2.9.TOKARLIK STANOKLARIDA ISHLATILADIGAN KESKICHLARNING TURLARI
Tokarlik keskichlarining bajariladigan operasiyalarga ko’ra turlari va vazifalari.
Ustki va ko’ndalang sirtlarga ishlov beriladigan keskichlar. Detallarga ishlov berish sifati keskichlarning to’g’ri tanlanishiga, konstruksiyalar maqsadga aynan muvofiq bo’lishiga bog’liqdir (44-rasm). Malakali tokar detalning shakli va tuzilishini ko’rishi bilan o’qga ishlov berish uchun qaysi keskichlar kerak bo’lishini bila oladi.
Keskichlarni tanlash—tokarlik ishida muhim vazifadir.Yo’nish keskichlari kallagining shakliga ko’ra to’g’ri-sterjeni to’g’ri chiziqli (44-rasm, a) va bukilgan—sterjeni chapga egilgan (44-rasm, b) turlarga bo’linadi.O’tuvchi keskichlar (44-rasm, a—b) silindrsimon yo’nishga, faskalar hosil qilishga, o’tuvchi tirgakli keskichlar (44-rasm, v) pogonadagi ko’ndalang sirtlarni yunish va ishlashga mo’ljallangan.
Qiruvchi keskichlar (44-rasm, g) bilan ko’ndalang sirtlarga ishlov beriladi.O’yuvchi keskich (44-rasm, d) yordamida detalning tashqi sirtlarini o’yish mumkin. Konstruksiyasi shunga o’xshaydigan va qirquvchi keskich deb ataladigan asbob (44-rasm, s) detalning ortiqcha qismini qirqib olishda qo’llanadi.. Murakkab keskichlar (44-rasm, z) ishlov beriladigan detalning shakliga o’xshatib yo’nilgan bo’ladi va faqat ko’ndalangiga suriladi.
Xulosa So’nggi yillarda sonli dastur bilan boshqariladigan dastgohlar keng qo’llana boshlandi. Dasturli boshqarish yordamida asboblar (ishlov berish markazlari) o’zidan o’zi almashinadigan dastgohlar yaratildi. Sonli dastur bilan boshqariladigan dastgohlar o’rnatilgan uchastka va sexlar elektron hisoblash mashinalari yordamida ishlaydi. Ana shunday dastgohlar ishining dasturlarida detallari ishlov berish tartibi, dastgoxdagi ishchi organlarning harakati, ana shu harakatlarning tezligi va aniqlash nazarda tutilgan, ya’ni detallarga ishlov berishning texnologik jarayonlari hisobga olingan. Bunday dastgohlar insonning aralashuvisiz ishlaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
1.D.Avagimov "Mashinasozlik materiallarini kesib ishlash".
2. V.A.Mirboboev. Konstruksion materiallar texnologiyasi. T.,1991.
3. R.Kalandarov. Konstruksion materiallar texnologiyasi. T.,1989.
4. I.Noshirov. Materialshunoslik T,1993
5. V.M.Nikiforov. Texnologiya metallov i konstruksionno’e
materialovedyonie. M., 1980.
6. P.H.Pirmuhammedov "Materialshunoslikdan laboratoriya
ishlari". T., "O’qituvchi", 1985.
7. O.Yo’ldoshev, A.Usmonov "Konstruksion materiallar
texnologiyasi kusidan laboratoriya ishlari". T., "O’qituvchi", 1991.
8.M.V.Pikunov va boshqalar "Metallovedyoniya". M.,
"Metallurgiya", 1980.
9. S.A.Alai Texnologiya konstruksionno’x materialov M.,1986.
10.S.Po’latov va boshqalar. "Materialshunoslik va KMTdan amaliy
mashg’ulot". T., "Mehnat", 1992.
11. V.D.Avagimov "Mashinasozlik materiallarini kesib ishlash".
T., "Uqituvchi", 1971.
12.N.N.Chernov. "Metall kesish stanoklari". T., "Uqituvchi", 1979.
Do'stlaringiz bilan baham: |