2-топшириқ. Атамаларни изоҳланг.
№
|
Атама
|
изоҳ
|
1
|
Молиявий глобаллашув
|
Mazkur jarayon quyidagi o‘zgarishlarni o‘z ichiga qamrab oladi:
— mamlakatlarni jahon iqtisodiyotidagi jarayonlarga jalb etish;
— ishchi kuchi, texnologiya, kapital, mahsulotlar va xizmat- larning global bozorlarini barpo etish;
— jahon xo'jalik aloqalarining global infratuzilmasini yara- tish;
— xalqaro moliya munosabatlari bilan milliy iqtisodiyotning qoidalarini universallashtirish;
|
2
|
Валюта
|
Valyuta (ital. valuta, lot. valere — qadrlanmoq, qiymat) — 1) mamlakatning pul birligi va uning turi (oltin, kumush, qogʻoz); 2) chet mamlakatlarning xalqaro muomalada qoʻllanuvchi pullari, shuningdek shu mamlakatlarning pul birligida ifodalangan va xalqaro hisobkitoblarda foydalaniladigan kredit va toʻlov hujjatlari (veksellar, cheklar, banknotlar va b.).
|
3
|
Кредит
|
Kredit, boʻsh turgan pul mablagʻlarini ssuda fondi shaklida toʻplash va ularni pulga muhtoj boʻlib turgan yuridik va jismoniy shaxslarga ishlab chiqarish va boshqa ehtiyojlari uchun maʼlum muddatga, foiz toʻlovlari bilan qaytarish shartida qarzga berish munosabatlarini ifodalaydi.
Kredit (lot. creditum — qarz, credo — ishonaman,maqullayman) — pul mablagʻlari, tovar va xizmatlarni kelishilgan ustama (foiz) toʻlab qaytarib berish sharti bilan maʼlum muddatlarga qarzga berish. Qarzga mablagʻ beruvchi tomon kreditor (davlat, bank, korxona, xususiy shaxs va boshqalar), ssuda oluvchi tomon esa debitor (qarzdor) deyiladi. Kredit kelishuvi qarzdan foydalanish shartlari kayd etilgan shartnoma bilan rasmiylashtiriladi. Kredit muomalasi qarz beruvchi va qarz oluvchi oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatdir. Lekin har qanday qarz munosabati ham Kredit boʻla olmaydi. Kredit munosabatida olingan mablagʻ qaytarib berilishi, foydalanilgani uchun haq (kelishilgan foizda) toʻlanishi, muddatli, maʼlum tovar va nomoddiy aktivlar bilan taʼminlangan boʻlishi, maqsadli ishlatilishi shart. Berilishi muddatlariga koʻra, qisqa muddatli (1 yilga qadar), oʻrta muddatli (1yildan 5 yilgacha), uzoq, muddatli (6 yildan ortiq) Kreditga boʻlinadi.
|
4
|
SDR
|
Sdr (ing . Special Drawing Rights, SDR), maxsus qarz olish huquqlari — xalqaro zaxira va toʻlov vositasi. Xalqaro valyuta fondi (XVF) tomonidan chiqariladi. Birinchi marta 1970 yilda 9,5 mlrd. dollar, 1978—81 yillarda umumiy miqdori 21,3 mlrd. dollar miqdorida chiqarilgan. SDR tizimida faqat XVF ga aʼzo davlatlargina ishtirok etishlari mumkin. SDR faqat rasmiy, davlatlararo darajada amal qiladi va Markaziy banklar va xalqaro tashkilotlar tomonidan muomalada qoʻllaniladi. SDR emissiyasi XVF Ijroiya kengashining xalqaro likvid zaxiralar yetishmay qolganligi va ularga Fondning maxsus hisobvaraqlarida kredit qaydlari koʻrinishida ehtiyojlarni baholash toʻgʻrisidagi xulosasiga koʻra amalga oshiriladi. SDRga aʼzo mamlakatlar oʻrtasida ularning XVF dagi kvotalariga mutanosib holda taqsimlanadi. Mamlakatlarga SDR berilishi ulardan oltin yoki valyuta badallarini talab etmaydi, SDR ning amal qilishi davlatlararo kelishuvlarga asoslanadi. Shuningdek, XVF va uning boshqaruvchilari kengashi qaroriga koʻra, XVF ga aʼzo boʻlmagan mamlakatlar, rasmiy maqomga ega boʻlgan boshqa xalqaro, mintaqaviy va milliy muassasalar ham SDR dan foydalanishlari mumkin. Tijorat banklari va xususiy shaxslar SDR egalari boʻla olmaydi.
|
5
|
Бюджет дефицити
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |