4. Mavjud vaqt: sizga moʻljallangan vaqtni oldindan tekshiring. Abzatslarni tayyorlash berilgan vaqtga bogʻliq boʻladi.
5. Boshqa notiqlar: yana boshqa notiqlarni bilib olish. Raqib tashkilotdan kimlardir boʻladimi? Ularning tashkilotdagi lavozimi qanday? Raqiblar boʻlishi yoki boʻlmasligidan qat‘i nazar ular haqida har qanday izoh berishda ehtiyotkor boʻling.
6.Tinglovchilar: taqdimot tinglovchilarning ehtiyojlari va qiziqishlariga mos boʻlishi shart. Nutqning mazmuni va ohangi tinglovchilarning tabiatiga bogʻliq boʻladi. Taqdimotda foydalangan soʽzlaringizga e‘tibor qarating, mos boʻlmagan hech narsaga murojaat qilmang. Tinglovchilarning yosh guruhi e‘tiborga olinishi kerak boʻlgan omillardan biridir.
Quyidagilar kalavaning uchini ta‘minlashi mumkin:
1.Talabalar hikoyalarni yoqtirishadi va dramatik taqdimotga qiziqishadi.
Yuqori sinf va kollej oʻquvchilariga katta odamlardek munosabatda boʻlish kerak. Ular yangi fikrlarga hozirjavob boʻladilar, samimiy to‘gʻri yondashuvga minnatdor boʻlishadi, shu bilan birga, ular tanqidga ham moyil boʻlib, yaxshi
tayyorlangan va mazmunli taqdimot kutishadi.
2.Yoshlar keng ko`lamli qiziqishlar va ijobiy munosabatli eng nozik tabiatli tinglovchilar boʻlib, yangi loyihalar va gʻoyalarni yoqtirishadi, lekin, ular tanqidchi hamdirlar.
3.Oʻrta yoshdagi tinglovchilar konservator boʻlishadi va yangi gʻoyalarni osonlik bilan qabul qilishmaydi, hayot to‘gʻrisida koʻproq bilim va tajribaga ega boʻlishadi, lekin, oʽzgarishlar va yangi gʻoyalar haqida judayam zavqlanishmaydi, qiziqishlari mumkinku, ammo, osonlik bilan qabul qilmaydilar.
4.Katta yoshdagilar yangi rivojlanish va dunyoda nima sodir boʻlayotganligi haqidagi ma‘lumotga qiziqadilar. Ular o‘tmishdagi yaxshi vaqtlarini eslashni ham yoqtiradilar.
Xizmatingiz yoki mahsulotingiz haqidagi ma‘lumotlarni kerakli odamlarga yetkazishda taqdimot tayyorlash uchun e‘tiboringizni qaratishingiz kerak boʻlgan jihatlarga quyidagilar kiradi:
1.Soddalik. Odatda koʻpchilikda prezentatsiya va taqdimotlar qancha murakkab tilda, atamalar va maxsus iboralarga boy qilib tayyorlansa, shuncha professional darajada tayyorlangan degan taassurot qoʻldiradi degan fikr shakllangan. Lekin,Agar, tayyorlangan ma‘lumotlarni eshitayotgan yoki o‘qiyotgan odam nima deyayotganingizni tushunmasa, bunday taqdimotdan koʽzlangan maqsadga erishish qiyin boʻladi. Shunday ekan fikringizni tinglovchi yoki oʻquvchiga yetkazayotganda iloji boricha qisqa va sodda jumlalar qurishga, murakkab atama va iboralardan kamroq foydalanishga harakat qiling. Albatta, siz oʽz ishingizning ustasi ekanligingizni koʻrsatgingiz keladi, lekin, bunga odamlarni zeriktirmasdan yo qiynamsdan ham erishsa boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |