1-topshiriq. Savollarga javob yozing



Download 25,48 Kb.
bet2/5
Sana30.12.2021
Hajmi25,48 Kb.
#193312
1   2   3   4   5
Bog'liq
kalkulyatsiya, 2-mavzu topshirig'i

Xarajatlar, sarfxarajatlar, chiqimlar —tovarlarni ishlab chiqarish va muomalasi jarayonida turli resurslar (xom ashyo, materiallar, mehnat, xizmatlar, mablagʻlar) sarflari bilan bogʻliq chiqimlarning pul shaklidagi ifodasi.

  1. Chiqim, xarajat va zarar so‘zlarini ta’riflang.

Moliyaviy natijalar quyidagi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi: mahsulotni sotishdan olinadigan yalpi foyda (mahsulotni sotishdan olinadigan sof tushum  bilan  sotilgan mahsulotni ishlab chiqarish  tannarxi orasidagi farq); asosiy faoliyatdan olingan foyda (mahsulotni sotishdan olinadigan yalpi foyda  bilan davr xarajatlari orasidagi farq plyus, minus boshqa daromadlar yoki asosiy faoliyatda ko‘rilgan zarar); umumxo‘jalikdan olingan foyda (yoki zarar)  (asosiy faoliyatdan olingan jami  yalpi foyda minus divident bo‘yicha daromad va davr xarajatlari plyus  asosiy faoliyatdan olingan foyda  asosiy faoliyatda ko‘rilgan boshqa zararlar); soliq to‘lagandan keyingi foyda (umumxo‘jalik faoliyatdan  olingan foyda va favqulodda foyda va zararlar saldosining yig‘indisi);  soliq to‘lagandan so‘ng korxonani ixtiyorida qoluvchi yilning sof foydasi (soliq to‘lagangacha bo‘lgan foyda minus daromad (yoki foyda) solig‘i minus yana qayerdadir hisobga olinmaydigan boshqa soliqlar).

  1. Korxonalarda qanday xarajat turlari mavjud?

1.  Material xarajatlari;

2.  Ish-xaqi xarajatlari;

3.  Yagona ijtimoiy to’lov (soliq);

4.  Asosiy vositalar va nomoddiy va aktivlar amortizatsiyasi;

5.  Boshqa xarajatlar:

-     ishlab chiqarishdagi ishchilarning asosiy ish xaqi;

-     ishlab chiqaish ishchilarning qo’shimcha ish xaqi;

-     yagona ijtimoiy to’lovlar;

-     ishlab chiqarishni tayyorlash va o’zlashtirish;

-     instrumentlarni, moslamalarni eskirishi va boshqa maxsus xarajatlar

-     qurilmalarni ta’minlash va ekspluatatsiya qilish xarajatlari

-     seh xarajatlari;

-     brak hisobiga yo’qotishlar;

-     boshqa ishlab chiqarish xarajatlari;

-     ishlab chiqarishdan tashkarida xarajatlar.

-     Ishlab chiqarish xarajatlari quyidagi iqtisodiy elementlar bo’yicha guruhlanadi:

-     xom-ashyo va asosiy materiallar;

-     sotib olinadigan va komplektlochvi buyumlar, yarim fabrikatlar va -  korxonalarning hizmati;

-     yordamchi materiallar;

-     tashqaridan yoqilg’i;

-     tashqaridan energiya;

-     asosiy va qo’shimcha ish xaqi;

-     yagona ijtimoiy to’lov;

-     asosiy fondlarning amortizatsiyasi;

-     boshqa xarajatlar.


  1. Xarajatlarni tasnifini keltiring.

Barcha xarajatlar quyidagicha guruhlanadi: mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar; ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, lekin asosiy faoliyatdan olingan foydada hisobga olinadigan davr xarajatlariga kiritiladigan xarajatlar; korxonaning umumxo‘jalik faoliyatidan  olingan foyda yoki zararni hisoblashda hisobga olinadigan  moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar;  daromad yoki foyda solig‘ini to‘laganga qadar olingan foyda yoki zararni hisoblashda  hisobga olinadigan  favqulodda zararlar.

  1. Mahsulot yoki xizmat tannarxiga ta’rif bering.

Tannarx - bu mahsulotni ishlab chikarishda ketgan xarajatlarning pul shaklida ifodalanishi. Tannarx - tashkilotning iqtisodiy faoliyatini belgilovchi muhim ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Tannarx majmuaviy ko‘rsatkich bo‘lib, ishlatilgan material va ish vositalarini xarakterlaydi, ish xajmini oshirishni belgilaydi, asosiy vositalarning ishlatish darajasi, samaradorlikni va tashkilotdagi ish sur’atini oshiradi. Tannarxning kamayishi juda katta ahamiyatga ega, chunki u resurslarni kam sarflab, tashkilot ish rentabelligini o‘sishga yordam beradi. Tannarxda tashkilotning butun faoliyati o‘z aksini topadi:

-     ishlab chikarish jarayonini shakllantirish;

-    xom ashyo, yokilgi, elektrenergiya, material va boshqa xarajatlarni kamaytirish tartibi;

-      asosiy vositalarni va xarakat tarkibini ishlatish sifati va darajasi, shuningdek aylanma vositalarini ishlatish va boshkalar.



  1. Korxona xarajatlarini o‘zgarishi mahsulot tannarxga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Temir yo‘lda yuk tashishning tannarxi yukning aylanishi darajasiga bog‘lik bo‘ladi. Yuk aylanishining kichik miqdorlarida ularning tannarxi keskin oshadi, shuning uchun tannarxning to‘liqmiqdori ko‘payadi va katta xajmdagi yuk aylanishidan qimmat bo‘ladi. Tashish tannarxi, shuningdek tortuv turiga xam bog‘lik. Yuqori kuchlanishli elektr xarakat tarkibini ishlatish mehnat unumdorligini oshishiga xizmat qiladi. Elektrovozlarning ta’mirlash ishlari va xizmat ko‘rsatish xarajatlari teplovozlarnikidan ikki marta kam.

Temir yo‘lda tashish tannarxiga asosan yuk aylanmasining o‘sishi ta’sir ko‘rsatadi. Chunki umumiy xarajatlar ichida tashish xajmi bilan bevosita bog‘lik bo‘lmagan xarajatlar ko‘p  qismni egallaydi. Shuning uchun yuk aylanmasi kamayib ketsa, shartli - doimiy xarajatlarning ulushi umumiy xarajatlar ichida oshib ketadi, bu esa tashishni to‘lik tannarxini oshirib yuboradi.

Tashish tannarxiga tashish masofasi xam katta ta’sir ko‘rsatadi. Boshlang‘ich va oxirgi ishlarni bajarishdagi xarajatlar yuk boradigan joylarni yirokligiga bog‘lik emas, shuningdek masofani qisqartirish tannarxini oshiradi. Shuning uchun temir yo‘llarda yuk tashishning tannarxi qisqa masofalar (25-50 km)da "O‘zbekistan temir yo‘llari" AJ bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan esa bir necha baravar yuqori.

Xarajatlar tahlilini qisqa yoki uzoq muddatli vaqt intervalida o‘tkazish mumkin. Qiska vaqt oralig‘ida faqat o‘zgaruvchi xarajatlar o‘zgarsa, uzoq muddatli vaqt oralig‘ida o‘zgaruvchi xarajatlar ham, doimiylari ham o‘zgarishi mumkin. Qiska muddatda xarajatlarning o‘zgarishi qaytarish qonuniga bo‘ysunadi. Uning mohiyati shundaki, ishlab chiqarishda qandaydir bitta o‘zgaruvchi resurs ishlatilganda, uning foydaliligi avvaliga oshadi, keyin sekinlashadi, oxirgi mahsulot ma’lum bir bosqichda qisqaradi, oxirgi xarajatlar esa oshadi. Uzoq muddatli vaqt intervalida xarajatning o‘zgarishi ma’lum qonun doirasiga bo‘ysunadi. Firma, tashkilot ish hajmini tug‘ri tanlashga imkon beradi. Agar firma ishlab chiqarish hajmini kengaytirsa, boshlang‘ich bosqichda bu mahsulot birligiga nisbatan sarf- xarajatning samaradorligi yaxshi tarafga o‘zgaradi. Tashkilotning ishhajmi yanada oshirilsa, samaradorlik miqyosi zararli tomonga o‘zgaradi, o‘rtacha xarajatlar oshadi.


  1. Temir yulda tashish qaysi tashish tannarxi bilan belgilangan?

Tashish tannarxiga kiritilishiga nisbatan xarajatlar to‘g‘ri va egri xarajatlarga bo‘linadi.

To‘g‘ri xarajatlar bir turdagi mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan va to‘g‘ridan to‘g‘ri hisobga olinuvchi xujjatdan  ma’lum bir tashish turining tannarxiga kiritilishi mumkin (masalan, yuk va saralash stansiyalarining xarajatlari hisob hujjatlaridan to‘g‘ri yuk tashish tannarxiga kiritilishi mumkin).

Egri xarajatlar bir necha turdagi mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar hisoblanadi. Bu xarajatlarni ma’lum bir turdagi mahsulot tannarxiga kiritish  uchun  ularni  avval tashish turlari bo‘yicha taqsimlash zarur. Masalan, yo‘l xo‘jaligi xarajatlarini yuk va yo‘lovchi tashish tannarxiga kiritish kerak. Ularni avval u yoki bu turdagi ish ko‘rsatkichlariga proporsional bo‘lgan ish o‘lchovlariga taqsimlaydilar.


  1. Mahsulot tannarxiga qanday texnik-iqtisodiy omillar ta’sir ko‘rsatishi mumkin?


Download 25,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish