4-Amaliy vazifa:
Keys: «DXSH» yoki yo’q
Siz O’zR ning investitsiya siyosati sohasidagi davlat organi xodimisiz.
1) Sizning davlat organingizga xususiy kompaniyadan quyidagi loyiha haqida taklif kelib tushdi: xususiy kompaniya o’z mablag’lari hisobidan avtomobil shinalarini ishlab chiqaruvchi korxonani quradi va davlat ushbu obyektni qurish uchun yer uchastkasini ajratishni ta’minlaydi va mahalliy byudjet mablag’lari hisobidan korxonaga eng yaqin aholi punktidan kirish yo’llarini quradi.
Sizga bunday loyihaning DXSH tamoyillariga muvofiqligi va uni DXSH to’g’risidagi qonun doirasida amalga oshirish imkoniyati bo’yicha xulosa berish topshirildi.
Javob: bunday loyiha DXSh tamoyillariga muvofiq emas, ushbu korxona bunday loyixalarni amalga oshirish uchun ushbu loyixani amalga oshirish huquqini beruvchi tender o'tkazilishi lozim, shunda ushbu tender natijalariga ko'ra qaysi korxona mazkur loyixani amalga oishirish huquqiy qo'lga kiritsa, o'sha korxona tomonidan belginlangan doiradagi shartnoma asosida loyixalarni amalga oshirish huquqiy qo'lga kiritadi, bitim faqat 3 yildan 49 yilgacha mumkin.
2) «O’zbektemiryullar» AJ o’z mablag’lari hisobidan shifoxona qurdi va davlatga ushbu obyektni shahar ehtiyojlari uchun ishlatishni taklif qildi.
Shunday qilib, xususiy tadbirkor tomonidan qurilgan va sog’liqni saqlash sohasida shaharning barcha masalalarini hal qiluvchi shahardagi yagona temir yo’l shifoxonasi tashkil qilingan. Buni DXSH deb hisoblash mumkinmi?
Javob: yo'q mumkin emas, “Davlat-xususiy sheriklik to'g'risida” gi O'zbekiston Respublikasining qonunida Davlat sherigi tender yoki to'g'ridan to'g'ri muzokaralar natijalari bo'yicha aniqlanadigan xususiy sherik bilan davlat-xususiy sheriklik to'g'risida bitim tuzadi. Ushbu qonunning 25-moddasida. To'g'ridan-to'g'ri muzokaralar тaraflar davlat-xususiy sheriklik to'g'risidagi bitimni davlat sherigining qaroriga muvofiq quyidagi hollarda to'g'ridan to'g'ri muzokaralar o'tkazish asosida tender o'tkazmasdan tuzishi mumkin: davlatning mudofaa qobiliyatini va xavfsizligini ta’minlashda; davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishning zaruriy sharti hisoblangan intellektual faoliyat natijalariga doir mutlaq huquqlar, boshqa mutlaq huquqlar, yer uchastkasi, boshqa ko'chmas mol-mulk obekti va o'zga mol-mulk muayyan shaxsga tegishli bo'lganda; O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan belgilangan hollarda. ekanligi belgilab qo'yilgan. Ushbu loyixa tomonidan amalga oshirilgan ishlar davlat-xususiy sheriklikka to'g'ri kelmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |