1-topshiriq Qo`shiq – aytim tushunchasi va uning inson hayotidagi o`rni


-topshiriq 1.O`zbek xalq qo`shiq ijrochiligi tarixidan



Download 46,52 Kb.
bet2/9
Sana23.07.2022
Hajmi46,52 Kb.
#840698
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
vokkk

2-topshiriq

1.O`zbek xalq qo`shiq ijrochiligi tarixidan


Musiqa ta’limining katta e’tibor bergan O‘rta Osiyolik mashhur musiqachilar orasidagi olim Al-Farobiy yosh avlodni tarbiyalash o‘qitish masalalariga ko‘plab ilmiy va amaliy g‘oyalar bildiradi. U shuningdek, musiqa nazariyasining asoschisi hamdir. Taniqli olim, faylasuf, musiqashunos Jomiyning “Risolai dar ilmi musiqa” nomli kitobida kompazitsiya, lad, ritm nisbatlari haqida yozilgan. O‘zbek shoiri Alisher Navoiy ham musiqa san’ati sohasida nixoyatda katta bilimga ega bo‘lgan edi. Uning musiqaviy estetik qarashlari “SabbaiSayyor”, “Maxbub-ulqulub”, “Xamsa” kabia sarlarida aks etgan.
Barcha xalqlar qatori o‘zbek xalqi ham qadimdan o‘zining boy milliy ma’naviy qadriyatlari, urf-odatlari va an’analariga ega bo‘lib kelgan tarixan juda o‘tmishga borib taqaladigan boy musiqiy merosga ega. O‘zbek xalqining turmush tarzi, ruhiyati va salohiyatini belgilovchi xususiyatlarini belgilovchi uning musiqasi, kuy va qo‘shiqlaridir. Bu milliy musiqiy merosi nihoyatda boy va ko‘p janrlidir.
Tarixdan ma’lumki, o‘zbek xalqining musiqa merosi og‘izdan-og‘izga, ustozdan shogirdga, otadan-o‘g‘ilga, onadan-qizga o‘tib kelgan ma’lum vaziyat va sharoit bilan chegaralangan (oilaviy marosim, mavsumiy marosim, mehnat qo‘shiqlari hamda diniy aytimlar, erkin mavzuli lapar, yalla, terma, qo‘shiq mumtoz ashula, termavadostonlari, shashmaqom, Toshkent-Farg‘ona makomi, Xorazm maqomlari kabi ko‘plab musiqiy janrlardagi asarlar musiqa san’atining an’anaviy va bardavomligini ta’minlab kelmoqda. Bugungi kunda ular milliy ma’naviy musiqa qadriyatlarimizning asosini tashkil qiladi.
Milliy musiqiy madaniyatining poydevor hisoblanuvchi mumtoz asarlarni oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida, shu jumladan, maktabgacha ta’lim, maktabdan tashqari, umum ta’lim maktablari, akademik-litsey va kasb-hunar kollejlarining o‘quvchi yoshlari orasida targ‘ib qilish, eng avval o‘qitishishlarini tashkil etish, millatimizning ulkan nodir boyliklaridan ularni bahramand etish, shuningdek, musiqa an’analarini bardavomligini ta’minlashdan iboratdir.
O‘zbekiston o‘zining mustaqilligini qo‘lga kiritgan dastlabki yillardan Samarqandda xalqaro “SHarq taronalari” festivalini, Respublikada Yunus Rajabiy, Ma’murjon Uzoqov, Komiljon Otaniyozov va Xoji Abdulaziz Abdurasulov kabi xalq hofizlariga bag‘ishlab Respublika qushiq ijrochiligi tanlovlarini, “O‘zbekiston Vatanimmanim”, Baxshi-oqinlarning Xalqaro festivali Respublika va xalqaro tanlov hamda ilmiy-nazariy anjumanlarning o‘tkazilishi o‘zbek xalq musiqa ijodi hamda uning an’anaviy vokal va estrada xonandaligi ijrochilik maktabini shakllanishi va rivoj topishiga nihoyatda ulkan hissa qo‘shmoqda.
An’anaviy qo‘shiqchilik san’ati ko‘pchilik SHarq xalqlari musiqa merosida mavjud bo‘lib, milliy musiqaning asosini tashkil etadi. Ular nazariy va amaliy asoslarga ega, zero mazkur xalqlar musiqasining ustozona uslubidagi namunasidir. Ushbu an’anaviy ijrochilikning asosini shubhasiz, maqomlar, xususan o‘zbek va tojik xalqlarining ma’naviy merosi hisoblangan SHashmaqom asarlari tashkil etadi. Ular asrlar davomida bu sohada olib borgan ijodiy izlanishlari samarasidir. Ustoz sozanda va xonandalar keyingi avlodlariga ko‘zqorachig‘iday asrab bizgacha etkazib kelgan maqom asarlari hozirgi kunda nafosat dunyosidagi eng yuqori pag‘onada turuvchi, beqiyos qimmatga ega bo‘lgan musiqa san’ati boyliklari sifatida chinakkam xalq mulkiga aylandi.
O‘zbek xalq musiqa ijodi namunalarini ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni va bajarayotgan vazifalariga ko‘ra quyidagi ikki asosiy guruhga ajratiladi:
a) Ijro etilishi ma’lum sharoit va vaziyatlar bilan shartlangan kuyqo‘shiqlar (oilaviy, mavsumiy, mehnat);
b) Istalgan “vaziyat” yoki erkin mavzuli kuy – qo‘shiqlar (qo‘shiq, terma, lapar, yalla).
Bunda birinchi guruh mazmunini mehnat jarayoniga bog‘liq aytimlar, oilaviy marosim, mavsumiy marosim va mehnat qo‘shiqlari tashkil etsa, ikkinchi guruh tarkibi o‘z ichiga qo‘shiq, terma, lapar, yalla, ashula kabi aytimlarni oladi.
O‘zbek xalq qo‘shiqlarining g‘oyaviy tematik va janr xususiyatlarini nazarda tutib, ular ikki turkumga bo‘linganligini ko‘rish mumkin. Birinchi, faqat ma’lum hayotiy janrlarda, masalan: mehnatda (“Mayda-mayda”, “YOzi” kabilar), bolani beshikda tebratishda (“Alla”), to‘y marosimlarida (“O‘lan”, “YOr-yor” kabilar) ijro etiladigan turli mavzudagi qo‘shiq, terma, lapar, alla va qo‘shiqlardir. Bular ichida ashula janri kuy rivoji va tuzulishidagi xususiyatlariga nisbatan hajmi, avjdorligi, ijroning murakkabligi hamda cho‘ziq ohangdorligi bilan ajralib turadi. Qolganlari kichik kuylar tarzida tuzilgan bo‘lib, ular o‘zaro bir birlaridan ayrim xususiyatlari bilangina ajralib turadilar. Masalan, qo‘shiq raqssiz hamda asosan yakkaxon ijrosida aytilsa, lapar albatta raqs bilan, ko‘pincha ikki kishi tomonidan dialog formasida ijro etiladi. Bu esa o‘z navbatida lapar kuylarining raqsiyligi hamda ikki va undan ortiq kishi tomonidan kuylash jihtlari bo‘lganligi bilan ajralib turadi. Lapardan farqli o‘laroq yalla esa ko‘pincha naqoratli bo‘lib, ko‘pchilik tomonidan qarsak chalinib, jo‘r bo‘lib aytilsa, bandlar yakkaxon yalla ijrochisi tomonidan raqsbob ohangda ijro aytiladi. “Bu janrlar, ya’ni, terma, qo‘shiq, yalla, lapar va ashulalar ayrim marosimlar bilan bog‘langan holda keng tarannum etishlari natijasida ularning har biri mavzuning ko‘p qirraliligi bilan ham marosim qo‘shiqlaridan ajralib turadi. Lekin o‘z tuzilishi va aytilish uslublarida esa ular marosim va mehnat qo‘shiqlari, umuman ma’lum jarayon bilan bog‘liq holda aytiladigan qo‘shiqlardan deyarli farq qilmaydi” – deb yozadi musiqashunos olim F.Karomatov. Qadimgi davrlarda qo‘shiqchilik san’ati xalq san’ati shaklida paydo bo‘lib, keyinchalik sinfiy jamiyatga o‘tish va ijtimoiy tabaqalanish natijasida uning kasbiy (professional) shakli ajralib chiqa boshlagan.
Birinchi gurux ko‘shiqlaridan ikkinchisining farqi ularni kengroq ma’noni yoritishidadir. O‘zbek professional musiqasi asrlar davomida kuylanib, rivojlanib kelgan bo‘lsa ham XX asrga qadar nota yozuviga tushirilmagan. Professional musiqa, yirik xajmli ashula va murakkab vokal-cholg‘u asarlar – maqomni o‘z ichiga qamrab oladi.



Download 46,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish