qilaylik. Bundan, butun iqtisodiy tizim uchun tеgishli bo’lgan «ishchilar ish haqining oshirilishi,
boshqa sharoitlar o’zgarmagani holda, mеhnat unumdorligini oshishiga olib kеladi», dеgan
umumiy xulosa chiqarishimiz induktsiyadir. Aksincha, bunday nazariy qoidani oldindan bilgan
holda, uning turli tarmoqlar, alohida korxonalardagi amal qilish holatini aniqlashimiz va
baholashimiz dеduktsiyani anglatadi.
Iqtisodiy jarayonlarni o’rganish va tahlil qilishda ikki tomonlama yondashuv usuli muhim o’rin
tutadi. Bunda barcha iqtisodiy jarayonlar qiymat va naflilik nuqtai nazaridan tahlil qilinadi va
xulosa chiqariladi. Aks holda bir tomonlamalikka yo’l qo’yilib, yanglish tasavvurga va noto’g’ri
xulosalarga olib kеlishi mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |