1-topshiriq quyidagi savollarni to’liq yoriting


Taʼlim metodlari mohiyati. Taʼlim metodlariga turlicha yondashuvlar



Download 25,55 Kb.
bet2/7
Sana02.01.2022
Hajmi25,55 Kb.
#310373
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
19-variant USMONOVA SHAXZODA

Taʼlim metodlari mohiyati. Taʼlim metodlariga turlicha yondashuvlar. Metod, usul va texnologiya. Ta’lim metodi tushunchasi anchagina murakkabdir. Shu bois pedagogikada uning tobora aniq talqini xususida munozara haligacha davom etmoqda. Biroq bu tushunchaga beriladigan didaktlarning turli ta’riflariga qaramay, ularning nuqtai nazarlarini yaqinlashtiradigan qandaydir umumiylikni ham ta’kidlash mumkin. Ko‘pchilik mualliflar ta’lim metodini o‘quvchilarning o‘quv bilish faoliyatini tashkil etish usuli, deb hisoblashga moyildir.

Shu qoidani boshlang‘ich nuqta bilib, mazkur tushunchani yanada batafsil ko‘rib chiqish va uning ilmiy ta’rifiga kelishga harakat qilamiz.

Metod so‘zi yunoncha tadqiqot, maqsadga erishish yo‘li, usuli deganidir. Metod - eng umumiy ma’noda - maqsadga erishish usuli, ma’lum tarzda tartibga solingan faoliyat. Ko‘rinadiki, bu o‘rinda ham o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va u tashkil etgan o‘quvchilarning faol o‘quv-bilish faoliyati uyg‘unlashadi.

Ta’lim metodlari deyilganda, o‘rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish bo‘yicha o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari yig‘indisi tushuniladi.

Didaktikada, shuningdek, ta’limusullari atamasi ham keng qo‘llanadi. Ta’lim usuli - ta’lim metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni. Metodlar bilan usullar munosabati o‘zaro bir-biriga bog‘langan. Usul va metod butun va qism sifatida bir-biriga bog‘lanadi. Usullar yordamida faqat pedagogik yoki o‘quv vazifasining bir qismi hal qilinadi. Xuddi shu metodik usullar turli metodlarda foydalanilgan bo‘lishi mumkin. Va aksincha, xuddi shu metod turli o‘ qituvchilar tomonidan turli usullarda ochib berilishi mumkin.

Ta’lim usuli - o‘qitish metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni. Usul va metod butun va qism sifatida bir-biriga bog‘lanadi. Usullar yordamida faqat o‘quv vazifasining bir qismi hal qilinadi.

Masalan, o‘qituvchilar tomonidan ko‘p qo‘llaniladigan mashq manbasiga ko‘ra amaliy metod hisoblansa, uni qo‘llash esa bir nechta usullar (mashqning qoidasini o‘qib berish (1-usul), bittasini namuna sifatida bajarib ko‘rsatish (2-usul), o‘qituvchining namunasi asosida o‘quvchilar tomonidan mashqning bajarilishi (3-usul), o‘quvchilar tomonidan bajarilgan mashqlarni tekshirish va xatolarini tuzatish (4-usul) va boshqalar) yordamida amalga oshiriladi.

O‘qituvchilarning ayrimlari esa, “metod” tushunchasining o‘rniga “uslub” tushunchasini ham qo‘llaydilar. Ammo “uslub” tushunchasi “metod” atamasining mohiyatini o‘zida to‘liq aks ettira olmaydi. Chunki uslub ko‘proq xususiy (so‘z borayotgan holatda aynan o‘qituvchiga xoslikni ifoda etadi) tavsifga ega bo‘lib, aniq maqsadga erishish yo‘li sifatida xizmat qila olmaydi.
4Ta’limning mazmunli va tashkiliy-metodik tamoyillari.

4Tadqiqot quyidagi metodlar asosida amalga oshirildi:

Ta’lim tamoyillari o’zida tarixiylik xususiyatini namoyon etadi. Ta’lim nazariyasi va amaliyoti rivojlanib borgani, ta’lim jarayonining yangi qonuniyatlari kashf etilishi bilan ta’limning yangi tamoyillari ham shakllanadi, eski ko’rinishlari o’zgardi. Bu ishlar bugungi kunda ham davom etadi. O’qitish va tarbiyalash qonuniyatlarini aks ettiradigan yaxlit pedagogik jarayonning umumiy tamoyillarini keltirib chiqarishga urinishlar ko’zga tashlanmoqda. Tamoyillar ta’lim jarayonining mohiyati, qoidalar esa uning alohida tomonlarini aks ettiradi. Ta’limni mazmunli va tashkiliy-metodik tamoyillaridan tashkil topgan tizim sifatida e’tirof etish mumkin: I. Ta’limning mazmunli tamoyillari. Ular ta’lim mazmunini tanlash bilan bog’liq bo’lgan qonuniyatlarni aks ettiradi va quyidagi g’oyalarni ifodalaydi:

- fuqarolik;

- ilmiyligi;

- tarbiyalovchi ta’lim;

- fundamentalligi va amaliy yo’nalganligi (ta’limning hayot bilan,

nazariyaning amaliyot bilan bog’liqligi);

- tabiat bilan uyg’unligi;

- madaniyat bilan uyg’unligi;

- insonparvarligi.

Fuqarolik tamoyili. Unga ko’ra ta’lim mazmunini shaxsning sub’ektivligini rivojlantirish, uning ma’naviyligi va ijtimoiy yetukligiga yo’naltirishda namoyon bo’lishi kerak. U ta’lim mazmunini

insonparvarlashtirishni nazarda tutadi va fuqarolikni anglash,O’zbekiston

Respublikasining ijtimoiy va siyosiy tuzilishi haqidagi tasavvurlar tizimi, o’zbek xalqi madaniyati psixologik xususiyatlari, uning mentalitet xususiyatlari, milliy siyosati va madaniyati kabi dolzarb masalalar haqidagi tasavvurlarining shakllanishi bilan bog’liq.

Ta’limning ilmiyligi tamoyili ta’lim mazmunini zamonaviy fan va texnika rivojlanish darajasi, jahon sivilizatsiyasi to’plagan tajribaga mos

kelishini ifodalaydi. Bu tamoyil ta’lim vaqtida va o’qishdan tashqari vaqtda amalga oshiriladigan ta’lim mazmuni o’quvchilarni ob’ektiv ilmiy dalillar, hodisalar, qonunlar, zamonaviy yutuqlar va rivojlanish istiqbollarini ochib berishga yaqinlashtirib, u yoki bu sohaning asosiy nazariya yoki konsepsiyalari bilan tanishtirishga yo’naltirilgan bo’lishini talab etadi. Ta’limning tarbiyalovchilik tamoyili yaxlit pedagogik jarayonda ta’lim va tarbiyaning birligi qonuniyatlariga tayanadi. Bu tamoyil ta’lim jarayonida barkamol rivojlangan shaxsni shakllantirishni ko’zda tutadi. Ta’lim jarayonida tarbiyalashning samarali kechishi shaxsning intellektual rivojlanishi, birinchi navbatda, o’quvchilarning qiziqishlari, idrok etish hamda individual qobiliyatlarining hisobga olinishi bilan bog’liq. Ta’limning fundamentalligi va amaliy yo’nalganligi tamoyili umuiy o’rta ta’lim maktablaridayoq o’quvchilar chuqur nazariy va amaliy tayyorlikdan o’tadilar. Mazkur holat an’anaviy didaktikada ta’limning hayot bilan, nazariyaning amaliyot bilan bog’liqligi kabi ifoda etiladi.

O’qishda fundamentallik bilimlarning ilmiyligi, to’la va chuqur bo’lishini

ko’zda tutadi. U odamdan yuksak intellektual salohiyat, fikrlash layoqatining tadqiqotchilik ko’rinishda bo’lishi, bilimlarini doimiy ravishda to’ldirib borish istagi va malakalarini talab etuvchi zamonaviy ilmiy-texnik taraqqiyotga asoslangan.




Download 25,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish