻzaro qiyoslagan. "X." atamasining bunday 2 xil maʼnoda qoʻllanishi 18-asrgacha davom etib keldi. Adabiyot va sanʼatning keyingi rivojlanishi natijasida X. fabuladyan, asar syujetidan tamomila ajralib chikdi.

Uzoq davom etgan tarixiyadabiy jarayonda Uygʻonish va klassitsizm davrlari alohida ajralib turadi. Uygʻonish davrida X. xulqatvorning muayyan belgilaridan forigʻ boʻlib, umuminsoniy hodisa sifatida namoyon boʻla boshladi. U nafaqat antik davr va oʻrta asr uchun muhim boʻlgan madaniylik va yovvoyilik, diniy eʼtiqod va eʼtiqodsizlik singari oʻzaro qaramaqarshi belgilardan, balki turli ruhoniy sifatlardan ham xoli boʻlib bordi. Uygʻonish davri qahramonlarining X.ida harakatchanlik, oʻzgaruvchanlik koʻzga yaqqol tashlandi. Klassitsizm X.ning yana avvalgi statik holatiga qaytdi va ayni paytda diqqateʼtiborini shaxsning ongiga — "burch" bilan "koʻngil"ning ikkisidan birini tanlash masalasiga qaratdi. Romantizm esa X.ni shaxsning ichki olami bilan mushtarak boʻlgan hodisa sifatida talqin etdi. 19-asrda tansidiy realizmttt maydonga kelishi bilan X. shaxs bilan jamiyat urtasidagi oʻzaro munosabatning uzviy birligi sifatida uzilkesil shakllandi.

Adabiyot va sanʼat asarlarida qahramon shaxsining tashki va ichki moxiyati uning X.ini belgilaydi hamda bu qahramon X.i muallifning va boshqa personajlarning u haqsagi tavsifnomalari, shuningdek, syujet rivojidagi oʻrni va roli bilan inkishof etiladi. Mas, Abdulla Qodiriyning "Oʻtgan kunlar" romanidagi Otabek X. i, bir tomondan, yozuvchi bilan birga margʻilonlik birodarlarning tavsifnomalari, baholari, munosabatlari, ikkinchi tomondan, mazkur qahramonning asar syujetida, voqealar rivojida oʻynagan roli orqali aniq qirralar kasb etadi. Shu fikr romandagi boshqa yetakchi qahramonlar X.iga ham oiddir.

Adabiyot va sanʼat asarlarida tasvirlangan qahramonlar har doim ham X. darajasiga koʻtarila bermaydi. X., obrazdan farqli oʻlaroq, yozuvchidan katta mahoratni, qahramonning muayyan tarixiyijtimoiy va madaniymaʼrifiy sharoitdagi oʻziga xos oʻrni va xususiy belgilarini teran ochishni taqozo etadi. Shu maʼnoda epik janrlar yozuvchiga qahramon X.ini yorqin yaratish imkonini beradi. Mac, M. Sholoxovning "Inson takdiri" xikoyasida murakkab va mashaqqatli hayot yoʻlini bosib oʻtgan, ammo shunga qaramay, oʻzining ezgu insoniy fazilatlariga gard ham yuqtirmagan Sokolov X.i katta mahorat bilan yaratilgan. Bunday holni Gʻafur Gʻulomning "Mening oʻgʻrigina bolam", "Hasan Kayfiy", Abdulla Qahhorning "Oʻgʻri", "Anor" kabi hikoyalarida ham uchratish mumkin.

Har bir milliy adabiyotning boyligi qahramonlar X.ining rangbarangligi bilan ham belgilanadi. Agar Abdulla Qodiriy oʻzbek adabiyotiga Otabek va Kumush, Yusufbek hoji va Oʻzbek oyim singari oʻz siymosida oʻzbek xalqi tarixining muayyan tarixiy davrini va shu xalqning muayyan katlamini ifodalagan X.larni olib kirgan boʻlsa, Oybek 20-asr boshlarida yashagan Yoʻlchi, Gulnor, Shoqosim, Qoratoy, Yormat singari 20-asr boshlarida yashagan mehnatkashlarning rangbarang tiplari bilan boyitdi ("Qutlugʻ qon"), Navoiy, Husayn Boyqaro, Nizomulmulk, Majididdin singari tarixiy, Sultonmurod, Zayniddin, Toʻgʻonbek singari toʻqima qahramonlar X.ini kashf etdi ("Navoiy"). Shunday oʻziga xos X.lar Shayxzoda, Mirtemir, S. Abdulla, M. Osim, R. Fayziy, O. Yokubov, P. Qodirov, Sh. Xolmirzayev kabi yozuvchilar ijodida ham koʻplab uchraydi.

Badiiy kashfiyot darajasiga kutarilgan X., ijobiy yoki salbiy mohiyatga ega boʻlishidan qatʼi nazar, har bir adabiyotning badiiy boyligini tashkil etib, oʻzi mansub boʻlgan xalqning milliy X.ini, milliy oʻziga xosligini badiiy mujassamlantirgani bilan ahamiyatlidir.



Diqqat — subʼyekt faoliyatining biror obʼyekt yoki hodisaga jalb qilinishi. U har qanday ongli faoliyat samaradorligining zarur shartidir. Bosh miya poʻstlogʻining muayyan joylaridagi optimal qoʻzgʻalish manbalari D.ning fiziologik asosini tashkil qiladi. D. ikki turga boʻlinadi: ixtiyorsiz (passiv) D. va ixtiyoriy (aktiv) D. Ixtiyorsiz D. biron tashqi sabab taʼsirida kishi xohishidan qatʼi nazar hosil boʻladi. Bunday D. odamdan iroda kuchini talab qilmaydi. D.ni jalb qilish uchun qoʻzgʻatuvchining kuchi katta ahamiyatga ega; mas, narsaning chi-royliligi, yorqinligi, oʻtkir hidliligi va b. xususiyatlari D. ni beixtiyor tortadi. Ixtiyoriy D. da psixik faoliyat oldindan belgilangan maqsad bilan muayyan narsaga ongli ravishda jalb etiladi. D.ning bu turi iroda kuchini talab qiladi; shuning uchun bu D. irodaviy D.deb ham ataladi. Insonning butun ongli faoliyati asosan ixtiyoriy D. vositasida amalga oshiriladi.

D.ning barqarorlik, koʻchuvchanlik, boʻlinuvchilik kabi xususiyatlari, koʻlami bor. D.ning barqarorligi uning yagona, umumiy (mas, kitob oʻqish, masala yechish kabi) ishga xizmat qiluvchi narsa yoki hodisaga uzoq muddat jalb boʻla olishidan iborat. Bunda harakat obʼyektlari (mas, kitob matni, masalada berilgan sonlar va shu kabilar) hamda harakatning oʻzi (mas, masalani yechish yoʻllari) oʻzgarib turishi mumkin, lekin faoliyatning umumiy yoʻnalishi oʻzgarmay saqlani-shi lozim. Koʻchuvchan D. bir faoli-yatdan yoki narsadan boshqa faoliyat yoki narsaga tez jalb boʻladi. Bu xususiyat D.ning avvalgi narsaga qay darajada qaratilganligiga va yangi faoliyatning xususiyatiga (uning D.ni qanchalik qarata olishiga) bogʻliq. D.ning boʻlina olish xususiyati bir vaqtning oʻzida 2 yoki undan ortiq ish-harakat bajarishda aks etib, koʻp kasb egalari (mas, oʻqituvchi, shofyor, uchuvchi) uchun ayniqsa katta ahamiyatga ega. Bu xususiyat bir faoliyatni bajarish xiyla avtomatlashib, ikkinchi faoliyat bir qadar tanish boʻlib qolgandan ke-yin tarkib topadi.

D. koʻlami uning eng qisqa vaqt ichida (goʻyo birdaniga) oʻz doirasiga sigʻdira olishi mumkin boʻlgan narsalar soni bilan belgilanadi. Shu jihatdan D. keng yoki tor boʻlishi mumkin. Odatda, keng koʻlamli D. yaxshi D. hisoblanadi. D. koʻlami idrok qilinayotgan narsalarning hamda ularni idrok qilayotgan kishi faoliyatining vazifasi va xususiyatiga bogʻliq.

D.ning aksi parishonxotirlikayar. Bunda odam D.ini biror narsaga toʻplay olmay, hamma vaqt boshqa narsalarga chalgʻiyveradi. Shunday holat kishi qattiq charchaganda, uning uchun ahamiyatsiz juda koʻp qoʻzgʻatuvchilar mavjudligida yoki, aksincha, bitga ham qoʻzgʻatuvchining odam uchun ahamiyati boʻlmaganda roʻy beradi. Mashq qilish bilan parishonxotirlikka barham berish mumkin.




Download 20,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish