1. Tijorat banklarining resurslari va ularni boshqarish masalalari



Download 39,56 Kb.
Sana14.07.2022
Hajmi39,56 Kb.
#798874
Bog'liq
bank ishi 55-2 g. Komilova FOTIMA . yakuniy


Variant №12
1. Tijorat banklarining resurslari va ularni boshqarish masalalari.
2. Bank aktivlari tarkibi va ularni balansda joylashishi.
3. Bank aktivlarining sifati darajasi va bank aktivlarining diversifikatsiyasi.
Kafedra mudiri: D. Saidov

Resurs - fransuzcha «ressourse» so’zidan olingan bo’lib, pul mablag’lari, yordamchi mablag’, imkoniyat, zahira, mablag’ va imkoniyatlar manbai, daromadlar manbai, xom-ashyo degan ma’nolarni o’zida mujassamlashtiradi.


Iqtisodiy manbalarda «resurs» so’zi turli xil ma’nolarda, ya’ni, tabiat resurslari, moliyaviy resurslar, iqtisodiy resurslar, inson resurslari va boshqa ko’rinishlarda tez-tez uchrab turadi. Shundan iqtisodiy resurslarni jamiyat rivojlanishining har bir bosqichida taqsimlanadigan iqtisodiy imkoniyatlarining asosiy elementlaridan biri deb hisoblash mumkin.
Moliyaviy resurslar.
Iqtisodiy resurslar asosiy qismi, bu moliyaviy resurslar bo’lib, bu resurslar iqtisodiyotning rivojlanishini ta’minlash uchun foydalaniladigan pul-kredit va byudjet mablag’larini tashkil qiladi.
Moliyaviy resurslarning asosiy manbai bo’lib, vaqtinchalik bo’sh turgan pul mablag’lari, soliqlar, jismoniy shaxslarning pul mablag’lari, chek- depozit emissiyasi bilan bog’liq mablag’lar va boshqalar hisoblandi.
Tijorat banklari resurslari.

  • Rossiyalik olim O.Lavrushinning fikriga ko’ra, tijorat banklarining resurslari yoki «banklarning resurslari» bankning ixtiyorida bo’lgan o’z va jalb qilingan resurslarining yig’indisi bo’lib, uning aktiv operatsiyalarini amalga oshirishda ishlatiladi.

Tijorat banklari resurslari



  • O’z mablag’lari

Jalb qilingan mablag’lar


Ustav kapitali
Rezervlar va fondlar
Taqsimlanmagan foyda
Nodepozit mablag’lar
Depozit mablag’lar

Bank resurslari tarkibiga quyidagilar kiradi:


1. O’z mablag’lari, jumladan: a) Ustav fondi.
b) Boshqa fondlar
c) Joriy yildagi taqsimlanmagan foyda.
2. Jalb qilingan mablag’lar, jumladan: a) Muddatli depozitlar.
b) Muddatsiz depozitlar.
c) Aholi qo’yilmalari.
d) Sertifikatlar, veksellar.
e) Banklararo kreditlar.
Bank resurslarining aylanish sxemasi. 1. Pul mablag’lari. 2. Kredit ajratish. 3. Kredit va foiz to’lovi.
Moliyaviy resurslarning ajralmas qismi bo‘lgan bank resurslarini ko‘rib chiqamiz. Dastlab banklarning majburiyatlari va ularning resurslari bir xil tushunchalar emasligiga e’tibor qaratish lozim. Bank passivlari bank resurslarining manbai hisoblanadi. Demak Bank resurslari bank balansining passiv qismida aks ettiriladi.
Ularning o‘lchami quyidagilarga bog‘liq:
  • o'z mablag'lari hisobidan amalga oshiriladigan bank faoliyati;


  • Markaziy bankning pul-kredit siyosati va banklardan qarz mablag'lari va ularning tuzilishi;


  • tijorat bankining Markaziy bankdagi majburiy zahira miqdori;


  • boshqa passivlar;




Iqtisodiy manbalarda va bank mablag‘larini shakllantirish bo'yicha tadqiqotlarda turli xil talqinlarini topishingiz mumkin.Jumladan "Bank resurslari", "kredit resurslari","depozit resurslari", "Bank majburiyatlari" kabi tushunchalarni keltirish mumkin. Rus olimi Lavrushinning fikriga ko'ra, tijorat banklarining resurslari yoki "Bank resurslari" bu o'z va qarzga olingan resurslarning yig'indisi bo‘lib, bankda aktiv operatsiyalarni o'tkazish uchun foydalaniladi1. Bank resurslariga bo'lgan ehtiyoj banklarni shakllanishida va bank faoliyatini amalga oshirishda paydo bo‘ladi. Banklarni tashkil etishning dastlabki bosqichlarida banklar o'z kapitaliga ega bo'lishi va kelgusidagi faoliyati uchun resurslarni jalb etishi zarur.
Banklarning o‘z mablag‘lariga – bankning ustav kapitali va unga tenglashgan ablag‘lar, jumladan, zaxira kapitali, maxsus fondlar, moddiy rag‘batlantirish fondi, boshqa har xil tashkil qilingan fondlar hamda taqsimlanmagan foydasi kiradi. Jalb qilingan mablag‘lar – depozitlar, jamg‘armalar, qarzga olingan mablag‘lar kontokorrent hamda korrespondent hisob varaqlarida o‘z ifodasini topadi.Tijorat banklari, boshqa xo'jalik yurituvchi subyektlar singari, ma'lum miqdordagi pul mablag‘lari, ya'ni tijorat va xo‘jalik faoliyatini qo'llab-quvvatlash uchun resurslari bo'lishi kerak. Bundan tashqari, faol operatsiyalar ko'lami resurslarning hajmi bilan bog'liq.Resurslarni jalb qilishning bunday holati banklar o'rtasida raqobatning paydo bo'lishiga olib keladi. Shunga asoslanib, bank resurslari tijorat banklari faoliyati uchun asos bo'lib xizmat qiladi hamda u bank uchun zaxira va foyda olish imkoniyatidir. Bankning asosiy vazifalaridan biri bu ko'proq darajada bo'sh pul jalb qilish va ularni boshqa maqbul aktivlarga joylashtirish orqali daromad olishga yo‘naltirishdir. Bank resurslari banklarning passiv operatsiyalar yordamida yaratiladiva qisman ikkita katta guruhga bo'lish orqali o‘rganiladi.Bank balansining passivlari quyidagilardir: o'z mablag‘lari va jalb qilingan mablag‘lar. Bank resurslarining asosiy qismini bank mijozlarining mablag'lari tashkil etadi.Tijorat banklarining resurs bazasini resurs turlari bo'yicha quyidagi guruhlarlarga bo'lish mumkin: Bu o'z mablag'lari, jalb qilingan va bankning qarz mablag'lari.
2-jadval
Tijorat banklarining resurs bazasini quyidagicha tasniflanish mumkin:


Tijorat banklari resurslari


O’zlik resurslari:


Jalb qilingan resurslar


Ustav kapital


Depozitlar


Zahira kapital


Banklararo kreditlar


Taqsimlanmagan foyda


Boshqa kreditorlar


Sof foyda


Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi




3-jadval
Tijorat banklari resurslari manbalarining tasnifi


Resurlar tasnifi


Resurslar turi


Izoh

Manbaiga ko‘ra

O’zlik mablag‘lari


Ustav kapital, Zahira kapital, foyda va zarar


Jalb qilingan va qarz mablag‘lar


Mijozlar va vakil banklar depozitlari


Tegishligiga ko‘ra


Bankka tegishli


Taqsimlanmanan foyda, sof foyda,emisiya daromadlari


Bankka tegishli bo‘lmagan


Banklararo kredit, jalb qilingan depozitlar


Muddatiga ko‘ra


Uzoq muddatli


O’zlik mablag‘lari, uzoq muddatli depozitlar


Qisqa muddatli


Talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlaridagi mablag‘lar


Ishonchligiga ko‘ra


Ishonchli


O’zlik mablag‘lari, uzoq muddatli depozitlar


Ishonchsiz


Talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlaridagi mablag‘lar


Bank aktivlari deyilganda-bank faoliyatida amalga oshirilgan va oshiriladigan amaliyotlari jarayoni-da mablag‘ni xarid qilish, foydalanish uchun uchinchi shaxsga berish natijasida iqtisodiy manfaat keltiruvchi moddiy va nomoddiy mablag‘lar tushuniladi.


Iqtisodiy manfaat odatda aktivlarda pul oqimi shaklida namoyon bo‘ladi.Naqd puldan tashqari har qanday resurs aktivga aylanishi uchun alohida yoki biror bir boshqa resurs bilan birgalakda bevosita yoki bilvosita pul oqimini ta’minlashi zarur.
Bank aktivlari, bankning aktiv amaliyoti natijasida shakllanadi, ya’ni bank balansini likvid holda ushlab turib, o‘z va jalb qilingan mablag‘larni foyda olish maqsadida joylashtirish faoliyatini ta’minlaydi.Bank aynan aktiv amaliyotlari natijasida daromadining asosiy qismini oladi.
Tijorat banklari aktivlarining o‘ziga xos belgilariga qarab guruhlanishi:
Bank aktivlarining tarkibi deyilganda bank balansining aktiv qismida joylashgan moddalarning sifat nuqtai nazaridan uning umumiy miqdoridagi ulushi tushuniladi.

Aktivlarning sifat darajasi bankning maqsadga muvofiq tarkibiy tuzilishi, aktiv operatsiyalarning diversifikatsiyasi, riskli aktivlarning hajmi, riskli va to‘lasholmagan aktivlarning salmog‘i va ularning o‘zgaruvchanligi kabi xususiyatlari bilan baholanadi.


  • Tijorat banklarining aktivlari ularning balansida likvidlilik darajasiga ko‘ra aks ettiriladi.



Aktivlar sifati quyidagi omillar bilan aniqlanadi:
Banklarning aktiv operatsiyalar hajmini, jumladan, kreditlash va investitsiyalash imkoniyatlarini oshishiga zamin yaratdi.
Tijorat banklarining jami aktivlari yil davomida 30,2 foizga oshib, 2013 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra 35,7 trln. so‘mga etdi

O‘zbekistan Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1998 yil 9- noyabrda tasdiklangan 242sonli «Aktivlar sifatini tasniflash, 


