Qo‘shimcha
|
Omonimlik holati
|
Gap
|
-a
|
Taqlid so’zdan ot yasovchi qo’shimcha hisoblanadi.
|
Daryo o’zanidagi tik jarliklardan suvning pastga otilib tushishiga sharshara deyiladi
|
Fe’ldan sifat yasovchi qo‘shimcha hisoblanadi.
|
Matematikada prizmaning yon va to’la sirtlari yuzlarini hisoblashni o’rgandik.
|
Taqlid so’zdan fe’l yasovchi qo’shimcha hisoblanadi.
|
Bu sirli g’orda suvning shildirashi eshitiladi-yu, o’zi ko’rinmaydi.
|
-i
|
Otdan sifat yasovchi qo’shimcha hisoblanadi.
|
Oysha buvi jannati ayol edi.
|
Otdan fe’l yasovchi qo’shimcha hisoblanadi
|
Katta tezlikda kelayotgan mashina ko’chalarni changitib yubordi.
|
III shaxs birlik sondagi egalik shaklini yasaydi
|
O’zining dardi o’ziga yetarli.
|
-oq
|
Fe’ldan ot yasovchi qo’shimcha hisoblanadi
|
U maktabdab kelishi bilan tovuqlari uchun qo’noq tayyorlay boshladi.
|
Fe’ldan sifat yasovchi qo’shimcha hisoblanadi
|
Baqiroq chol hammani o’ziga qaratdi.
|
Fe’ldan kuchaytiruv-ta’kid yuklamasi yasovchi qo’shimcha hisoblanadi
|
U uyga keliboq onasini qidirdi.
|
-iq
|
Fe’ldan ot yasovchi qo’shimcha hisoblanadi
|
Kundan-kunga yangi qiliqlari chiqa boshladi.
|
Fe’ldan sifat yasovchi qo’shimcha hisoblanadi
|
Uning yzui sutga chayilgandek tiniq edi.
|
Otdan fe’l yasovchi qo’shimcha hisoblanadi
|
Lola qancha o’zini olib qochmasin baribir Farruxga yo’liqdi.
|
-qin
|
Fe’ldan ot yasovchi qo’shimcha hisoblanadi
|
Kutilmaganda bo’lgan toshqin ko’pchilikning yostig’ini quritdi.
|
Fe’ldan sifat yasovchi qo’shimcha hisoblanadi
|
Qilmishlari ortidan sotqin degan nom olgan.
|
Fe’lning II shaxs birlik sondagi buyruq istak maylini yasovchi qo’shimcha
|
Betobligi uchun mening o’rnimga chiqqin deb iltimos qilgan edi.
|
-cha
|
Sifatdan ot yasovchi qo’shimcha hisoblanadi
|
Qizilcha- kamqonlikka davo.
|
Otdan sifat yasovchi qo’shimcha hisoblanadi
|
Nihola yevropacha kiyinishni yoqtirar edi.
|
Otlardagi erkalash-kichraytirish shaklini yasovchi qo’shimcha
|
Onasining shu qizchaga mehri bo’lak edi
|
-chak
|
Fe’ldan ot yasovchi qo’shimcha hisoblanadi
|
Hunarmandlar turli xildagi belanchaklarni tavsiya qilishdi.
|
Fe’ldan sifat yasovchi qo’shimcha hisoblanadi
|
Saodat juda ham kuyunchak qiz.
|
Otlardagi erkalash-kichraytirish shaklini yasovchi qo’shimcha
|
Javlon hizmatdan qaytgan paytda Sabohat yangi kelinchak edi.
|
-choq
|
Fe’ldan sifat yasovchi qo’shimcha hisoblanadi
|
U tabiatan shunday tortinchoq edi.
|
Sifatdan ot yasovchi qo’shimcha hisoblanadi
|
Tanlagan ishi Nozima opa uchun bir ovunchoq edi xolos.
|
Otlardagi erkalash-kichraytirish shaklini yasovchi qo’shimcha
|
Bobosi yangi qo’zichoq olib berdi.
|
-im
|
Fe’ldan ot yasovchi qo’shimcha hisoblanadi
|
Bilim baxt keltirar.
|
Fe’ldan sifat yasovchi qo’shimcha hisoblanadi
|
Guruhimizdagi ayrim talabalar oraga sovuqchilik tushirdi.
|
Egalik shakli ismlarning munosabat shaklini yasaydi.
|
Behosdan ko’zoynagim tushib ketdi.
|
-in
|
Fe’ldan ot yasovchi qo’shimcha hisoblanadi
|
Bu yil bahorda ko’p yog’in bo’ldi.
|
Otdan sifat yasovchi qo’shimcha hisoblanadi
|
Otashin qalbidan chiqqan izhorlari sabab qiz ko’ngliga yo’l topdi.
|
Fe’lning o’zlik nisbat shaklini yasovchi qo’shimcha hisoblanadi
|
Osamonda to’lin oy ko’rindi.
|
4-topshiriq.Badiiy asardan sonlar qatnashgan 20 ta gap yozish va sonlarni tahlil qiling.
1. Tortinchi yulduz – yetimcha yulduz. (O’. Hoshimov “Dunyoning ishlari”)
1. Sonning so‘rog‘i: Nechanchi?
2. Sonning ma’no turi va hosil qilish vositalari: -inchi; tartib son
3. Sonning yozilish shakli: harflar bilan yozma shaklda
4.Sonning tuzilishi jihatidan turlari: sodda son
5.Sonning sintaktik vazifasi: aniqlovchi
2. Hamma gap yomg’irda bo’lsa, yana aqalli uch kungina onamning umri cho’zilsa-yu…(O’. Hoshimov “Dunyoning ishlari”)
1. Sonning so‘rog‘i: Necha?
2. Sonning ma’no turi va hosil qilish vositalari: sanoq son
3. Sonning yozilish shakli: harflar bilan yozma shaklda
4.Sonning tuzilishi jihatidan turlari: sodda son
5.Sonning sintaktik vazifasi: hol
3. Emishki, bir zamonlar ikki aka-uka yashagan ekan. (O’. Hoshimov “Dunyoning ishlari”)
1. Sonning so‘rog‘i: Nechta?
2. Sonning ma’no turi va hosil qilish vositalari: sanoq son
3. Sonning yozilish shakli: harflar bilan yozma shaklda
4.Sonning tuzilishi jihatidan turlari: sodda son
5.Sonning sintaktik vazifasi: aniqlovchi
4. O’shandan beri ikkalasi kechalari bo’zlab, bir-birini chaqirib chiqisharmish-u topolmas emish. (O’. Hoshimov “Dunyoning ishlari”)
1. Sonning so‘rog‘i: Nechtasi?
2. Sonning ma’no turi va hosil qilish vositalari: -ala; jamlovchi son
3. Sonning yozilish shakli: harflar bilan yozma shaklda
4.Sonning tuzilishi jihatidan turlari: sodda son
5.Sonning sintaktik vazifasi: ega
5. Uydan bir hovuch konfet olib chiqdim. (O’. Hoshimov “Dunyoning ishlari”)
1. Sonning so‘rog‘i: Qancha?
2. Sonning ma’no turi va hosil qilish vositalari: dona son
3. Sonning yozilish shakli: harflar bilan yozma shaklda
4.Sonning tuzilishi jihatidan turlari: sodda son
5.Sonning sintaktik vazifasi: aniqlovchi
6. Katta akam institutga kirganda beshinchimi-oltinchimi sinfda o’qir edim. (O’. Hoshimov “Dunyoning ishlari”)
1. Sonning so‘rog‘i: Nechanchi?
2. Sonning ma’no turi va hosil qilish vositalari: -inchi; tartib son
3. Sonning yozilish shakli: harflar bilan yozma shaklda
4.Sonning tuzilishi jihatidan turlari: juft son
5.Sonning sintaktik vazifasi: aniqlovchi
7. Ikkala oyog’i qip-qizil go’sht bo’lib ketgan edi. (O’. Hoshimov “Dunyoning ishlari”)
1. Sonning so‘rog‘i: Nechta?
2. Sonning ma’no turi va hosil qilish vositalari: -ala; jamlovchi son
3. Sonning yozilish shakli: harflar bilan yozma shaklda
4.Sonning tuzilishi jihatidan turlari: sodda son
5.Sonning sintaktik vazifasi: aniqlovchi
8. Ikki qoshiq yeb, ustidan olma choy ichsangiz darrov nafsingiz qonadi. (O’. Hoshimov “Dunyoning ishlari”)
1. Sonning so‘rog‘i: Necha?
2. Sonning ma’no turi va hosil qilish vositalari: sanoq son
3. Sonning yozilish shakli: harflar bilan yozma shaklda
4.Sonning tuzilishi jihatidan turlari: sodda son
5.Sonning sintaktik vazifasi: aniqlovchi
9. har biriga yarim qoshiqdan talqon yo tegdi, yo tegmadi. (O’. Hoshimov “Dunyoning ishlari”)
1. Sonning so‘rog‘i: Qancha?
2. Sonning ma’no turi va hosil qilish vositalari: kasr son
3. Sonning yozilish shakli: harflar bilan yozma shaklda
4.Sonning tuzilishi jihatidan turlari: sodda son
5.Sonning sintaktik vazifasi: aniqlovchi
10. Mahallamizdan ikki chaqirimcha narida allaqanday bolalar uyi bor edi. (O’. Hoshimov “Dunyoning ishlari”)
1. Sonning so‘rog‘i: Qancha?
2. Sonning ma’no turi va hosil qilish vositalari: sanoq son
3. Sonning yozilish shakli: harflar bilan yozma shaklda
4.Sonning tuzilishi jihatidan turlari: sodda son
5.Sonning sintaktik vazifasi: hol
11. To’rtinchi sinfda o’qiyotganimda yana bir voqea bo’ldi. (O’. Hoshimov “Dunyoning ishlari”)
1. Sonning so‘rog‘i: Nechanchi?
2. Sonning ma’no turi va hosil qilish vositalari: -inchi; tartib son
3. Sonning yozilish shakli: harflar bilan yozma shaklda
4.Sonning tuzilishi jihatidan turlari: sodda son
5.Sonning sintaktik vazifasi: aniqlovchi
12. do’stim bilan tanaffus paytlari to’rt tiyinlik talabalik somsasini bo’lishib yerdik. (O’. Hoshimov “Dunyoning ishlari”)
1. Sonning so‘rog‘i: Necha?
2. Sonning ma’no turi va hosil qilish vositalari: sanoq son
3. Sonning yozilish shakli: harflar bilan yozma shaklda
4.Sonning tuzilishi jihatidan turlari: sodda son
5.Sonning sintaktik vazifasi: aniqlovchi
13. Biron marta, aqalli bir marta xiyonat qildimi? (O’. Hoshimov “Dunyoning ishlari”)
1. Sonning so‘rog‘i: Necha?
2. Sonning ma’no turi va hosil qilish vositalari: sanoq son
3. Sonning yozilish shakli: harflar bilan yozma shaklda
4.Sonning tuzilishi jihatidan turlari: sodda son
5.Sonning sintaktik vazifasi: hol
14. O’qisam o’zimning dastxatim “Birinchi – o’qituvchim onamga”. (O’. Hoshimov “Dunyoning ishlari”)
1. Sonning so‘rog‘i: Nechanchi?
2. Sonning ma’no turi va hosil qilish vositalari: -inchi; tartib son
3. Sonning yozilish shakli: harflar bilan yozma shaklda
4.Sonning tuzilishi jihatidan turlari: sodda son
5.Sonning sintaktik vazifasi: aniqlovchi
15. Mavludagacha yana mingta qo’ldan o’tgani ko’rinib turibdi. (O’. Hoshimov “Dunyoning ishlari”)
1. Sonning so‘rog‘i: Nechta?
2. Sonning ma’no turi va hosil qilish vositalari: dona son
3. Sonning yozilish shakli: harflar bilan yozma shaklda
4.Sonning tuzilishi jihatidan turlari: sodda son
5.Sonning sintaktik vazifasi: hol
16. Aytishlaricha urush poaytida bir beva xotin besh-olti yoshlardagi bolasi bilan shu yerga kelib qolgan. (O’. Hoshimov “Dunyoning ishlari”)
1. Sonning so‘rog‘i: Necha?
2. Sonning ma’no turi va hosil qilish vositalari: sanoq son
3. Sonning yozilish shakli: harflar bilan yozma shaklda
4.Sonning tuzilishi jihatidan turlari: sodda son
5.Sonning sintaktik vazifasi: aniqlovchi
17. Shayx, to’rt choynak choy! (O’. Hoshimov “Dunyoning ishlari”)
1. Sonning so‘rog‘i: Necha?
2. Sonning ma’no turi va hosil qilish vositalari: sanoq son
3. Sonning yozilish shakli: harflar bilan yozma shaklda
4.Sonning tuzilishi jihatidan turlari: sodda son
5.Sonning sintaktik vazifasi: aniqlovchi
18. Ko’p emas, ikki shishagina. (O’. Hoshimov “Dunyoning ishlari”)
1. Sonning so‘rog‘i: Necha?
2. Sonning ma’no turi va hosil qilish vositalari: sanoq son
3. Sonning yozilish shakli: harflar bilan yozma shaklda
4.Sonning tuzilishi jihatidan turlari: sodda son
5.Sonning sintaktik vazifasi: aniqlovchi
19. Olti bola bilan qayoqqa borasiz ovsinjon. (O’. Hoshimov “Dunyoning ishlari”)
1. Sonning so‘rog‘i: Necha?
2. Sonning ma’no turi va hosil qilish vositalari: sanoq son
3. Sonning yozilish shakli: harflar bilan yozma shaklda
4.Sonning tuzilishi jihatidan turlari: sodda son
5.Sonning sintaktik vazifasi: aniqlovchi
20. O’n qadamcha berida menham to’xtadim. (O’. Hoshimov “Dunyoning ishlari”)
1. Sonning so‘rog‘i: Necha?
2. Sonning ma’no turi va hosil qilish vositalari: sanoq son
3. Sonning yozilish shakli: harflar bilan yozma shaklda
4.Sonning tuzilishi jihatidan turlari: sodda son
5.Sonning sintaktik vazifasi: hol
5-topshiriq.Olmoshlarning boshqa so‘z turkumlari o‘rnida qo‘llanishiga 2 tadan gap tuzing.
t/r
|
Turkumlar o‘rnida
|
t/r
|
Gaplar
|
1
|
Ot o‘rnida
|
1
|
Dilabr olimpiadada g’olib bo’ldi. Bu esa hammamizni quvontirdi.
|
2
|
Qizchaga biror narsa bo’lganini payqadi chog’i, unga qarab yugurdi.
|
2
|
Sifat o‘rnida
|
1
|
Tog’dagi qip-qizil lolalar yal-yal yonadi. Bu lolalar hammaning havasini keltirdi.
|
2
|
Badiiy kitoblarni ko’p o’qish kerak. Bunday kitoblar insonning dunyoqarashini kengaytiradi.
|
3
|
Son o‘rnida
|
1
|
Do’konga 10 yashik gilos va shuncha qulupnay keltirildi.
|
2
|
Azizaga 4 ta katak daftar, singlisiga shuncha yozuv daftar olindi.
|
4
|
Ravish o‘rnida
|
1
|
Erta-indin boraman dedi, qachon qaytishi noma’lum.
|
2
|
Javlon bu ishni ataylab qildi, lekin nimaga buni sezmadim
|
5
|
So‘z birikmasi o‘rnida
|
1
|
Mening so’zlagan gaplarim ayni haqiqat, bunga siz ishonishingiz kerak.
|
2
|
Yomg’ir yog’gan kecha hali ham esida, bu kechani unutish u uchun qiyin.
|
6
|
Gap o‘rnida
|
1
|
Dunyoda yagona tilagim shuki, yaxshi nomingizga g’ubor tushmasin.
|
2
|
Vaqtida shifokorga ko’rinmayapsan, bu yaxshilikka olib kelmaydi.
|
6-topshiriq.Berilgan diagramma orqalio‘zlik va majhulnisbatining xususiyatlarini ko‘rsating. Avval har ikki tushunchaning o‘ziga xos alohida xususiyatlarini, keyin esa ikki tushuncha uchun ham umumiy bo‘lgan o‘xshash jihatlarni keltiring. Bu jarayon o‘zlik va majhul nisbatlarini qiyoslash orqali o‘rganishni ta’minlaydi.
Venn diagrammasining ikki tomonidan ikki tushunchaning farqliligini, o‘rtadagi doirada esa ular o‘rtasidagi umumiylikni ifodalang.
Bajaruvchining o’zi ustida amalga oshadigan harakat yoki holatni ifodalaydigan fe’l shakli.O’zlik nisbatda harakatni bajaruvchi shaxs bilan harakat tushgan obyekt birlashgan holda bo’ladi.
Bajaruvchisi noma’lum bo’lgan harakat yoki holatni bildirgan fe’l shakli. Majhul nisbatda asosiy ma’no ish-harakatning bajruvchisiga emas, balki nima qilganiga qaratiladi.
Qoshimchalari: -l (-il); -n (-in);
Quyida keltirilgan jadvalda o‘zlik va majhul nisbat ustunlari berilgan. O‘zlik va majhul nisbat qo‘shimchalari ishtirokida 5 tadan gap tuzing va ularni o‘zaro taqqoslab o‘xshash hamda farqli jihatini izohlang.
|
O‘zlik nisbat
|
Majhul nisbat
|
1
|
Lag’mon ingichka qilib cho’zildi.
|
Bugun darsimiz juda ham cho’zildi.
|
2
|
Diyora darsga tayyorlandi.
|
Kutubxonaga topshirish uchun kitoblar tayyorlandi.
|
3
|
Salima ayaning uylarida chaqaloq tug’ildi.
|
Masalani yechish uchun yangi fikr tug’ildi.
|
4
|
Karimjon behosdan qoqildi.
|
Devorga mix qoqildi.
|
5
|
Kursdoshlar bir joyga yig’ildi.
|
Keraksiz buyumlar bir joyga yig’ildi.
|
Har bir gapdagi cho’zildi, tayyorlandi, tug’ildi, qoqildi, yig’ildi so’zlaridagi o’zlik va majhul nisbat shakli bir xil qo’shimcha orqali hosil qilingan. O’zlik nisbatda ish –harakat bajaruvchining o’z ustida amalga oshgan. Majhul nisbatda ish - harakatning aniq bajaruvchisi ko’rsatilmagan.
ESLATMA VA QAT’IY TALAB!!!Topshiriqlar barcha talabalar uchun bir xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin, ammo bajarish yondashuvi jihatdan turlichadir. Shunday ekan topshiriqlarga javob sifatida taqdim etilayotgan gaplar yoki boshqa misollarning, shuningdek, bayon qilish uslubining ikkita talabada bir xil takrorlanishi, bir xillikni keltirib chiqargan har ikkita talabani baholamaslikka asos bo‘ladi. (Sodda qilib aytganda, ko‘chirgan ham ko‘chirtirgan ham ball ololmaydi, demak, har bir talaba o‘zi mustaqil bajarishi shart!!!)
Do'stlaringiz bilan baham: |