47.Kompyuter grafikasi tushunchasi.
Kompyuter grafikasi – bu model va tasvirlarni kompyuter yordamida hosil qilish, saqlash va qayta ishlash to’g’risidagi fandir.
Kompyuter grafikasi deganda odatda grafik ma’lumotlarni kompyuter vositasida tayyorlash, qayta ishlash (qurish), saqlash va namoyish etish jarayonlarini avtomatlashtirish tushunilsa, grafik ma’lumot deganda ob’ekt modellari va tasvirlari tushuniladi.
Kompyuter grafikasi jahonda yangi fundamental fan hisoblanib, o’tgan asrning 90-chi yillarida paydo bo’ldi hamda fan va ishlab chikarishning barcha sohasida kadrlar tayyorlab berishda uziga xos mustaqil ahamiyat kasb etdi. Maxsus dasturlar yordamida xuddi bir varoq oq qog’ozga qalam yoki ruchka bilan har xil rasmlarni solish singari kompyuter ekranida sichqoncha yordamida rasm chizish, ya’ni tasvir yaratish, tuzatish va ularni harakatlantirish imkonini yaratdi. Bu dasturlar rasm solish programmalari yoki grafik redaktorlar bo’lib, ular yordamida rasmning elementlari boshqarib boriladi. Kompyuter grafikasining juda tez rivojlanib borishi va uning texnikaviy va dasturiy vositalarining yangilanib turishi ushbu kursni hamisha takomillashtirishga, bu sohadagi yangi yo’nalishlarni tinmay o’rganib borishni taqozo etadi. So’nggi yillarda bu sohada juda katta uzgarishlar (siljishlar) yuz berdi, ya’ni 16 mln.dan ortiq rang va rang turlarini uzida aks ettira oladigan displeylar, grafik axborotlarni kirituvchi moslama – skanerlar, dasturiy vositalar sohasida esa haqiqiy kompyuter dunyosini kashf qila oladigan amaliy dasturlar vujudga keldi.
Kompyuter grafikasining uch turi mavjud bo’lib, bular: rastrli, fraktal va vektorli grafikadir.
48.Zamonaviy dasturlash texnologiyalari.
Dasturlash — o‘z g‘oyalarini dastur ko‘rinishida ifodalash usulidir. Bu masalalar yechishga yordam beradi. Agar sizning g‘oyalaringiz bo‘lmasa, yechilishi lozim bo‘lgan masalalar bo‘lmasa, dasturlash vaqtni bekor o‘tkazish demakdir. Dasturlash, xattoki keng miqiyosda, kattorq ilmiy fanning qismi xisoblanadi. Biz uni dasturiy ta’minot bilan bog‘liq axborot texnologiyalari, kompyuter texnikasi, kompyuterlashtirilgan fanlar yoki boshqa ilmiy fanning bir qismi sifatida ko‘rishimiz mumkin. Dasturlash informatikada, texnikada, fizikada, biologiyada, medisinada, tarixda, adabiyotda va boshqa akademik sohalarda qo‘llanadigan qo‘shimcha texnologiyadir. Dasturlash — amalda qo‘llash, tajriba asosida tahrirlash, tekshirish imkoniyatini yaratuvchi amaliy va fundamental masalalar yechilishini ifodalovchi asosiy uskunadir. Dasturlash — g‘oyalar va nazariya voqyelik bilan to‘qnashuvchi fandir; unda kompyuterlashtirilgan fanlar nazariy bo‘lmasdan eksperimental fanga aylanadi va olamga ta’sir etishni boshlaydi. Bunda qayd etish lozimki, dasturlash — amaliy va nazariy uslublarni amalga oshiruvchi vositalardir. C++ dasturlash tili C tiliga asoslangan. C esa o'z navbatida B va BCPL tillaridan kelib chiqqan. BCPL 1967 yilda Martin Richards tomonidan tuzilgan va operatsion sistemalarni yozish uchun mo'ljallangan edi. Ken Thompson o'zining B tilida BCPL ning ko'p hossalarini kiritgan va B da UNIX operatsion sistemasining birinchi versiyalarini yozgan. BCPL ham, B ham tipsiz til bo'lgan. Yani o'garuvchilarning ma'lum bir tipi bo'lmagan - har bir o'zgaruvchi kompyuter hotirasida faqat bir bayt yer egallagan. O'zgaruvchini qanday sifatda ishlatish esa, yani butun sonmi, kasrli sonmi yoki harfdekmi, dasturchi vazifasi bo'lgan. C tilini Dennis Ritchie B dan keltirib chiqardi va uni 1972 yili ilk bor Bell Laboratoriyasida, DEC PDP-11 kompyuterida qo'lladi. C o'zidan oldingi B va BCPL tillarining juda ko'p muhim tomonlarini o'z ichiga olish bilan bir qatorda o'zgaruvchilarni tiplashtirdi va bir qator boshqa yangiliklarni kiritdi. Boshlanishda C asosan UNIX sistemalarida keng tarqaldi. Hozirda operatsion sistemalarning asosiy qismi C/C++ da yozilmoqda. C mashina arhitekturasiga bog'langan tildir. Lekin yahshi rejalashtirish orqali dasturlarni turli kompyuter platformalarida ishlaydigan qilsa bo'ladi.\
Do'stlaringiz bilan baham: |