Mushak ichiga in'ektsiya
Teri ostiga kiritilganda ba'zi dorilar og'riqni keltirib chiqaradi va kam so'riladi, bu infiltratlar paydo bo'lishiga olib keladi. Bunday dori-darmonlarni qo'llashda, shuningdek, ular tezroq ta'sir ko'rsatishni istagan hollarda, teri osti administratsiyasi mushak ichiga yuboriladi. Mushaklar qon va limfa tomirlarining keng tarmog'iga ega, bu esa dori vositalarining tez va to'liq so'rilishiga sharoit yaratadi. Mushak ichiga in'ektsiya olib boradi, bu preparat asta-sekin qonga singib ketadi va bu organizmda zarur konsentratsiyani saqlab turadi, bu ayniqsa antibiotiklar uchun juda muhimdir. Mushak ichiga in'ektsiya tananing ma'lum joylarida amalga oshirilishi kerak, bu erda mushak to'qimalarining sezilarli qatlami bor va katta tomirlar va asab tomirlari yaqinlashmaydi. Igna uzunligi teri osti yog 'qatlamining qalinligiga bog'liq, chunki zarurat tug'ilganda igna teri osti to'qimasidan o'tib, mushaklarning qalinligiga kiradi. Shunday qilib, haddan tashqari teri osti yog 'qatlami bilan igna uzunligi 60 mm, mo''tadil bilan - 40 mm. Mushak ichiga in'ektsiya qilish uchun eng mos joy - bu dumba, elka va sonlarning mushaklari.
Gluteal mintaqaga mushak ichiga yuborish uchunfaqat uning yuqori tashqi qismini ishlating. Shuni esda tutish kerakki, siyatik asabdagi igna bilan tasodifiy aloqa oyoq-qo'llarning qisman yoki to'liq falajlanishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, yaqinida suyak (sakrum) va katta tomirlar joylashgan. Miltillovchi mushaklari bo'lgan bemorlarda bu joy qiyinchilik bilan mahalliylashtiriladi.
Bemorni oshqozonga (oyoq barmoqlari ichkariga) yoki yon tomonga qo'ying (dam olish uchun oyoq kestirib va \u200b\u200btizzadan bukilgan)
gluteus mushaklari).
Dori vositalarning salbiy ta’siri
Keyingi vaqtda ilmiy adabiyot sahifalarida dori vositalarining zararli ta’sirlari haqida ko‘plab ma’lumotlar uchramoqda.
Tayyor dorilarni sanoat miqyosida ko’plab ishlab chiqarish, ularni nazoratsiz qo‘llanishi, xonadon "dorixonalari"ning boyib borishi va kattalar e’tiboridan chetda qolishi zaharlanishning asosiy sabablaridir. Dori vositalarini vrach maslahatisiz iste’mol qilish turli ko‘ngilsiz holatlarga olib kelayotganini alohida ta’kidlab o‘tish darkor.
Dori preparatlarining zararli ta’siri o‘tish davriga ko‘ra qisqa, o‘rta va uzoq muddatli bo‘ladi. Ular qisqa muddatli og‘riq, dermatitlar, shilliq qavat yallig‘lanishi yoki og‘ir karaxtlik (shok) ko‘rinishida bo‘lib, ba’zan esa a’zo va to‘qimalarda chuqur o‘zgarishlarga va hatto fojiaga sabab bo‘ladi. Ko‘pincha bu ko‘rinishlar dori vositalarini takror qo‘llash oqibatida ro‘y beradi. Organizm tomonidan sezuvchanlikning asta-sekin osha borishi va kutilmagan holatlarning yuzaga kelishi bunga sabab bo‘ladi. Dori vositalari ta’siri natijasida kuzatiladigan javob reaksiyasining sinonim atamalari ko‘p bo‘lib, ular zaharli, ikkilamchi, salbiy va nojo‘ya ta’sirlar, yatrogen kasalliklar, dorilar bilan muolaja qilish asoratlari deb yuritiladi.
Laboratoriya sharoitida kimyoviy sintez yo‘li bilan olingan dori vositalarining nojo‘ya ta’sirlari dorivor o‘simliklardan olingan fitopreparatlarning zararli ta’sirlariga qaraganda nisbatan ko‘proq uchrab turadi.
Ko‘pchilik dorivor o‘simliklarning nojo‘ya ta’sirlari aniqlanmagan. Hozirgi kunda 500 dan ortiq dori vositalari jigar, buyrak, qon yaratuvchi a’zolar faoliyatini pasaytirishi aniqlangan. Bularga sulfanilamid va ayrim antibiotiklar (tetratsiklin, streptomitsin) misol bo‘la oladi.
Dorilar salbiy ta’sirlarining turlari quyidagicha:
Mahalliy salbiy ta’sir - dori moddasining to‘qimalar (ayniqsa oshqozon-ichak shilliq pardasi) bilan munosabati, tufayli yuz beradi, natijada to‘qima zararlanib, yaralar, eroziyalar, yallig‘lanish kuzatiladi. Ushbu ta’sirni dori moddalarini suyultirib yoki qobiqqa (kapsulaga) o‘rab, ba’zan oqsil, sut, kraxmal shilimshig‘i bilan qo‘shib yoki ovqatdan keyin iste’mol qilish bilan bartaraf etiladi (xloralgidrat, butadion, rezerpin, atsetilsalitsil kislota va boshqalar).
Reflektor salbiy ta’sir - bu ta’sir tufayli a’zolar faoliyati susayishi yoki, aksincha, kuchayishi mumkin. Ushbu ta’sir ba’zan ijobiy tusda bo‘ladi. Masalan, novshadil hidlanganda susaygan nafasning jonlanishi (ijobiy), narkoz moddalari hidlanganda bronxlar qisqarib nafas to‘xtashi (salbiy).
Zaharli ta’sir umumiy bo‘lishi mumkin. Ushbu ta’sir katta dozalarni iste’mol qilish tufayli ro‘y beradi, ba’zan o‘z joniga suiqasd qilish oqibatida namoyon bo‘ladi. Xinin katta dozada eshitish qobiliyatini qaytmas ravishda pasaytiradi; antibiotiklardan monomitsin va streptomitsin ichki quloqda yuqori miqdorda to‘planib, eshitish qobiliyatini qaytmas tarzda pasaytiradi; sulfanilamidlar buyrakda tosh hosil qilishi, yurak glikozidlaridan digitoksin kumulatsiya qilib, yurak faoliyatini izdan chiqaradi.
Disbakterioz - ichak mikroorganizmlari tabiiy tarkibining buzilishi. Foydali (saprofit) floraning halok bo‘lib, zararli (patogen) bakteriyalar rivojining avj olishidir. Bu xosizlanib qolgan va toliqqan bemorlarda, surunkali kasalliklardan so‘ng, ba’zan kortikosteroidlar, keng spektrli antibakterial preparatlarni qabul qilish oqibatida ro‘y berishi mumkin.
Kandidomikoz - muolaja davomida keng spektrli antibiotiklarni (tetratsiklin, levomitsetin) qo‘llash oqibatida, me’da-ichak shilliq qavatida kandida turiga xos bo‘lgan zamburug‘lar koloniyasining rivojlanishi avj oladi. Bunda maxsus antibiotiklar (nistatin, levorin) qo‘llash tavsiya etiladi.
Teratogen ta’sir (teratos - qabohat, ruscha – urod – mayib - majruh) - homiladorlik davrida ayrim dori vositalarini iste’mol qilish teratogen ta’sirga sabab bo‘lishi mumkin.
1961 yilda homilador ayollarning uyqusizlik oqibatida tinchlantiruvchi dori sifatida talidomid preparatini iste’mol qilishlari oqibatida homilaning turli jismoniy nuqsonlar bilan tug‘ilishi aniqlangan (qo‘l- oyoqlarning kalta bo‘lishi, hazm yo‘llaridagi kamchiliklar va h.k.). Shu davrdan boshlab, dori vositalarining teratogen ta’siriga alohida e’tibor berib, maxsus tekshirishlar o‘tkaziladi.
Dori vositalarining teratogen ta’siriga ayniqsa markaziy nerv sistemasi o‘ta sezgirdir. Aqliy zaiflik, xotiraning past bo‘lishi, DNK va RNK faoliyatining buzilishi, neyronlararo munosabatlarning sustligi shu ta’sir tufayli yuz beradi.
Ushbu ta’sirning oldini olish uchun homilador ayollarga birinchi 3 oy davomida dorilar tavsiya etilmaydi. Homiladorlikning ikkinchi yarmida dorilar qo‘llash qabohat keltirib chiqarmasa ham ayrim a’zolar faoliyatini buzishi mumkin. Shuning uchun homilador ayollarga zarurat tug‘ilganda dorilarni kichik dozalarda va qisqa muddatga tavsiya etiladi. Teratogen ta’sir nasldan - naslga o‘tmaydi.
Dorilar allergiyasi - organizmga dori preparati kiritilganda yuz beradigan javob - nojo‘ya reaksiyadir. Dori moddasi chala antigen bo‘lib, tanada oqsillar bilan birikib to‘liq antigenga aylanadi. Unga qarshi 7-12 kundan so‘ng limfotsitlar antitana ishlab chiqaradi, so‘ngra kuchli allergik reaksiya sodir bo‘lishi mumkin. Ushbu reaksiya davomida tanada Erlix va boshqa hujayralardan biologik aktiv moddalar (gistamin, serotonin, bradikinin, prostaglandinlar) ko‘plab ishlab chiqariladi. Tezda xosil bo‘ladigan allergik reaksiya sensibilizatsiya natijasi deb qaraladi. Masalan, jonivorlar zahariga qarshi yuz beradigan reaksiyalar shular jumlasidandir. Kechikib hosil bo‘ladigan reaksiyalarga, transplantatsiya tufayli (a’zolarni bir odamdan ikkinchi odamga ko‘chirib o‘tkazish) yuz beradigan o‘zgarishlar kiradi.
Dori vositalari keltirib chiqargan allergiya ayrim hollarda sekin-asta boshlanib, uzoq muddat davom etadi. Tanaga dori preparati kiritish to‘xtatilgandan keyin ham ma’lum vaqt davom etishi mumkin. Masalan: sil va ekzema kasalliklariga davo qilish uchun qo‘llaniladigan vositalar surunkali dermatitlarga (eshakem, toshmalar toshishi) sabab bo‘lishi mumkin.
Ushbu nojo‘ya ta’sirlarning oldini olish maqsadida doriga shaxsiy (individual) sezgirlik tekshiriladi: tabletkaning 1:10 yoki 1:5 qismi til ostiga quyiladi, 15 daqiqa kuzatiladi. Nojo‘ya javob reaksiyasi sodir bo‘lsa, dori ishlatish to‘xtatiladi. Qon tomirlari orqali kiritiladigan dorilar bilan tananing muvofiqligini tekshirish uchun avval 0,1-0,2 ml eritma kiritib, bemorning umumiy ahvoli kuzatiladi, so‘ngra eritmaning qolgan qismi yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |