4-topshiriq. Gaplardagi b va p harflari bo‘lgan so‘zlarni ko‘chiring, talaffuzi va yozilishini sharhlang.
1. Pomirga borish yo‘li menga besh qo‘ldek ravshan edi.(Ch. Aytmatov)2. U Muhabbatning shifoxonada yotganini bilgan, o‘z jigarbandlari axtarib kelib-ketishganidan xabardor edi. 3. Nopok odamlar uning buloqdek tiniq, musaffo muhabbatiga og‘u soldilar. (M. Qoriyev) 4. Otang mirob bo‘lsa ham, ariqni tozalab suv ich. (Maqol) 5. Oftob kirmagan uyga tabib kiradi. 6. Obro‘ misqollab keladi, qadoqlab ketadi. (Maqol) 7. Otni tepmaydi, itni qopmaydi, dema. (Maqol)
Do'stlaringiz bilan baham: |