1. Tintuv o'tkazish psixologiyasi. Uyingizda tintuv o'tkazmoqchi. Nima qilish kerak? Olib qo'yish va tintuv o'tkazish tartibi



Download 56,5 Kb.
Sana11.07.2022
Hajmi56,5 Kb.
#777249
Bog'liq
yuridik prezintatsiya


Tintuv psixologiyasi.
Reja:
1. Tintuv o'tkazish psixologiyasi.
2. Uyingizda tintuv o'tkazmoqchi. Nima qilish kerak?
3. Olib qo'yish va tintuv o'tkazish tartibi.
1.Tintuv o'tkazish psixologiyasi
Psixologik jihatdan tintuv murakkab va o‘ziga xos tergov harakati hisoblanadi. Uning asosiy elementlaridan birini tintuv qilinayotgan shaxsga nisbatan majburlash tashkil qiladi. Tintuv vaqtida tergovchi va unda ishtirok etayotgan boshqa mansabdor shaxslar jinoyatni tergov qilish uchun zarur ma’lumotlar topish maqsadida uy-joyni, turli imoratlarni, hududlarni, kiyim-kechak va hatto insonning badanini ko‘zdan kechiradilar va tekshiradilar. Tintuv yashirilgan (ko‘pincha bila turib yashirilgan) obyektlarni qidirib topish bo‘lib, ko‘zdan kechirishdan farqli ravishda tergovchiga ushbu harakat oldiga qo‘yilgan maqsadning ma’lumligi, biroq shu bilan birga qidirilayotgan obyekt qayerda ekanligini aniqlash yo‘llarining nihoyatda noaniqligi xos bo‘ladi. Tintuv – shaxslarni, predmetlarni, xonalarni ongli ravishda yashiringan obyektlarni topishda faol va maqsadga yo‘naltirilgan holda idrok etilgan, keyinchalik to‘plangan ma’lumotlarni analiz va sintez qilishdan iborat bo‘lgan tergov harakati.
Tintuvning psixologik o‘ziga xosligi: 1) majburlash xarakteriga egaligi; 2) ziddiyatli holatlarning yuzaga kelishi; 3) aniq holatdagi tintuv; 4) yuqori muammoli holatlar (ziddiyatli)
2. Uyingizda tintuv o‘tkazishmoqchi. Nima qilish kerak?
Tintuv qonun asosida o‘tkazilayotganiga amin bo‘ling. Tergovchi biror joyda (uy, ofis va h.) yoki biror shaxsda ish uchun ahamiyatli bo‘lgan narsa yoki hujjatlar bor deb o‘ylash uchun yetarli ma’lumotga ega bo‘lgan taqdirda tintuv o‘tkazishga haqlidir.Odatda tintuv tergovchi yoki uning iltimosiga ko‘ra tezkor xodim tomonidan prokuror sanksiyasiga asosan o‘tkaziladi. Biroq tergovchi tintuvni shoshilinch o‘tkazish zarur deb hisoblasa, u qarorni mustaqil tayyorlashi va uyingizga prokuror sanksiyasisiz kelishi mumkin. Bunday holatlarda tergovchi tintuv o‘tkazilgandan so‘ng 24 soat ichida uning harakati qonuniyligini tekshirishi uchun prokurorga xabar qilishi shart.Odatda, huquq tartibot xodimlari tintuv o‘tkazish uchun tong saharda kelishi mumkin.
Tintuvni boshlashdan avval tergovchi o‘zini tanishtirishi, tekshiruv ishlari qanday jinoiy ish bilan bog‘liqligini aytishi va tintuv o‘tkazish haqidagi qarorni ko‘rsatib, sizning huquqlaringizni tushuntirishi shart.
Sizning huquqlaringiz: advokat yordamidan foydalanish; tintuv jarayonida ishtirok etish;tintuv o‘tkazayotgan xodimlar harakatini kuzatib borish;tergovchiga kompyuter va mobil qurilmalar parolini aytmaslik;tintuv vaqtida oshkor bo‘lgan shaxsiy va oilaviy hayotingiz, shaxsiyatingiz haqidagi ma’lumotlarni ommaga oshkor etmaslikni talab qilish; olib qo‘yilayotgan jihozlarni ko‘rsatishni talab qilish; bayonnomaga qo‘shimcha tushuntirish va mulohazalaringizni ilova qilish; tintuv bayonnomasidan nusxa talab qilish.
3. Olib qo'yish va tintuv o'tkazish tartibi
Olib qo‘yish yoki tintuv o‘tkazishdan avval dastlabki tayyorgarlik harakatlarini o‘tkazish lozim. Bu harakatlar qatoriga ushbu tergov harakatlari xavfsiz va kutilgan natijali bo‘lishi uchun tegishli rejali chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va har bir bu tergov harakatida ishtirok etuvchi xodimning huquq va majburiyatlari aniqlashtirilishi va asosiy maqsad barcha uchun to‘g‘ri o‘zlashtirilgan bo‘lishini talab qiladi. Tegishli texnik-kriminalistik vositalar ham tayyor holatga keltirilib qo‘yilishi talab qilinadi. Agar tintuv to‘g‘risida ogohlantirilgan shaxs qaror bilan tanishib chiqqandan so‘ng tegishli qarorda qayd etilgan predmet va ashyolarni taqdim etib ixtiyoriy ravishda ularni tergovchiga berish hohishini izhor qilsa, tintuv olib qo‘yishga aylanadi va tergovchi shu vaziyatda tintuv qilish bayonnomasi o‘rniga olib qo‘yish bayonnomasini qayd etishi kerak.
Download 56,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish