Nutq odobi.
Nutq odobi insonning umumiy axloqini belgilovchi asosiy
mezondir.Kishining odobi eng avvalo, uning nutqida ko’rinadi. Nutq odobi nima?
Nutq odobi deganda aytilishi zarur bo’lgan xabarlarni, tinglovchini hurmat qilgan
holda, uning ko’ngliga mos, adabiy normadagi ifodalar bilan yetkazish tushuniladi.
Har qanday xunuk xabarni ham tinglovchiga beozor yetkazish mumkin. Buning
uchun so’zlovchi tilni, adabiy til normalarini mukammal bilishi lozim. Muloyim,
yoqimli, obodli so’zlash ham o’zo’zidan paydo bo’lmaydi. Unga yoshlikdan ongli
mashqlar qilish, tilning lug’at boyligini egallash, bu borada nutqi ibratli kishilarga
taqlid qilish, ulardan o’rganish orqali erishiladi. O’quvchi uchun eng yaxshi namuna
bu o’qituvchi nutqidir. Buni o’qituvchi har doim o’zida his etib turishi, o’z nutqida
hech vaqt odobahloq, nutq madaniyati normalaridan chiqmasligi lozim.
Nutqiy muomala salomlashishdan boshlanadi. Salomlashishdagi xushmuomalalik
undan keyingi yaxshi suhbatga debocha bo’ladi. Tinglovchida yaxshi kayfiyat paydo
qiladi. Agar salomlashish quruq, iltifotsiz bo’lsa, keyingi suhbatga salbiy ta’sir etishi
mumkin. Ko’p asrlik odatiy an’analarimizga ko’ra, «Assalomu alaykum» ning
javobi «Vaalaykum assalom» dan iborat. Keyingi davrlarda yoshlar orasida salom
ham, alik ham to’mtoqlashib ketdi, ya’ni salom berish uchun ham, alik olish uchun
ham «salom» so’zi ishlatiladigan bo’ldi. Bu tarixiy an’analarimizdan chetlashishdir.
Madaniyatli kishi o’z aybini bo’yniga ola bilishi, aybi uchun kechirim so’rashni ham
bilishi zarur. O’z aybi uchun kechirim so’rash, o’z g’ururini yerga urish emas, balki
odoblilik, xushmuomalalik alomatidir. «Kechirasiz, mendan o’tibdi» yoki «Avf
eting, bundan so’ng takrorlanmaydi» deyish bilan kishi o’zining odobliligini
namoyish etadi, xolos.
Etuk kishiga xos fazilatlardan yana biri xayrlashuv odobidir. Tilimizda
xayrlashishda ishlatiladigan «Xayr, sog’ bo’ling», «Xayr, ko’rishguncha», «Xayr,
omonlikda ko’rishaylik» kabi ta’sirchan iboralar mavjud. O’qituvchi sinfdan
chiqayotganda «Xayr, sog’ bo’linglar», «Xayr, yaxshi qolinglar» iborasini ishlatsa,
o’rinli bo’ladi.
Bolaga yaxshilik qilgan, aytilgan yumushni, iltimosni bajargan kishilarga
minnatdorchilik bilidirish odobini ham o’rgatib borish lozim. Tilimizda
rag’batlantirishni, minnatdorchilikni ifodalaydiganchiroyli ifodalar bor. Ularni
kundalik muomalaga kiritish, o’z o’rnida ishlatish kishi xulqini naqadar bezaydi.
O’qituvchi topshiriqni yaxshi o’tgana o’quvchilarni «»ofarin», «barakalla»,
«rahmat», «otangizga rahmat», «minnatdorman» kabi so’zlar bilan rag’batlantirish
mumkin.
O’qituvchi nutqi o’quvchilarga ta’lim tarbiya berish vazifasini bajarishi kerak.
SHuning uchun unga faqat umummadaniy emas balki kasbiy va pedagogik talablar
ham qo’yiladi. O’qituvchi o’z so’zining mazmuni, sifati va oqibati uchun ijtimoiy
javobgardir. SHuning uchun o’qituvchi nutqi pedagog mahoratining muhim tarkibiy
qismi hisoblanadi.
Ma’lumki nutq og’zaki va yozma ko’rinishlarga ega. Og’zaki nutq so’zlovchi
gapirib turgan vaqt birligidagina mavjud bo’lib, bu jarayon tugashi bilan nutq ham
tugaydi. Ammo nutq ta’sirida uyg’ongan xayolan berilgan axborotni ma’lum vaqtga
tinglovchi ongida saqlanishi, uning hulqiga tasir etish mumkin.
Og’zaki nutq hususiyatlari sifatida quyidagilarni ko’rsatsa bo’ladi:
Og’zaki nutq tezkorlik bilan (avtomatik tarzda) amalga oshadi. Tushunchalar
bilan uning libosi bulgan so’z birgalikda “yashin tezlikda” tilga kela boshlaydi.
Ba’an tushunchani ifodalovchi so’zni o’sha tezlikda so’zlovchi topa olmay qoladi.
Unga yaqin yoki o’ylangan tushunchani ifodalay olmaydigan so’zlarni ishlatib
yuboradi. Natijada, aytilgan nutq (gap, gaplar) ko’zlangan maqsadni (fikrni) to’liq
ro’yobga chiqarmaydi. Bundan tinglovchi ham so’zlovchi ham zarar ko’radi.
Og’zaki nutqda so’z birliklari va gaplarni modullari aytilmoqchi bo’lgan
fikrga monand holda tezkorlik bilan tanlanadi. Gap qurilishini, modellarini, aql
nazorat qilib boradi. Fikrni aytilganlarni xotirada ushlab turgan holda
rivojlantirishga to’g’ri keladi. Agar xotira ozgina “dangasalik” qilsa, gap tuzilishi,
so’z birikmalari o’zaro mantiqan va grammatik bog’lanmay qoladi. CHunki yangi
qism avvalgi qismni unutilgani uchun u bilan moslasha olmaydi.
Og’zaki nutq tahrir imkoniyatidan mahrum. U qanday shaklda borliqqa kelgan
bo’lsa, shundayligicha tinglovchiga havola etiladi.
Og’zaki nutqda, odatda, muloqot uchun eng zarur narsalaragina zuhur etiladi. Bu bir
tomondan vaqt iqtisodi bilan, ikkinchidan, nutq kuchini tejash bilan bog’liq. SHunga
ko’ra unda uzundanuzoq kirish keng izohlar kam uchraydi. Ayniqsa, hodisalarning,
narsalarning o’zaro bog’liqlik darajalari, ularning tinglovchi va so’zlovchilarga
ravshanligi darajasi hisobga olinadi. Faqat zarurat his etilgandagina, avvaldan
ma’lum narsalarga izoh beriladi.
Og’zaki nutq so’z boyligi jihatdan yozma nutqqa nisbatan ongi kambag’al
bo’ladi. Unda bir xil so’zlar, bir xil shakllar bir qadar ko’proq takrorlanadi. Bu hol
til vositalarni tanlash qiyinchiliklari bilan bog’liqdir.
Og’zaki nutqda so’zlovchining faol nutqiy harakati to’xtam (pauza), ohang,
urg’u, turli xil imoishoralar fikrni tinglovchiga yetib borishida ahamiyat kasb etadi.`
Yozma nutq og’zaki nutqdan quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi: nutq
yozayotganda muallif vaqt jihatidan bemalol fikrlash imkoniyatiga ega bo’ladi. U
o’z nutqining qismlarini va butun nutqni qaytaqayta tahrir qilishi, fikr uchun eng
mos imkoniyatlarni tanlashi, gap tuzilishini qulaylashtirishi mumkin. SHuning
uchun ham yozma nutq og’zaki nutqdan ravondir.
O’qituvchi nutqi deyilganda o’qituvchining og’zaki nutqi ko’zda tutiladi.
Og’zaki nutq bu o’qituvchining gapirish vaqtida tuziladigan nutqi.
Pedagogning nutqi quyidagilarni ta’minlashi kerak:
A) pedagog va o’quvchilar orasida o’zaro ta’sir etish va muloqotning
natijalanganligi;
B) faoliyat motivlarini, tushunchalarni to’g’irlash va shakllantirish maqsadida
o’quvchi, bolalar tafakkuriga, histuyg’ulariga ijobiy ta’sir etish kerak;
V) ta’lim berish jarayonida bilimlarni to’liq tushuntirish va mustahkamlash,
o’zlashtirib olish;
G) o’quvchilarning amaliy va o’quv faoliyatini samarali tashkil etish.
"Pedagogik nutq" tushunchasi o’qituvchining kommunikativ xulqi tushunchasi bilan
uzviy bog’liq. O’qituvchining kommunikativ xulqi deyilganda faqat uning gaprish
va axborot berish jarayonigina emas balki pedagog va o’quvchi muloqoti uchun
emotsional psixologik muhit yaratishga, ular o’rtasidagi munosabat va ish uslubiga
ta’sir ko’rsatuvchi nutqni tashkil etish va unga mos o’qituvchining nutqiy nazokati
ham ko’zda tutiladi.
O’qituvchining og’zaki nutqi monolog, dialog va polilog shaklida bo’ladi.
Monologik nutqning keng tarqalgan shakli hikoya, maktab ma’ruzasi, sharx
kabilardir. Dialogik nutq turli suhbat, savol javob shaklida bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |