5.О‘zbekistonda kо‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi, muammolar va ularning yechimi.Ko’ppartiyaviylik zamonaviy demokratik jamiyatlar siyosiy hayotini tashkil qilishning asosiy konstitusiyaviy tamoyillaridan biri hisoblanadi. Aynan ko’ppartiyaviylik tufayli demokratiyaning siyosiy plyuralizm, qonun ustuvorligi, imkoniyatlar tengligi kabi asoskor tamoyillarini o’zida mujassam etgan siyosiy partiyalar va ularning vakillari o’rtasida doimiy muloqot ta’minlanadi.Mamlakat siyosiy hayotining barcha sohalarini, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirishda, fuqarolarning siyosiy, iqtisodiy faolligini kuchaytirish va insonning o’z qobiliyatini to’la ro’yobga chiqarishi uchun tegishli shart-sharoit yaratishda, odamlarning o’z xohish-irodasini erkin ifoda etish, o’z manfaatlarini ro’yobga chiqarish va himoya qilish huquqini rivojlantirish va amalda namoyon qilishda, jamiyatimizda mavjud bo’lgan turli manfaatlarini ro’yobga chiqarish va himoya qilish huquqini rivojlantirish va amalda namoyon qilishda, jamiyatimizda mavjud bo’lgan turli manfaatlar, qarama-qarshi kuchlar va harakatlar o’rtasidagi muvozanatni ta’minlaydigan samarali mexanizmni shakllantirishda ko’ppartiyaviylik tizimi muhim rol o’ynaydi.Ko’ppartiyaviylik tizimini yanada mustahkamlash va partiyalararo raqobatni rivojlantirish uchun partiya o’z elektoratiga ega bo’lmog’i, “davlat va jamiyat qurilishining asosiy masalalari, mamlakatda yuritilayotgan ichki va tashqi siyosat bo’yicha aniq-ravshan pozisiyasi bilan, saylovda mazkur partiya uchun ovoz beradigan odamlar manfaatlarini qat’iy himoya qilishga qodirligi bilan saylovchilar o’rtasida obro” qozonmog’i eng muhim shartlardan hisoblanadi.Shuningdek, mamlakatimiz birinchi Prezidenti Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 21 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida ta’kidlanganidek, “ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy taraqqiyotning aniq ustuvor yo’nalishlarini belgilab olishda siyosiy partiyalarning rolini keskin kuchaytirish, mamlakatimizni isloh etish va modernizasiya qilish bo’yicha strategik vazifalarni hal etishda ularning ishtirokini kengaytirish” izchil amalga oshirilayotgan demokratik yangilanishlarning muhim omili hisoblanadi. “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida»gi Qonun partiyalararo, xususan, fraksiyalararo raqobatning huquqiy mexanizmlarini yanada rivojlantirdi. Unga ko’ra, qonun loyihalarini Qonunchilik palatasida ko’rib chiqishning barcha bosqichlarida siyosiy partiyalar fraksiyalari ishtirokining prosessual mexanizmi mustahkamlandi. Endilikda qonun loyihasi bo’yicha mas’ul qo’mita fraksiyalarning qonun loyihasiga doir fikrlari va takliflarisiz qonun loyihasi yuzasidan o’z xulosasini chiqarish huquqiga ega emas. Siyosiy partiyalar fraksiyalarining qonun loyihasiga doir fikrlari va takliflari inobatga olinadi, shuningdek, Qonunchilik palatasi majlislarida loyihalarni ko’rib chiqish jarayonida ma’ruzachi barcha o’qishlarda fraksiyalarning fikrlari va takliflarini deputatlarga yetkazadi. Mazkur me’yorlarning belgilanishi qonun ijodkorligi jarayonida fraksiyalar o’rtasida raqobat muhitining amalda kuchayishiga xizmat qiladi.Partiyalar o’rtasidagi saylovoldi kurashi parlamentning kundalik faoliyatida ham davom etishi,g’oya va dasturlar bellashuvining doimiy tus olishi partiyalar o’z oldiga qo’ygan maqsad-muddaolariga erishishini taminlashga xizmat qiladi. Shuning bilan birga siyosiy partiyalar mamlakatda amalga oshirilayotgan, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy islohotlar jarayonining talablari bilan uzviy bog’liq bo’lgan, uzoq istiqbolga mo’ljallangan o’z dasturiga ega bo’lishi, ayni paytda, uni zamon bilan hamnafas takomillashtirib borishi talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |