Rangli va jiloli qog’oz – mehnat darslarida keng qo’llaniladi. Turli xil rangdagi muqovalash ishlarida va turli xil rangda qog’ozlar to’plami chiqariladi.
Yelimlangan qog’oz – jilo berilgan qog’oz bo’lib, bir tomoniga yelim surtilgan. Mehnat darslarida ishlatish uchun juda qo’lay materialdir.
Rangli jild qog’ozi – turli ranglarda bo’ladi, jilo berilgan rangli qog’ozning o’rinini bosa oladi. Qo’l mehnati darslarida ko’p ishlatiladi.
Shagreng’ naqshdor qog’ozi – muqovasozlikda va tayyor narsalarning ustidan yopishtirishda, archa o’yinchoqlarini yasashda foydalaniladi.
Gul qog’ozi – rangi va guli turlicha bo’lib muqovalashda, narsalarning ustidan yelimlashda, bezash ishlarida keng foydalanildi. Millimetrli qog’oz - sathi bosma tur shaklida tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |