3-muammoli vaziyat
Tasavvur qiling: Mehnat darsida 3-sinf o’quvchilariga gazlamadan nina qadagich tikish o’rgatildi. O’quvchilar ishni mustaqil bajarishda. O’g’il bolalarga nisbatan qiz bolalar tez va sifatli nina qadagich tikishdi. O’qituvchi bajarilgan ishlarni nazorat qilib o’g’il va qiz bolalarga bir xil baho quydi. Mazkur vaziyatda o’qituvchiga baho bering. Nimaga bunday vaziyat hosil bo’lgan. Qay biriga to’g’ri baho qo’ygan? Har birini alohida tavsif eting.
2-топшириқ
Shaxs nima?
Shaxs — alohida individ, mohiyatan yaxlit ijtimoiy-axloqiy olam. U oʻzida inson mohiyatini, uning mavjudot sifatidagi qadriyatini mujassam etadi. Shaxs ijtimoiy-gumanitar fanlarda oʻz yoʻnalishi, tadqiqot obʼyekti va maqsadi nuqtai nazaridan turlicha talqin etiladi. U oʻta murakkab, ziddiyatli, qaramaqarshi, oʻzini oʻzi inkor etadigan mavjudot sifatida, biologik, fiziologik, ijtimoiy, maʼnaviy, ruhiy, axloqiy va estetik aqlidrok, tafakkur obʼyekti sifatida, hatto, falsafiy va mantiqiy, yashash huquqi va hayot mantigʻi jihatidan tadqiqot manbaiga aylanishi mumkin.
shahrining shakllanish omillari koʻp va xilmaxiddir. Mas, genetik (nasliy), biologiktabiiy, madaniy, ijtimoiy hayot tajribasi, oʻz turdoshlari bilan munosabatlar va boshqalar shahrining genetik jihati uning nasliy asosi, ajdodlaridan yetib kelgan fizionomiya, feʼlatvor bilan, biofiziologik jihati esa yashash uchun quvvat olish, ovqatlanish, jinsiy aloqaga kirishish va nasl qoldirish singari individual ehtiyoj bilan belgilanadi.
Shaxs, mohiyatiga koʻra, madaniylashgan, ong, aql orqali faoliyatini boshqarish imkoniyatiga ega boʻlgan, ijtimoiytarixiy anʼana, turmush tarzi va tajribaga asoslangan muayyan avlodlar vakili. Shaxs fenomeni inson olamining butun murakkabliklarini oʻzida mujassam etadi. Uni har tomonlama oʻrganish maqsadida turli davrlarda tadqiqot olib borilgan. Ayniqsa, sharqda u yuksak axloqiymaʼnaviy meʼyorlar orqali tushunilgan va oliy xilqat, bebaho qadriyat deb hisoblangan. Inson Sh. sifatida komillikka intiladi, hayot mazmunini boyitadi, shu asosda kishilik jamiyatining goʻzal va farovon boʻlishiga ehtiyoj sezadi.
Individ nima?
«Individ – asosan insonning biologik xususiyatlari yig‘indisi;
shaxs insonning ijtimoiy va psixologik xarakteristikasi: odam faoliyat va bilish jarayonining sub‘ekti sifatida – uning bilish va prakseologik xususiyatlari yig‘indisi; individuallik – individning barcha tomonlari sintezi».
B.G.Ananьev individ tushunchasining mohiyatini to‘la ochib berish uchun inson tabiatiga xos bo‘lgan ijtimoiy va biologik xususiyatlarni bir butun holda qo‘llashga muvaffaq bo‘lgan. Individ tushunchasi bilan biz insonni biologik jihatdan yoki ijtimoiy jihatdan qabul qilishimizdan qat‘iy nazar har qanday alohida kishiga nisbatan qo‘llanilishi mumkin. Uning biologik tabiatini ifodalash uchun «organizm» tushunchasi qo‘llanilib, insonning biologik
mavjudot sifatidagi xususiyatlarining tizimli birligini aks ettiradi. Mavjud ta‘riflarga ko‘ra, Individ alohida, yakka holda qayd etilgan, u yoki bu usullarga asoslanib ajratib olingan predmet, har bir o‘ziga xos mavjudot, o‘z holicha mustaqil yashovchi tirik organizm, insoniyat jamoasidan farqli o‘laroq alohida inson shaxsi‖. ―Inson individi tushunchasi faqatgina insonlik turiga mansublikni ifodalaydi va o‘z ichiga hech qanday aniq ijtimoiy va psixologik xarakteristikalarni olmaydi‖. Individ tushunchasi insoniyat turining alohida vakilini ifodalaydi va u tabiatga tegishli bo‘ladi. Alohidalik darajasida biz individ tushunchasiga murojaat qilamiz.Individ ba‘zi jamiyatlarning birligidir‖. Ushbu ma‘noda individ tushunchasi ko‘plab fanlarda qo‘llaniladi. Sotsial individ, ―biologik individ‖ degan tushunchalarni turli fanlarda tez-tez
uchratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |