12-Bilet
1.Tibbiy xizmat ko’rsatishning hududiy tashkil etilishi.
2.Jinoyatchilikni geografik jihatdan o’rganishning xususiyatlari.
3.Qishloq joylarning ta’rifini ayting.
1.Tibbiyot geografiyasi –inson salomatligi va turli kasalliklarning vujudga kelishiga ta’sir etuvchi omil va sharoitlar, ularning mamlakat hamda rayonlarda tarqalish qonuniyatlarini va xususiyatlarini o’rganadi.
Hozirgi tibbiy geografik tadqiqotlarda rayonlashtirish masalalari tobora ko’proq amalga oshirilmoqda. Binobarin, uning ilmiy asoslari, tamoillari A.A.Keller tomonidan 1962-yildayoq ishlab chiqilgan edi. Chunonchi tibbiy-geografik rayonlashtirish bu kompleks tadqiqotlarning natijasi bo’lib, aholini salomatlik holati, tabiiy va sotsial iqtisodiy shart-sharoitlarni inson salomatligiga ta’siri, inson kasalliklarini vujudga kelishi va tarqalishi jarayonlarini qamrab oladi. Tibbiy geografik tadqiqotlar va ularga bo’lgan amaliy talab-ehtiyojlar hozirda tibbiyot geografiyasi oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi.
-tabiiy sharoit (omillar) yoki ularning majmualarini aholi salomatligiga ta’sirini o’rganish;
-kompleks tabiiy va ijtimoiy iqtisodiy omillarning inson kasalliklarini vujudga kelishi va tarqalishidagi rolini aniqlash;
-landshaftlar va alohida olingan davlatlarda inson
-kasalliklarni vujudga kelishi va tarqalish onuniyatarini aniqlash;
Inson salomatligi va ular orasidagi uchraydigan kasalliklar hududiy tafovutlarga ega.Joylarning relef xususiyatlari ham inson salomatligini belgilovchi asosiy omillardan biridir. Baland tog’ mintaqalarida o’z nomi bilan “tog’ kasalligi” deb ataluvchi kasallik keng tarqalgan. Dengiz va suv havzalarida faoliyat ko’rsatuvchi kishilar orasida ko’pincha “dengiz kasalligi” keng tarqalgan. O’rmon va taiga hududlarida ham o’z nomi bilan “o’rmon kasalligi” deb nomlanuvchi kasallik keng tarqalgan. Cho’l hududlarida asosan “cho’l kasalligi”uchraydi.
Inson salomatligini belgilashda joylarning tuproq xususiyatlari ham yetakchi ahamiyatga ega.
Umuman olganda tibbiyot geografiyasi aholi va uning salomatlik holati bilan bog’liq bo’lgan barcha geografik jarayon va qonuniyatlarni o’rganar ekan, bunda u, eng avvalo geografik muhitning aholi salomatligiga ta’sir ko’rsatuvchi kompleks va tabiiy va iqtisodiy ijtimoiy omillariga asosiy e’tiborni qaratadi. Chunki yer yuzining har bir qismida u yoki bu turdagi kasallik mavjud.Ular orasida ayniqsa iqlim va atrof muhitning inson salomatligiga ta’siri, kasallikarning tarqalishi aholining joylashuvi mehnat va turmush sharoitlari urbanizatsiya jarayonlari regionning xo’jalik ixtisoslashuvi xususiyatlari, sogliqni saqlash sohasini rivojlanganlik darajasi va boshqalar juda muhimdir.
2.Sotsial geografiya o’zining ichki tuzilishiga, tarkibiga va unga qo’shni bo’lgan fanlar bilan aloqa qilish imkoniyatiga ega. Binobarin, sotsial geografiya tizimida jinoyatchilik geografiyasining ham integratsion salohiyati ancha katta.
Yuzaga kelgan muammo bir guruh fanlar oldiga ularni tadqiq etish va bartaraf qilishning ilmiy asoslarini yaratish masalasini qo’ydi.
Jinoyatchilik geografiyasi asosini jinoyatchilikning mintaqaviy xususiyatlari, sodir qilingan jinoyatlarda hududiy sharoit va sabablarining turli tumanligi hamda geokriminogen vaziyat bilan aloqador geografik, geodemografik, omillarini tahlil etish tashkil etadi. Shu o’rinda ta’kidlash joizki, mazkur yo’nalish bo’lmish jinoyatchilik geografiyasining nazariy va amaliy asoslarini yaratish dolzarb muammolar sirasiga kiradi.
Jinoyatchilik geografiyasi ko’proq kriminologiya va geografiya fani qirrasida o’rganiladi. Jinoyatning sodir etilishi va uning sabablari, jinoyatchilikning oldini oluvchi vositalar hamda jinoyat sodir etgan kishilarning shaxsini kriminoogiya o’rgansa, jinoyatning turli hududlarda sodir etilishini, jinoyatchilikka ta’sir etuvchi shart-sharoitlar va omillar jinoyatchilik geografiyasiga taalluqlidir.
Shaharlarda qishloq joylarga qaraganda jinoyat sodir etish 6-7 marta ko’proq. Chunki qishloq ijtimoiy muhitda barcha bir-birini taniganligi sababli jinoyat qilish, o’g’irlangan narsalarni yashirish yoki sotish kabi hodisalar qiyinroq kechadi. Shuningdek, qishloqlarda sodir etilgan huquqbuzarliklar mahalla jamoasi va atrofdagi kishilarning etiboriga, muhokamasiga sabab bo’ladi.
Hududlarda jinoyat sodir etishning ko’pligiga birinchidan aholi milliy tarkibi turichaligi bo’lsa, ikkinchidan migratsiya jarayoni intensivligi, uchinchidan sanoat tarmog’ining ancha rivojlanganli va urbanizatsiya darajasi yuqoriligi to’rtinchidan aholi ichkilikbozlik giyohvandlikka ruju qo’yilganligi, milliy urf-odat va qadriyatlarga aholi e’tiqodining susayib ketganligi hamda jinoyat sodir etishga qulay sharoit borligi ta’sir ko’rsatgan.
Joylarda osuda hayotni ta’minlash, har xil chet el unsurlarini fuqaroning ongini zaharlashiga yo’l qo’ymaslikda mahalla posbonlari hamda murabbiylar o’z faoliyatini yanada takomillashtirishlari, aholi bilan aloqalarni kuchaytirishlari talab etiladi.Shu bilan birga mintaqalardagi jinoiy faoliyatning sharoit va sabablarini ularning oldini olish, bu borada hududiy va huquqiy choralarini ishlab chiqish alohida ahamiyat kasb etadi.
3.Zamonaviy iqtisodiy va sotsial geografiyaning taraqqiyot yo’lini sobiq Ittifoq iqtisodiy geografiya fanisiz tasavvur etib bo’lmaydi.Ushbu fan rivojlanishining boshlag’ich davrida insonninf xo’jalik faoliyati bilan bevosita aloqador masalalarni o’rganishga katta e’tibor berildi.Zero, sovet davlatining dastlabki yillaridanoq mamlakatning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish davlat iqtisodiy siyosatining bosh maqsadi bo’lib hisoblangan.Mazkur shart sharoitlar ta’siri va natijasi o’laroq iqtisodiy geografiya gurkirab o’sdi, uning moddiy ishlab chiqarish bilan bo’liq qishloq xo’jaligi, sanoat, transport kabi tarmoqlari rivojlanishda ancha ilgarilab ketdi. Ushbu iqtisodiy geografiyaning yana bir muhim jihati shaharlar yo’nalishining shakllanishi va rivojlanishi bilan belgilanadi.
Sobiq Ittifoq davridan boshlab iqtisodiy geografiya bag’ridan aholi geografiyasi o’sib chiqdi. Buning natijasida bevosita aholi va uning ijtimoiy rivojlanishi bilan bog’liq masalalarni tadqiq etish ishlari kuchaydi, ya’ni iqtisodiy geografiyaning zamirida ijtimoiy geografiya shakllandi va natijada iqtisodiy geografiya o’tgan asrning 80 yillariga kelib iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaga aylandi. Aynan ana shu davrdan boshlab geografiyada “qishloq joylar” termini qo’llanila boshlandi, va shuningdek qishloq joylarni iqtisodiy jihatdan o’rganishning zarurligini iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning qishloq xo’jaligi hamda aholi geografiyasining vakillari bo’lgan S.A.Kovalev, A.I.Aleksev,G.L.Faktor, A.N.Rakitnikovlar tomonidan ta’kidlangan edi, aholi hamda qishloq xo’jaligi vakillari tomonidan qishloq joylar ijtimoiy va iqtisodiy geografik tadqiqotlarning o’ziga xos obekti ekanligi ularning barcha rivojlanishining ba’zi bir ijtimoiy iqtisodiy jihatlari , qishloq joylarni ijtimoiy va iqtisodiy geografik o’rganishning vazifalari, qishloq joylarni kompleks geografik o’rganishni fanlar tizimida tutgan o’rni, uning boshqa iqtisodiy va sotsial geografik fanlar bilan o’zaro aloqasi kabi masalalar ochib beradi. Buning natijasida qishloq xo’jaligi va aholi geografiyasi bilan qishloq joylar geografiyasi o’rtasida ko’prik paydo bo’ldi.. Shunday qilib qishloq joylar geografiyasi nafaqat qishloq xo’jaligi va aholi geografiyasi balki sanoat transport va boshqa tarmoqlar geografiyalarining merosxo’ri ekanligi aniqlandi, yoki boshqacha qilib aytganda Qshloq joylar geografiyasi yuroqidagi yo’nalishlarning qirrasida shakllanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |