1. Terrorizm haqida umumiy tushuncha. “Hizb-ut taxrir”



Download 20.43 Kb.
Sana17.01.2017
Hajmi20.43 Kb.
REJA:

1. Terrorizm haqida umumiy tushuncha.

2. Hizb-ut taxrirning tarmoqlari.

3. Diniy ekstrimizm.

INSON HUQUQ VA ERKINLIKLARINING

TA’MINLANISHI. TERRORIZM.

Huquq va erkinliklar kafolatlari tushunchasi.

Davlat mustaqilligini qo’lga kiritib, O’zbekiston rivojlangan huquqiy demokratik davlatni barpo qilish va adolatli fuqorolik jamiyatni shakllantirish yo’lini tanladi.

Demokratik fuqorolik jamiyatni qurishni maqsad qilib qo’ygan har qanday davlatning demokratlashuviga xos xususiyatlarni ko’rsatuvchi shartlaridan biri-inson huquq va erkinliklarining qonunlarda to’liq belgilanishi hamda ularning ta’minlanishi uchun shart-sharoitlarning yaratilishi bilan belgilanadi. O’zbekistonda huquqiy demokratik davlatni qurishdan asosiy maqsad – ushbu davlatda yashovchi har bir fuqoroning huquq va erkinliklarini to’la ta’minlashdan iboratdir.

Tarixiy tajriba shuni ko’rsatadiki, inson huquq va erkinliklarini Konstitutsiyaviy va qonunlarda mustaxkamla- nishi muhim ahamiyatga egadir, ammo ularni amalga oshirishning kafolatlangan, himoyalangan imkoniyatlari bo’lmasa, ular quruq gapligicha qolib ketadi. Bunga yorqin misol totalitar tuzum hukmronlik qilgan sobiq ittifoq qonunlarida ham fuqorolarning ko’plab huquq, erkinliklari juda chiroyli qilib yozib qo’yilgan. Biroq ular hayotda amalga oshmay qoldi. Chunki kommunistik mafkura ko’p jihatdan sinflar, davlat to’g’risida qayg’urib, «inson»ni esdan chiqargan edi.

O’z istiqlol va erkin taraqqiyot yo’lini tanlab olgan O’zbekistonda qisqa davr ichida insonning huquq va erkinliklarini to’la amalga oshirish yo’lida diqqatga sazovor ishlar qilindi. Inson manfaatlarini ta’minlash davlatimizning eng ustuvor vazifalardan biriga aylandi.

Mamlakatimizda insonning huquq va erkinliklari to’g’risida 100 dan ortiq qonunlar, 200 dan ortiq qonun osti aktlari qabul qilindi.

Inson huquqlarini himoya qilish Konstitutsiyaning bosh g’oyasi va maqsadi hisoblanadi.

Inson huquq va erkinliklari kafolatlarining mazmun mohiyatini to’la tushunish uchun avvalo kafolat tushunchasiga to’xtalmoq zarurdir. O’zbek tilining izohli lug’atida bayon etilishicha ; «Kafolat» so’zi bu – mas’uliyatni, javobgarlini o’z zimmasiga olgan holda, ishontirish, kafillik, ta’minlash » ma’nosini bildiradi.

Kafolat – bu fuqarolarga qonunda belgilab qo’yilgan huquq va erkinliklarini amalga oshirilishini ta’minlashga yordam beradigan vositalar, usullar va shart-sharoitlardir .

Inson huquq va erkinliklarining huquqiy kafolatlari deyilganda shaxslarning Konstitutsiyada belgilab qo’yilgan huquq va erkinliklarning amalda haqiqiy bajarish uchun zarur sharoit va barcha imkoniyatlarni yaratish tushuniladi.

Kafolat, kafolatlash bu -- Konstitutsiya, qonunlarda ko’rsatilgan imkoniyatlarni hayotda amalga oshirish, huquq va erkinliklarga ega bo’lish demakdir . Fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlash Konstitutsiyada ko’rsatilgan huquq va erkinliklarga egalik qilish bilangina cheklanmasdan, ulardan to’liq foydalanish va ularni har qanday noqonuniy buzulishdan muhofaza qilish hamdir.

Konstitutsimizning mohiyati insonga munosib hayot sharoitlarning yaratish, uni baxtli qilishdan iborat. U jamiyat va uning a’zolari oldiga buyuk maqsadlar qo’yadi. Ana shu ezgu maqsadga erishishning yo’llarining o’zida mujassam etadi. Shu o’rinda davlat, oila va jamiyat manfaatlari, sodda qilib aytsak, davlat va inson manfaatlari uygunlashib borgan sari jamiyat rivojlanib, olg’a siljib boradi.

Konstitutsiyaning asosiy huquqiy hujjat sifatidagi qimmati shundaki, u jamiyat a’zolarining tengligini qayd etadi, unga kafolatlar beradi. Huquqiy kafolatlarning mohiyati davlat, uning orgonlari va mansabdor shaxslar fuqarolarning huquqlarini va erkinliklarini amalga oshirish uchun shart-sharoit yaratish, ularni amalga oshirish uchun doimiy ravishda zarur vositalari bilan ta’minlanishda ifodalangan burchida namoyon bo’ladi.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi insonlarga ma’lum huquq va erkinliklarini mustaxkamlab berish bilan birga ularni to’liq amalga oshirish uchun;



  • iqtisodiy;

  • siyosiy va huquqiy kafolatlar bilan ta’minlaydi.

Iqtisodiy sohadagi kafolatlar shundan iboratki, Ozbekiston Respublikasi Konstitsiyasi va qonunlarida korsatilgan va jamiyatning iqtisodiy negizini tashkil etuvchi mulk skakllarining xilma-xillgidir. Hamda barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jinatdan barobar muhofaza etilishini kafolatlaydi.

Siyosiy huquq va erkinliklarning kafolatlanganligi shundan iboratki, Konstitutsiyaga binoan xalq davlat hokimyatining birdan-bir manbai ekanligi; davlat hokimyati tizimi hokimyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimyatiga bo’linish prinsipiga asoslanganligi; O’zbekiston- da ijtimoiy hayotning siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanishi; hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o’rnatilishi mumkin emasligidir.

Demokratiyaga zid bo’lgan xarakatlar, terrorizm ilgari o’z kirdikorlarini jahon jamoatchiligida yashirib kelgan bo’ls, XXI-asrga kelib, o’zlarining yovuz niyatlarini qo’poruvcilik ishlarini ochiq-oydin ma’lum qilib kelmoqdalar. Aksariyat mamlakatlar terrorizm balosidan qattiq zarar ko’rmoqda. Terrorizm mustaqil O’zbekistonni xam chetlab o’tmadi . 1999 yil 16 fevral voqealari , 1999, 2000 yillarning avgust , sentabr oylarida O’zbekiston va Qirg’izistonning tog’li xududlarida, 2004 yili 29-30 mart , 1 aprel va 30 iyul kunlari mamlakatimizda sodir etilgan xamda 2005 yil 13 may kuni Andijonda uyushtirilgan mudxish voqealar xalqimizning, butun jaxon jamoatchi- ligining qaxru g’azabini qo’zg’tdi . Bundan 10 yil oldin Angliya va Amerika maxsus xizmatlari tomonidan tashkil etilgan “Xizbut-taxrir” ekstrimistik partiyasi va uning tuzulmalari Markaziy Osiyo davlatlari xududini o’zining faoliyat maydoniga aylantirib olgan edi . Bunday yovuz kuchlar bizning tinch, osoishta yurtimizga xam bot-bot xamla qilishga urunib ko’rishmoqda. Terrorizm mustaqil O’zbekistonimizga jirkanch yuzini ko’rsatmoqchi. Buning bir necha sabablari bor.

Birinchidan , O’zbekiston Markaziy Osiyoda tinch-barqaror rivojlanayotgan mamlakat.

Ikkinchidan , xalqimiz Prizident I.Karimov boshchi-ligida o’tish davri qiyinchiliklarini chidam, sabr va matonat bilan engmoqda.

Uchinchidan , xalqimiz o’ziga xos, o’ziga mos odil, demokratik yo’ldan bormoqda.

To’rtinchidan , vatanimiz dunyo tan olgan iqtisodiy, ijtimoiy, ma’rifiy soxalarda rivojlanishining milliy modelini yaratdi.

Beshinchidan , yurtimizdagi bexisob tabiiy boyliklar, uning geostrategik sharoitini, jaxondagi ayrim kimsalarning bizga nisbatan faqat xayrihohlik yoki havas tuyg’usini emas, balki xasad qora niyatlarini xam uyg’otmoqda .

Bu esa endigina mustaqillikning qo’lga kiritib, o’ziga xos taraqqyot yo’lini tanlagan O’zbekiston va unga qo’shni mamlakatlar xalqlari taqdiri uchun juda katta xavf tug’dirmoqda.

Istiqlolning dastlabki yillaridayoq bir tomondan xalqaro tartibot o’zgarib, xalqaro siyosatnig o’yin qoidalari shakllanayotgan, xalqaro munosabatlarning globallashuvi kengayib, uning ijobiy jixatlari bilan bir qatorda, salbiy oqibatlari xam kuchayib borayotgan sharoitda bevosita Prizidentimiz raxbarligida tashqi siyosatning ustivor yo’nalishlari va asosiy tamoyillari belgilandi xamda og’ishmay amalga oshirilib kelinmoqda.

O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat;

- mafkuraviy qarashlardan qat’i nazar xamkorlik uchun ochiqlik, umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik;

- davlatlarning suveren tengligi va chegaralari daxlsizligini xurmat qilish;

- nizolarni tinch yo’l bilan xal etish;

- kuch ishlatmaslik va kuch bilan taxdid qilmaslik;

- inson huquqlari va erkinliklarini xurmatlash;

- ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalari va normalarining ustivorligi;

- davlatlararo aloqalarda teng huquqilik va o’zaro manfaatdorlikning ustunligi;

- tashqi aloqalarni xam ikki tomonlama, xam ko’p tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish xisobiga boshqasidan uzoqlashmaslik.

Bu tamoillarga xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalari asos qilib olingan.

Bugungi kunda terrorizm yirik moliyaviy tuzumga ega bo’lgan kuch bo’lishi bilan birga ulkan biznes manbaiga aylangan . Xozirgi vaqtga kelib uning bir yillik moliyaviy aylanmasi 1,5 trillion AQSH dollariga teng. Bu dunyoda yalpi ichki mahsulotning 5 foizini tashkil etadi.

Andijon voqealari tasodifiy ro’y bergani yo’q. Chunki bu voqealar yurtimizda ancha olis joylarda ishlab chiqarilgan сценарий” asosida amalga oshirilganligini ko’rsatuvchi ko’plab isbotlar bor. Ayrim fikrlarga qaraganda O’zbekistonning kuchli tashqi razvetkasi qo’shma shitatlar tomonidan sobiq Sovet Markaziy Osiyoni geosiyosiy jihatdan o’zgartirish rejasining amalga oshirilayotgani to’g’risida ishonchli ma’lumotlarga ega bo’lgan. Shu maqsadda mintaqa davlatlari, O’zbekistonda siyosiy xokimiyatini ag’darib tashlashni tashkil etish va amalga oshirish uchun nodavlat tashkilotlar va boshqa shubxali tuzulmalar tashkil etildi.

Ahborot asri deb nom olgan XXI asrda axborot strategik resurs, energiya manbalari qatoridan joy oldi. Sovuq urush davrida axborotdan eng kamxarj qurol sifatida foydalaniladi. Chunki bu urushda inson ongi, millat ruxyatini nishonga olinadi va mafkuraviy – ma’naviy ayniqsa ruhiy zarar etkaziladi. Vayron bo’lgan binoni, buzulgan ulkan inshoatlarni qayta tiklash mumkin . Biroq ma’naviy, mafkuraviy shikast etgan millat ruhini qayta tiklash oson emas.

London universiteti professori Shirin Akiner xonimning Ahborot plyus dasturiga bergan intervyusida muxbirning “Siz Andijonda 35 nafar kishi bilan suxbatlashdim, dedingiz. Bular, oqsoqollar , vrachlar , garovga olinganlar va boshqalar edilar. Ular voqea guvoxlari bo’lsalar kerak . Shundan so’ng bo’lib o’tgan voqealarni sababi nimada deb o’ylaysiz ? ” – degan savoliga u chet el axborot vositalari tomonidan Andijon voqealarida qurbon bo’lganlar soni haqida keltirilayotgan raqamlar xaqiqatdan ancha uzoq ekanligini ta’kidladi. Shirin Akiner xonim kuzatuvlarining natijasi sifatida qurbonlar soni 170 taga yaqinligini aytadi . Xonimning quyidagi fikrlari yanada xarakterli; “Bir necha kun davomida xorij ommaviy axborot vositalari tomonidan Andijon voqealarini zo’r berib, bo’rttirib va qaqiqatdan uzoqlashtirib ko’rsatishga xarakat qilishdi. 13 maydan bosh deyarli bir xafta davomida aksariyat ommaviy axborot vositalarida O’zbekistonga qarshi informatsion kompanya avj oldi. Nima uchundir chet el jurnalistlari asosiy e’tiborini O’zbekistonga qaratdi . Vaxolanki, Kongoda , Afg’onistonda va Iroqda xam qonli to’qnashuvlar bo’layotgan edi . Nazarimda, bu o’ziga xos katta siyosiy o’yinga o’xshaydi . ”,-deb bildirgan fikri xaqiqatga yaqin.

Mamlakatimiz xayotiga tajovus solayotgan mafkura- lardan yana biri “Xizbut taxrir” (Islom ozotlik partiyasi ) , diniy, siyosiy partiyasidir. Maskur partiya 1953 yilda Isroilda paydo bo’lgan, uning asoschisi bo’lib Taqiyuddin Nabixoniy xisoblanadi. Bu partiya tarkibi piramida shaklida tashkil topgan, 4-5 kishi bir gurux bo’lib, gurux raxbari mushrifdan xaftada bir marta saboq oladilar. “Xizbut taxrir al - islomiy” tashkiloti o’z oldiga maqsad qilib;



  • tinch - osoyishta davlatda urush boshlash;

  • mamlakat iqtisodiy faoliyatini izdan chiqarish;

  • millatlar va dinlararo nizo chiqarish;

  • mamlakatga qurol - aslaxa va narkotik moddalarni olib kirish.

  • mustaqil davlatlarni o’ziga qaram qilish orqali o’z g’arazli niyatlarini amalga oshirish;

Andijon voqealari tufayli O’zbekiston xalqining boshiga tushgan musibatga dunyoning 20ga yaqin davlatlarning nufuzli vakillari va jurnalistlari o’zlarining munosabatlarini, Andijon voqealari chetdan turib uyushtirilganligi xaqidagi fikrlarini bildirdi.

Masalan, Erondan M. Safariy, Yaponiyadan R. Michii F. Endo, Isroildan Y. Shaus, Rossiyadan Y. Lionov , Fransiyadan R. Byulm va Saudiya Arabistoni Makkai Mukarrama shaxrida yashovchi o’zbeklardan Safoxon ibn Jalolxon To’ra Marg’iloniy boshchiligidagi o’zbek va tandoshlari xam istirobda ekanliklarini bayon qilishdi.

Mamlakatimizda bo’layotgan o’zgarishlardan millati, elatidan qat’i nazar barcha fuqorolarimizning chuqur va keng xabardor bo’lib borishiga erishish zarur. Chunki mamlakat tinchligiga, uning taqdiriga, kelajagiga daxldorlik tuyg’usini kamol toptirishda buning o’rni beqiyosdir.

Foydalanilgan adabiyotlar.
1. “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ” kitobi 2005

Toshkent.

2. Prizident I.Karimovning “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 13 yilligiga bag’shlangan tantanali marosimlari, inson uning huquqi va erkinligi hamda manfaati ”, 2005 Toshkent.

3. Prizident I.Karimov . “O’zbekiston Respublikasi XXI asr bo’sag’asida xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari”. 2006 Toskent.

4. Prizident I.Karimov “Ma’naviy yuksalish” , “Biz tanlagan yo’l demokratik va ma’naviy dunyo bilan hamkorlik yo’li”.

2003 O’zbekiston.

5. “Milliy istiqlol g’oyasi asosiy tushuncha tamoyillari”.

Toshkent. O’qituvchi.

6. “Shaxs va jamiyat”

2005 Toshkent O’qituvchi.



7. N. Jo’rayev. “Agar ogoh sen”

1998 yil Toshkent.


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa