Ekotizimlar xilma xilligi
Biologik xilma xillik muammolari ancha keng va murakkab.Biologik xilma xillikni o’rganishning asosiy maqsadi-genofondni saqlab qolishdan iborat.Erkin chatishuvchi organizmlar guruhi o’rtasida taqsimlangan ushbu genetic axborotning jamini genofond tashkil qiladi.Biologik xilma xillik-bu jamiyat ehtiyojini iqtisodiy,ekologik va madaniy-estetik jihatdan qondirishning zaruriy potensial zahirasi hamdir.Hozirgi kunda biologic resurslarga insonlarning ta’siri o’smoqda.Bunga asosiy sabab, aholining o’sishi ,qishloq xo’jaligi va sanoatning rivojlanishi,savdo,ishlab chiqarish,dunyo bo’yicha ehtiyojlarining turli tumanligidir.Inson faoliyatining rivojlanishi natijasida o’rmonlarni kesish,cho’llarni haydash,botqoqliklarni quritish,sahroga suv chiqarish kabi ekotizimlarning buzilishi ro’y bermoqda. O’simlik,hayvon yoki biron bir mikroorganizm turini yo’qotilishi oziqa zanjirining uzilishiga olib keladi. Bu holat yuqori rivojlangan texnologiya ham to’xtata olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |