1-Test 𝙁𝙞𝙯𝙞𝙠𝙖 𝙛𝙖𝙣𝙞 𝙤'𝙩𝙞𝙡𝙜𝙖𝙣𝙡𝙖𝙧𝙣𝙞 𝙩𝙖𝙠𝙧𝙤𝙧𝙡𝙖𝙨𝙝
1. Turist gorizontga nisbatan 30° burchak hosil qilgan qiyalikda 200 m yo`l bosdi. Turistning vertikal yo'nalishdagi ko'chishini aniqlang (m).
A) 100. B) 141. C) 173. D) 200.
2. Futbolchi maydon bo`ylab 40 m sharqqa, so`ngra 10 m shimolga, so`ngra 10 m sharqqa, so`ngra 47,5 m janubga harakatlangan. Futbolchi ko`chishini toping (m).
A) 56,5. B) 12,5. C) 76,2. D) 62,5.
3. Daryoda sol 3 km/h tezlik bilan tekis suzib boryapti. Solda turgan odam sol harakatiga tik ravishda 4 km/h tezlik bilan harakatlanmoqda. Yer bilan bog'langan sanoq tizimida odamning tezligi qanday (km/h)?
A) 1. B) 3. C) 4. D) 5. E) 7.
4. Har bir qavatning balandligi 2,5 m bo‘lsa, 11-qavatning balkonidan 20 m/s tezlik bilan yuqoriga tik otilgan jism yerga qancha vaqtda (s) tushadi?
A) 2. B) 4. C) 8. D) 5. E) 3.
5. Jism tezliklari 5 va 4 m/s bo'lgan va bir-biriga 30° burchak ostida yo'nalgan ikki harakatda qatnashmoqda. Natijaviy harakat tezligi moduli qanday (m/s)? (sin30°=0,5, cos30°=0,87).
A) 76 . В) 8. C) 4. D) 5. E) 9.
6. Jism harakat tezligining 2 ta tashkil etuvchisi birbiriga nisbatan 45° burchak ostida yo'nalgan bo'lib, modullari mos ravishda 4C va 6 m/s ga teng. Natijaviy tezlik qanday (m/s)?
A) 7,7. B) 9,3. C) 8,7. D) 12,8. E) 14.
7. Jism harakat tezligining 2 ta tashkil etuvchisi birbiriga nisbatan 60° burchak ostida yo'nalgan bo'lib, modullari mos ravishda 4 va 6 m/s ga teng. Natijaviy tezlik qanday (m/s)?
A) 5. B) 7,7. С) 8,7. D) 10. E) 12,8.
8. Qandaydir balandlikdan boshlang'ich tezliksiz tashlangan jism, shamol bo'lmaganda, yerga 4 m/s tezlik bilan tushadi. Agar g'arbdan 3 m/s tezlikda shamol esayotgan bo'lsa, jism yerga qanday (m/s) tezlik bilan tushadi?
A) 1. B) 2. C) 5. D) 7. E) 10
9. Uzunligi 120 m bo'lgan poezd parallel yo'lda 9 km/h tezlik bilan ketayotgan velosipedchini 6 s da quvib o'tgan bo'lsa, poezdning tezligi qanday (m/s)?
A) 20. B) 22. С) 25. D) 22,5. E) 24.
10. Ikki poezd bir-biriga tomon 54 va 36 km/h tezlik bilan harakatlanmoqda. 1-poezddagi
passajir 2-poezd uning yonidan 20 s davomida o'tganini aniqladi. 2-poezdning uzunligini toping (m).
A) 500. B) 200. С) 250. D) 225. E) 240.
11. 72 km/h tezlikda harakatlanayotgan 300 m uzunlikdagi passajir poezdi tezligi unikidan 2 marta kichik, uzunligi esa 2 marta katta bo'lgan yuk poezdini necha sekundda quvib o'tadi?
A) 120. B) 30. C) 60. D) 90.
12. Ikkita bir xil avtomobil bir-biriga tomon 60 va 90 km/h tezlik bilan harakatlanmoqda. 2-avtomobil 1-avtomobil yonidan 0,144 s davomida o'tganligi aniqlandi. Bitta avtomobilning uzunligi qanday (m)
A) 12. B) 6. C) 3. D) 4,32.
13. Ikki parallel yo'ldan uzunligi 360 m, tezligi 54 km/h bo'lgan yuk poezdi va uzunligi 140 m, tezligi 90 km/h bo'lgan passajir poezdi bir tomonga harakatlanmoqda. Ikkinchi poezd birinchi poezdni necha sekund davomida quvib o'tadi?
A) 50. B) 22. C) 15. D) 12,5. E) 10.
14. 72 km/h tezlik bilan harakatlanayotgan avtomobil tormozlanganda 4 s dan so‘ng to‘xtadi. Tormozlanish vo‘lini toping (m).
A) 20. B) 40. C) 80. D) 144
15. 30 m/s boshlang‘ich tezlik bilan erkin tushayotgan jismning harakat boshidan 5 s o‘tgan paytdagi tezligi qanday (m/s) bo‘ladi? g=10 m/s2
A) 30. B) 50. C) 80. D) 150
http://t.me/Kutubxona_Testuz
Do'stlaringiz bilan baham: |