2-topshiriq:
Mavzularni o‘qib o‘zlashtiring?
(Izoh: Quyida keltirilgan 9 ta mavzularni mustaqil o‘qib o‘zlashtirish kerak)
1. “Madaniyatshunoslik” fanining predmeti, ob’ekti, nazariy masalalari va taraqqiyot qonuniyatlari.
2. Markaziy Osiyo xalqlari ibtidoiy va eng qadimgi madaniyati.
3. Qadimgi davr Sharq xalqlari madaniyati.
4. Antik davr Grek va Rim madaniyati.
5. Dunyoviy va diniy madaniyat.
6. Uyg‘onish davri Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati.
7. Amir Temur va temuriylar davri madaniyati.
8. Mustamlaka va mustabid tuzum sharoitida madaniyat.
9. Mustaqillik va madaniy taraqqiyot.
Nazorat savollariga Yozma javob bering?
(Izoh: Quyida keltirilgan 3 ta savolga yozma ravshda javob berish kerak)
Qadimgi Misr va Mеssоpаtаmiya mаdаniyati. Yer yuzidаgi eng ko‘hnа vа bir qаdаr o‘rgаnilgаn, ko‘plаb хаlqlаr mаdаniyatining rivоjlаnishigа kаttа tа’sir ko‘rsаtgаn mаdаniyatlаrdаn biri - qadimgi Misr mаdаniyatidir. Qadimgi Misr yozuvi ko‘plаb hоzirgi yozuv tizimi uchun аsоs bo‘ldi. Qadimgi Misrliklаr qo‘llаgаn so‘zlаr «pаpirus», «оаzis», «хimiya», «bаzаl’t» vа bоshqаlаr hоzirdа hаm muоmаlаdа sаqlаnib kеlmоqdа. Misrdа turli, o‘tа chаlkаsh tоpinishlаr tizimi mаvjud bo‘lgаn: хudоlаrgа sig‘ingаn, jоnivоr, o‘simlik, tuprоq, suv, Nilni muqаddаslаshtirgаn. Misr madaniyatining o’ziga xos xususiyatlari. Qadimgi misrliklar tuzilishi bo`yicha murakkab, mazmunan boy madaniyat yaratdilar. Bu madaniyat ko`pgina yaqin sharq xalqlarining madaniy taraqqiyotiga hayotbaxsh ta'sir ko`rsatdi.Misr madaniyati to`rt ming yil davomida shaqllandi. Qadimgi Misr madaniyatining taraqqiyotini nima belgiladiq birinchi navbatda, Qadimgi Misr ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyotining o’ziga xos xususiyatlari, Nil vodiysining o’zlashtirilishi, dehqonchilikning oqilona tashkil qilinishi, umummisr iqtisodining yuksak taraqqiyoti madaniy o’sishning moddiy asosini yaratdi. Shu bilan birga madaniyat sohasidagi yutuqlar, ta'lim, fan qadimgi misrliklarning umumiy ma'naviy taraqqiyoti yuksalishi bu ijtiomiy-iqtisodiy taraqqiyotni va davlatni takomillashtirishning asosiy sabablaridan biri bo’ldi.Qadimgi Misr madaniyatida qator o’ziga xos xususiyatlar borki, bu madaniyatni chuqur takrorlanmas tizimini hosil qiladi. Uning o’ziga xosligi va betakrorlanmasligi sinfiy jamiyat va davlatni kelib chiqishi hamda Nil vodiysining yopiq geografik joylashuvi natijasida boshqa xalqlarning madaniy yutuqlarini o’zlashtirishning q iyinligi bo’ldi. Nil vodiysining tabiiy sharoiti butun Misr madaniyatida chuqur iz qoldirdi. Xo’jalik hayotida Nil daryosining yetakchi o’rni, dengizdan uzoqlik, Nilni o’rab turgan jonsiz sahro, o’zining qumli bo’ronlari, jazirama issig`i, yirtqich hayvonlari bilan qadimgi Misr dunyo qarashini va diniy e'tiqodini, qadriyatlarining butun tizimining xususiyatini belgiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |