1. Tibbiyotda etika va deontalogiya tamoyillari  Etika


Massaj va davolash badantarbiyasi



Download 2,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/38
Sana12.01.2023
Hajmi2,16 Mb.
#899031
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   38
Bog'liq
tibbiy kasbga kirish oraliq javoblari (1)

Massaj va davolash badantarbiyasi
Massaj (uqalash) qimmatli terapevtik usul bo‘lib, turli kasal- 
liklarda muvaffaqiyat bilan qoilanadi.
Massaj qon aylanishini yaxshilaydi, binobarin, to‘qimalarning 
qon bilan yaxshiroq ta’minlanishiga yordam beradi, modda al-
mashinuvi mahsulotlarining tezroq chiqib ketishiga imkoniyat 
tug‘diradi, muskullar sistemasiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Muskullar
atrofiyalanganda massaj, ayniqsa, yaxshi yordam beradi. 
Ginekologik bemorlarda chanoq tubi va qorin devori mus-
kullarining funksional kamchiligi (bo‘shashganligi, yaxshi qis- 
qarmasligi)da massaj tavsiya etiladi. Bunday hollarda massaj bi-
lan birga, odatda, gimnastika mashqlari ham buyuriladi. Uzoq 
vaqt o‘rinda yotaverib, quvvatdan ketgan va kasallikdan tuzala-
yotgan bemorlarga massaj tavsiya etiladi. Bunday bemorlarning 
umumiy massaj kursidan keyin kayfiyati, uyqusi, ishtahasi yaxshi-
lanadi.


Ginekologik massaj kamroq qo‘llaniladi.
Ginekologik massaj qilish uchun ko‘p 
bilim va tajriba kerak

shu sababli ginekologik massajni faqat shifokor qilishi kerak.
Kichik chanoq a’zolari bilan to‘qimalarining o‘tkir va yarim- 
o‘tkir yallig‘lanish jarayonlarida, bemor turli sabablarga ko‘ra,
isitmalaganda, kichik chanoqda abssesslar paydo bo‘lganda (garchi 
bu abssesslar bosilib turgan bo‘lsa ham) ginekologik massaj tavsiya
etilmaydi. 
Har xil yuqumli kasalliklar, sil, yomon sifatli o‘smalar, ho-
miladorlik (hatto homiladorlikka gumon bo‘lganda ham) massaj 
qilishga monelik bo‘ladi. Shu sababli massaj buyurishdan oldin be-
morni klinik laboratoriyada sinchiklab tekshirish (qoni, siydigi, 
ROY ni tekshirish) kerak.
Bolalikdan boshlab badantarbiya bilan muntazam shug‘ullanish 
ayol organizmi uchun, ayniqsa, katta ahamiyatga egadir.
Badantarbiya bilan muntazam shug‘ullangan ayollar osonroq 
tug‘adi, tug‘ruq va chilla davrida turli kasalliklarga kamroq chalina-
di, ularning organizmi badantarbiya bilan shug‘ullanmagan ayollar 
organizmiga qaraganda chidamliroq bo‘ladi, shu sababli ular kam-
roq kasallanadi va kasallikni yengilroq o‘tkazadi. 
Mana shuning uchun ham, tibbiyot xodimlari ayollarning
yoshidan qat’i nazar, badantarbiya va sport bilan shug‘ullanishini 
doim targ‘ib qilishlari zarur.
Kasallikdan tuzalayotgan bemorlarga yengil gimnastika mashq- 
laridan iborat shifobaxsh badantarbiya tayinlanadi, operatsiyadan
keyin tuzalayotgan bemorlarga shifokorning maxsus ruxsati bilan 
badantarbiya buyuriladi.
Mashqlar har bir bemor uchun alohida tanlanib, qo‘l-oyoq- 
larini yengil harakatlantirish, engashish, yurish, o‘tirish va shunga
o‘xshash mashqlardan iborat bo‘ladi. 
Quvvatdan ketgan bemorlarning badantarbiya bilan shug‘ul-


lanishi uchun monelik bo‘lmasa, begona kishining yordami bilan 
passiv harakatlar qilish (masalan, bemorning qo‘l-oyog‘ini qimir-
latish), ya’ni passiv shifobaxsh gimnastika qilish mumkin. 

Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish