Mavzu. Til va terminologiya
REJA:
1.Termin va terminologiya haqida umumiy ma’lumot.
2. O‘zbek tili terminoloiyasi fanining maqsad va vazifalari.
3.Til haqida tushuncha
.
Termin grekcha terminus so ‘zidan olingan bo ‘lib, chek, chegara degan ma’noni bildiriadi. U fan-texnika, qishloq xo‘jaligi, san’at va madaniyat sohasiga xos so‘z hisoblanadi. Terminologiya - terminlar haqidagi ta’limot va terminlar majmui degan ma’nolarni anglatadi.Termin so ‘zi o ‘rnida ba’zan atama, istiloh so ‘zlarini ishlatish hollari uchrab turadi. Ammo bu to ‘g ‘ri emas. Atama termin so’ziga nisbatan tor tashunchani ifodalaydi. Istiloh so’zi esa arabchadir. Uni xalq tushunmaydi va meyorga aylangan emas. Terminologiya masalalari hamisha tilshunoslikning dolzarb masalalaridan biri bo‘lib kelgan. Chunki terminlarning sohalar lug‘aviy qatlamlaridagi o‘rni va vazifasini belgilash, tushunchaning mazmun-mohiyatini to‘g‘ri anglash imkonini beradi.
Terminologiyaga bag‘ishlangan ishlarning barchasida u yoki bu sohaning muayyan tushunchalarini anglatadigan, definitsiyaga ega bo‘lgan va, asosan, nominativ funktsiyani bajaradigan birliklar termin hisoblanadi deb qaraladi.
A.V.Kalinin muayyan fanlar va kasbkorlikda ishlatiladigan so‘zlarni “maxsus leksika” deb ataydi va uni ikki guruhga ajratadi. 1. Maxsus leksikaga, birinchi navbatda, terminlar kiradi. 2. Maxsus leksika tarkibiga terminlardan tashqari professionalizmlar ham kiradi. U o‘z fikrini davom ettirib, “Termin bilan professionalizmlar o‘rtasidagi farq shuki, termin bu muayyan fan, sanoat sohasi, qishloq xo‘jaligi, texnikadagi tamomila rasmiy bo‘lgan, qabul qilingan va qonunlashtirilgan biror tushunchaning ifodasidir, nomidir, professionalizm esa biror kasb, mutaxassislik, ko‘pincha jonli tilda tarqalgan, aslini olganda, tushunchaning qat`iy, ilmiy tavsifiga ega bo‘lmagan yarim rasmiy so‘zdir”,-deydi.
R.Doniyorov bu fikrga e`tirozan, “Bunday qat`iy da’vo, aslini olganda, tilni sinfiy deb hisoblagan ayrim “olim”larning qarashlari davomidir desak, xatoga yo‘l qo‘ymasmiz” deya munosabat bildiradi. H.Jamolxonov terminga munosabatda bo‘lar ekan quyidagicha yozadi: “Terminlar fan-texnika, adabiyot, san`at va boshqa sohlarga oid ixtisoslashgan, qo‘llanishi muayyan soha bilan chegaralangan tushunchalarni ifodalaydigan nominativ birliklardir: gulkosa, shona (botanikada); to‘rtburchak, kvadrat (geometriyada); ega, kesim (tilshunoslikda); qofiya, turoq, vazn (adabiyotshunoslikda) kabi ”.
Terminalogiyaning rivojlanishi, boyish yoʻllari har xil: boshqa tillardan soʻz olish, yangi soʻz yasash, ayrim fammatik kategoriyalarning leksikalashuvi, soʻz birikmasining semantik bir butun holga kelib qolishi va boshqa bugungi kunda oʻzbek terminalogiyasining boyishi, asosan, boshqa tillardan soʻz olish va ichki soʻz yasash hisobiga roʻy bermoqda. U yoki bu soha terminologik tizimining barkarorligini belgilovchi asosiy omili uning tartibga solinganligi va muntazamligidir.
Terminalogiyaning oʻziga xos xususiyatlari mavjud. Masalan, umumadabiy tilda sinonimiya, omonimiya va kup maʼnolilik tilning boyligi boʻlsa, Terminalogiyada bular salbiy hodisa hisoblanadi. Masalan, birgina tushunchani ifodalash uchun oʻzbek tilida yarimoʻtkazgich — chalaoʻtkazgich — nimoʻtkazgich terminlari qoʻllanmoqda. Bu, oʻz navbatida, oʻqishoʻqitish va axborot almashish jarayonini qiyinlashtiradi.
Shu sababli ham terminalogiyasi maʼlum darajada barqarorlashgan barcha tillarda terminlar doimiy tartibga solib turiladi. Tartibga solish maʼlum terminologik meʼyorlar asosida amalga oshiriladi. Terminalogiyaning rivojida fan sohalariga oid maxsus lugʻatlarni nashr qilib turish ham muhim ahamiyatga ega.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov aytganidek, “Xalqning milliy madaniyati va o‘ziga xosligini ifoda etuvchi vosita bo‘lmish o‘zbek tili”1 da mavjud bo‘lgan so‘z va iboralarni, atamalar va leksik boyliklarni o‘rganish hamda insoniy meros sifatida ilmiy tahlilini olib borish bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biridir. A.A.Potebnya “keyingi ma’no” deb atagan va “u tilshunoslikning o‘rganish ob`ektiga kirmaydi, uni boshqa fanlar o‘rganadi”2 deb ko‘rsatilgan terminologik leksika uzoq davrlargacha alohida nominativ birlik, atama sifatida tilshunoslikda tadqiq qilinmadi. Tilshunoslik fani rivojlanib, o‘z tadqiqot doirasini kengaytirgan sayin terminlarni o‘rganish uning eng muhim va tarkibiy qismlaridan biriga aylandi. Hozirgi davrda terminlarni o‘rganish tilshunoslikning alohida sohasini – terminologiyani shakllantirdi. Ammo shuni ham aytish o‘rinliki, bu jarayonda ruscha va rus tili orqali kirib kelgan terminlarni o‘rinsiz, sun`iy ravishda yangi yasalmalar yoki arab va fors-tojikcha so‘zlar bilan almashtirish hollari ham kuzatiladi.
Masalan, bankrot – sinish, buxgalter – hisobchi, gazeta – ro‘znoma, deputat – noib (xalq noibi), jurnal – majalla (jarida, oybitik, oynoma), institut – oliygoh, (ta’limgoh), klub - tomashagoh (tadbirgoh), kompensatsiya – tovon, medal – nishon, fakultet – kulliyot, kurs – bosqich, fonetika – tovushshunoslik, sinonim – ma’nodosh, omonim – shakldosh, antonim – zid ma’noli va hokazo.
Til deb murakkab muloqot tizimiga yoki shu tizimni oʻrganish va ishlatish qobiliyatiga aytiladi. Tilni oʻrganuvchi sohaga tilshunoslik deyiladi. Jahon tillari miqdorini aniqlash uchun til va sheva orasida farq oʻrnatish zarur. Shunga qaramay, tillar soni 6—7 ming orasida, deb hisoblanadi. Tabiiy til soʻzlashuv yoki imo-ishora orqali tarqaladi, biroq har qanday til eshitish, koʻrish, sezish stimullari yordamida yozuv, braille yoki hushtak kabi ikkilamchi vositaga kodlanishi mumkin. Bu odam tili modallikdan mustaqil boʻlgani uchun ilojli.
Keng maʼnoda til atamasi ostida biror muloqot tizimining tayinli qoidalari majmuasi tushuniladi. Barcha tillar semiozisga, yaʼni belgilarni tegishli maʼnolarga bogʻlash jarayoniga tayanadi. Ogʻzaki va imo-ishora tillari ramzlar ketma-ketligini soʻz yoki morfema qilib shakllantiruvchi fonologik tizim hamda soʻz va morfemalar ketma-ketligidan ibora va gaplarni hosil qiluvchi sintaktik tizimni oʻz ichiga oladi.
Til — jamiyat boyligi, u jamiyat aʼzolarining oʻzaro aloqasini amalga oshiradi, insonning moddiy va maʼnaviy turmushida roʻy beradigan barcha voqeahodisalar haqidagi bilimlarni jamlaydi va ulardan xabardor qiladi; til ayni maʼnoda asrlar mobaynida shakllanadi va mavjud boʻladi. Tafakkur tilga qaraganda birmuncha tezroq rivojlanadi va yangilanadi, leki tilsiz tafakkurni tasavvur etib boʻlmaydi: tilda ifodalanmagan fikr noaniq, tushunarsiz bir narsa boʻlib, insonga borliq voqea-hodisalarini anglab yetishida, fanni rivojlantirish va takomillashtirishida yordam bera olmaydi. Tafakkur tilsiz mavjud boʻlmas ekan, til ham tafakkursiz yashay olmaydi. Biz oʻylab turib gapiramiz va yozamiz, oʻz fikrlarimizni tilda aniqroq va tushunarliroq bayon etishga harakat qilamiz. Demak, fikrlar til negizida paydo boʻladi va unda mustahkamlanadi; til bilan tafakkur bir butunlikni tashkil etadi.Terminlar paydo bo’lib qolmaydi‖, aksincha, ularning zaruriyati anglangan holda ―o’ylab topiladi‖, ―ijod qilinadi‖.
Yuqorida terminshunoslarning terminning asosiy vazifasi va xususiyati haqidagi, ya‘ni terminlarning nominativligi yoki definitivligi haqidagi fikrini keltirdik. Terminologik birikmalarning ko’p leksemaliligi, ya‘ni ular komponentlarining soni nechtagacha bo’lishi keyingi yillarda terminshunoslarning diqqat-e‘tiborini jalb etib kelmoqda. Haqiqatan ham, keyingi yillarda miqdoran ortib borayotgan ko’p komponentli birikma terminlar tushuncha mazmunini to’laroq ifodalashga xizmat qilsa-da, ularni amalda qo’llash va esda saqlab qolish ancha noqulaydir. Aslini olganda, bunday terminlar ikki, nari borsa uch, to’rt komponentdan iborat bo’lishi lozimki, natijada, birikma terminlarning komponentlari, tegishli belgilarni to’laroq aks ettirish maqsadida, aniqlovchilar, sifatdoshli o’ramlar qo’shish orqali hosil qilinishi lozim.
Ta‘kidlash joizki, terminlar masalasi bilan shug‗ullangan deyarli barcha olimlar mazkur tushunchaning ta‘rifini berishga urinib ko’rishgan. Ularning barchasigina emas, ayrimlarini, ham namuna tariqasida keltirib o’tish ko’plab sahifani egallagan bo’lardi. Shuning uchun, ularni jamuljam etgan holda ―termin‖ tushunchasiga quyidagicha ta‘rif berish mumkin.
Ushbu rivojlanish miya hajmi oʻsishiga mos kelgan boʻlishi mumkin; aksariyat tilshunoslar til tuzilishini tegishli muloqot va ijtimoiy vazifalarga xizmat qilish uchun evolutsiyalangan, deb qarashadi. Til odam miyasining turli, xususan Broca va Wernicke sohalarida ishlanadi. Odamlar tilni yosh bolalik paytidagi ijtimoiy oʻzaro munosabat orqali oʻzlashtiradilar va oʻrtacha uch yoshga kelib ravon gapira oladilar. Til ishlatish odam madaniyatiga chuqur singgan. Binobarin, til faqatgina muloqot vositasi boʻlib qolmay, balki individuallik, ijtimoiy stratifikatsiya, parvarish va ermak kabi ijtimoiy va madaniy rollarga ham ega.
Tillar vaqt oʻtishi bilan oʻzgaradi, ularning evolutsiyasini qadimgi tillar keyingi bosqichlar sodir boʻlishi uchun qanday belgilarga ega boʻlganini aniqlovchi va ularni zamonaviy tillarga taqqoslovchi tarixiy tilshunoslik oʻrganadi.
Til konkret nutq hodisalari (ayrim gaplar, hikoyalar, bir necha kishining suhbati va shu kabi), jumladan, ogʻzaki yoki mexanik usudda takrorlanadigan va yozuv orqali qayd etiladigan nutq hodisalarida mavjud boʻladi. Koʻplab nutq hodisalarining struktur xususiyatlarini taxlil qilish, qiyoslash va umumlashtirish muayyan tilda mavjud boʻlgan elementlar va ular oʻrtasidagi munosabatlar majmuini yaxlit murakkab belgi tizimi sifatida anglash va tavsiflash imkonini beradi. Hozirgi davrda turli millat, elat va qabilalarga tegishli 2500 dan 5000 tagacha (baʼzi manbalarda 3000—7000 oraligʻida) jonli til borligi maʼlum. Ularning har birida barcha tillar uchun umumiy boʻlgan baʼzi universal struktur xususiyatlar koʻzga tashlanadi.
Til mehnat va ijtimoiy ong bilan birgalikda bir-biriga oʻzaro bogʻliq boʻlgan, insonni hayvondan farqlovchi 3 ta eng muhim xossalardan birini tashkil etadi. Ushbu hossalar ichida mehnat muhim ahamiyatga ega boʻlib, u jamiyat mavjudligining moddiy asosi hisoblanadi. Bu o’rinda shuni qayd etish lozimki, muayyan kasb-hunar yoxud mutaxassislikka ega bo’lgan kishilar ko’pincha u yoki bu sohaning o’ziga xos spetsifik terminlari bilan ish ko’radi. Masalan, bo’lajak iqtisodchilarning yozma yoki og'zaki nutqida kartel, kliring, tovar oboroti, mayda mulkchilik, mablag' ajratish, renta kabi tor doiradagina qo’llaniladigan terminlar ishlatilishi tabiiy bir holdir. O’z-o’zidan ayonki, bu xildagi terminlar iqtisodiyotdan uzoqroq biror kasb egasining nutqida ishlatilmaydi.Ta‘kidlash lozimki, nafaqat iqtisodiyot balki fan-texnika, ishlab chiqarishning xilma-xil soha va terminlar majmui, ya‘ni yig'indisi terminologiya deb ataladi. Masalan, matematika terminologiyasi, tibbiyot terminologiyasi, iqtisodiyot terminologiyasi va boshqalar.
Xulosa qilib aytganda,tilning , dastlabki tilning paydo boʻlishi masalasi insoniyatni qadimgi zamonlardan beri qiziqtirib keladi. Qadimgi davrlardan boshlab tilning kelib chiqishi haqida koʻplab nazariyalar, taʼlimotlar paydo boʻldi. Lekin bu nazariya va taʼlimotlar tilning kelib chiqish masalasini hanuzgacha uzil-kesil hal qilib bera olgani yoʻq.
Do'stlaringiz bilan baham: |