1 - topshiriq
1. Monolog.
Toshkent moliya instituti — moliya-kredit sohasida mutaxassislar tayyorlaydigan yirik oliy oʻquv yurti.1931-yilda Toshkent shahrida Oʻrta Osiyo moliya-iqtisod instituti tashkil etilgan, unga keyinroq Toshkent moliya-iqtisod instituti, 1962-yilda Toshkent xalq xoʻjaligi instituti nomi berilgan. 1991-yil 13-mayda Toshkent xalq xoʻjaligi instituti (Toshkent iqtisodiyot universiteti)ning moliya-iqtisod va hisob-iqtisod fakultetlari negizida tashkil etilgan. Institutda 7 ta fakultet (moliya-iqtisod; kredit-iqtisod; hisob-iqtisod; boshqaruv; sirtqi moliya-iqtisod; sirtqi kredit-iqtisod; sirtqi umum iqtisod) va magistratura, 25 kafedra, akademik litsey, soliq litseyi, bank kolleji, biznes maktabi, malaka oshirish instituti, iqtisodiy bilimlarni tarqatish markazi va boshqa boʻlimlar faoliyat koʻrsatadi. 2003/04 oʻquv yilida institutda 6833 talaba taʼlim oldi; 354 professor oʻqituvchi, jumladan, 38 fan doktori va professor, 154 fan nomzodi va dotsent ishladi. Institut moliya, bank ishi, soliq, sugʻurta, menejment, qimmatli qogʻozlar va fond birjasi, loyihalarni moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi va audit, kasbiy pedagogik taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha bakalavrlar hamda 19 iqtisodiy mutaxassislik boʻyicha magistrlar tayyorlaydi. Institut faoliyati M. M. Qoriyev, Yu. Ye. Shenger, N. N. Shabanova, X. R. Sobirov, M. Sharifxoʻjayev, A. Oʻlmasov, 3. Yoʻldoshev, Yo. Abdullayev, kabi olimlar nomlari bilan bogʻliq. Institut mustaqillik yillarida 13500 dan ortiq mutaxassis kadrlar tayyorladi. Institutda aspirantura va doktorantura bor. AQSH, Angliya, Fransiya, Germaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya kabi rivojlangan chet el davlatlarining turdosh universitetlari bilan oʻquv-ilmiy sohalarda hamkorlik qiladi.
2. Iqtisodiy atamalar:
bankomat, biznes reja, tovar, sof foyda, eksport, ish haqi, jahon bozori, kichik biznes, kredit, milliy valyuta.
1. Onam kecha plastik kartasidagi pulning 10 foizini bankomat orqali naqd pul qilib keldi.
2. Iqtisodiyot nazariyasi fani oʻqituvchimiz bizga biznes reja tuzishni uy vazifasi qilib berdi.
3. Yangi hayot gipermarketida oʻn mingdan ortiq tovarlar mavjud.
4. Korxonamizning bir yil mobaynida koʻrgan sof foydasi qilingan xarajatlardan ikki barobar yuqori koʻrsatkichga erishdi.
5. Yurtimizda joriy yilda qilingan mahsulotlarning eksporti 15 foizga oshdi.
6. Prezidentimizning tashabbusi bilan oylik ish haqi miqdori yana koʻtariladigan boʻldi.
7. Jahon bozorida benzinning narxi koʻtarilishi kutilmoqda.
8. Oʻzbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka katta eʼtibor qaratilmoqda.
9. Men oʻz tadbirkorlik faoliyatimni boshlash maqsadida bankdan 7 foizlik kredit oldim.
10. Oʻzbekistonning milliy valyutasi boʻlgan soʻm 1994-yilning 1-iyulidan boshlab muomalaga kiritilgan.
3. Ariza
Toshkent Moliya instituti rektori
Azizov Ulugʻbek Oʻktamovichga
Bank ishi va auditi fakulteti
SBIA-90/21 guruh talabasi
Shodiyeva Ismigul Sherali qizi
tomonidan
Ariza
Meni Toshkent Moliya instituti sirtqi bank ishi va auditi fakultetidan Toshkent Moliya institutining kunduzgi menejment fakultetiga oʻqishimni koʻchirishimga ruxsat berishingizni soʻrayman.
Toʻlov-shartnoma mablagʻlarini oʻz vaqtida toʻlashga kafolat beraman.
Do'stlaringiz bilan baham: |