mumkin bulgan yukotishlar buyicha tijorat banklari tomonidan rezervlar tashkil kilish va undan foydalanish koidasiga asosan, 
tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditlar yukorida keltirilgan mezonlar buyicha «yaxshi», «standart», «substandart», «shubxali», «umidsiz» kreditlarga tasniflanadi. 
Aktivlarni boshqarishning asosiy maqsadi tavakkal qilishning eng pats darajasi sharoitida daromad foiz tushumlari va xarajatlar orasidagi farqni mumkin kadar oshirish yoki uni juda bo‘lmaganda barqaror darajada saqlab turishdan iborat ekanligi malum. Hozirgi 
kunda O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi, «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi, «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 6 maydagi PQ–2344-son «Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 
qaroriga muvofiq yangi nizom ishlab chiqilgan. “Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish 
tartibito‘g‘risidagi” Nizom 2015 yil 14 iyuldan kuchga kirgan.
Ushbu tartibda asosan quyidagilar ko‘rib chiqilgan jumladan: 
1. umumiy qoidalar; 
2. aktivlarni tasniflash tizimi; 
3. ta’minotga qo‘yilgan talablar; 
4. Shartlari qayta ko‘rib chiqilgan aktivlar sifatini tasniflash; 
5. ehtimoliy yo‘qotishlarga doir zaxirani shakllantirish tartibi; 
6. Investitsiya portfelining sifatini tasniflash 
7. Tijorat banki aktivlari bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarga doir zaxirani 
shakllantirish 
8. Majburiy zaxiralar depozitlariga mablag‘ o‘tkazish 
9. Zaxiralardan foydalanish 
YAngi tartibni oldingisidan asosiy farqlari bunda iqtisodiy terminlarga oydinlik kiritildi, zaxira yaratish qoidalari mustahkamlandi, kreditlarni tasniflashdan aktivlarni tasniflashga o‘tildi, ta’minotga qo‘yilgn talablar kiritildi, restrukturizatsiya qilingan kreditlarni tasniflashning o‘ziga xos jihatlari inobatga olinib, ularni tasniflash tizimi ko‘rsatildi, mezonlari aniqlashtirildi. 
Ilk marta quyidagi tushunchalardan foydalanildi hamdata’riflari keltirildi: 
aktivlar kredit, overdraft, lizing, faktoring, qimmatli qog‘ozlar, investitsiyalar, boshqa banklardagi mablag‘lar, bo‘libbo‘lib to‘lash shaklida sotilgan mulklar, balansdan tashqari moddalar (chaqirib olinmaydigan kredit majburiyatlari, foydalanilmagan kredit liniyalari, akkreditivlar, kafolatlar) hamda moliyalash bilan bog‘liq barcha boshqa talablar. 
muammoli aktivlar — sifati «qoniqarsiz», «shubhali» va «umidsiz» deb tasniflangan 
aktivlar; 
maxsus zaxiralar sifati «substandart», «qoniqarsiz», «shubhali» va «umidsiz» deb tasniflangan aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplashga mo‘ljallangan majburiy zaxiralar; standart aktivlarga yaratiladigan zaxiralar — tijorat banki faoliyati davomida umuman yoki biror-bir faoliyat turi natijasida ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash maqsadida 
tashkil qilinadigan zaxiralar; 
shartlari qayta ko‘rib chiqilgan aktivlar shartnoma va (yoki) unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan aktivlar; 
tijorat banki aktivlari bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun majburiy zaxiralar depozitlari (bundan buyon matnda majburiy zaxiralar depozitlari deb yuritiladi) 
— aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun tijorat banklarining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) majburiy zaxiralar depozitlari; 
ta’minlanmagan aktivlar ta’minotsiz berilgan yoki ta’minoti belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan aktivlar. Bunday aktivlar mustahkam tushumga ega bo‘lgan qarzdorga uning yaxshi kredit tarixi asosida berilishi mumkin. 
Tijorat banklarining hisobotlari ularning aktivlari sifatining haqiqiy holatini aks ettirishi lozim. 

Hisobotlarning haqqoniy bo‘lmasligi tijorat banki omonatchilari, kreditorlari va aksiyadorlari, shuningdek Markaziy bank va boshqa manfaatdor tomonlarni chalg‘itishga va yanglishtirishga urinish deb baholanadi hamda xavfsiz bo‘lmagan, nosog‘lom bank amaliyoti deb hisoblanadi. 


Daromad keltirmaydigan aktivlarning ulushi jami aktivlarning etmish foizidan ortiq bo‘lishi bank kredit siyosati, kreditlar ajratish va ularni boshqarish jarayonining bo‘shligini bildiruvchi ko‘rsatkich hisoblanadi. 
20112015 yillarda respublika bank tizimini yanada isloh qilish, uning barqarorligini oshirish va yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuasining tijorat banklari aktivlarini, shu jumladan kredit portfellarini yanada o‘sishini va sifatini yaxshilashni ta’minlash, tavakkalchilikni baholash tizimini takomillashtirish maqsadida bank tavakkalchiliklarini boshqarishda chuqur omilli tahlilni amalga oshirishning aniq mexanizmini joriy qilish, zaxiralarni shakllantirish, kredit portfelini 
diversifikatsiyalashlarni ko‘zda tutgan holda banklar aktivlari sifati monitoringini takomillashtirish, shuningdek muammoli qarzdorlik paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ogohlantiruvchi choralar qabul qilish belgilangan edi.
Aktivlarning sifati 
Zaxiralar 

Standart 
1% 

Substandart 
10% 

Қониқарсиз 
25% 

SHubxali
50% 

Umidsiz 
100% 

Download 39,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish