1. Temir davrida yangi madaniyat turlarining shakllanishi


Me’morchilik va tasviriy san’at yuksalishi



Download 61,33 Kb.
bet11/12
Sana04.02.2022
Hajmi61,33 Kb.
#431399
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Temuriylar davrida madaniy hayot

4.Me’morchilik va tasviriy san’at yuksalishi.
Biz ko’zdan kechirayotgan asrlarda Sharqda ilm-fan va madaniyatning yuksak darajada ravnaq topganligi ayni chog’da boshqa sohalarda, xususan me’morchilik hamda tasviriy san’atda ham o’z ifodasini topdi. Bunda ko’p jihatdan bu davrda o’lka hududlarida hukm surgan tinchlik, osoyishtalikning sharofati ham katta bo’ldi. Shu davrda mahalliy hukmdorlarning sa’y-harakatlari tufayli shaharlarda noyob tarixiy obidalar, hashamatli binolar, ilmiy-madaniy maskanlar, kutubxonalar, masjidu-madrasalar qad ko’tardi. Ayniqsa xalq ichidan chiqqan mahalliy ustalar, naqqoshlar, kulollar, zargarlar tomonidan yurt dovrug’ini olamga tanitgan, ajoyib me’morchilik obidalari, tasviriy san’at namunalari yaratildi. Bu davr shaharsozligida xom g’ishtlar va paxsalardan keng foydalanilgan. Ularni shinamligi va ko’rinishini yanada ko’rkamlashtirishda ohakli qorishmalar ishlatilib, gajakdor qilib ishlov berilgan. qurilgan ayrim masjidlarning mehroblari esa silliqlangan g’ishtlar, o’yma ganchlar va hatto tillo suvlari bilan ham bezatilgan. Har bir shahar markazlarida kitob do’konlari, madaniy mollar bo’lishiga alohida e’tibor berilgan.
O’rta Osiyo Uyg’onish davrining yirik me’moriy obidalari sirasiga Buxorodagi Ismoil Somoniy maqbarasi (Х asr), Samarqand yaqinidagi Тim qishlog’idagi Arab ota maqbarasi (977-978), Uzun (Surxondaryo) tumanidagi Хo’ja Naxshron maqbarasi (IХ-Х asr), Namozgoh, Marvdagi Sulton Sanjar (ХI asr), O’zgandagi qoraxoniylar maqbarasi, G’azna yaqinidagi marmar qotishmalardan tiklangan g’aznaviylar yozgi saroyi, Buxorodagi Minorai Kalon (1127), Vobkent minorasi (1192), Jarqo’rg’on minoralari va boshqa ko’rkam me’morchilik inshoatlarini nisbat berish mumkin. Bu davrda me’moriy binolardan tashqari yo’nilgan g’isht va suvga chidamli qurilish qorishmalaridan turli-xil o’lchamli, g’oyat puxta ishlangan inshootlar, suv omborlari - bandlar, novlar, ko’priklar, sardobalar va korizlar qurilgan.

Х asrdan boshlab binokorlikda sinchli imoratlar qurilishi keng tarqalgan. Yakkasinch va qo’shsinchli binolar asosan yog’ochlarni payvandlash uslubida qurilib, sinchlarning orasi xom g’isht yoki guvalalar bilan urib chiqilib, somon loylar yoki qumli loylar bilan suvalgan. Bunday qurilma imoratlar ХII asrda ham shahar me’morchiligida asosiy o’rinni egallagan hamda zilzila silkinishlariga o’ta chidamli bo’lgan. Ajdodlarimizning Uyg’onish davri me’morchiligi sohasidagi bunyodkorliklari bugunga qadar ham saqlanib qolingan. Ushbu tarixiy ma’lumotlarni olimlarimiz Afrosyob, Varaxsha, Buxoro, Poykand va boshqa shaharlar xarobalari misolida ham tadqiq etadilar.
Sharqiy o’lkalarda IХ-ХII asrlarda me’morchilik bilan birga tasviriy san’at, naqqoshlik, sopol ishlash va ganch san’ati ham ancha rivoj topib borgan. Imoratlarni o’ymakor ustun va to’sinlar bilan, devorlarni esa bo’yoqli yoki ganchkorlik naqshlari bilan bezash keng tarqalgan. Bunga misol qilib, Zarafshonning yuqori oqimidagi Oburdom degan manzilda Х asrda barpo etilgan naqshinkor bino namunasini ko’rsatish mumkin. Inshootda o’ziga xos yangilik, go’zallik, ya’ni mahalliy an’ana, badiiy shakl ko’zga yaqqol tashlanadi. Shuningdek, ХІ-ХІІ asrlarga tegishli Samarqand bilan Buxoro oralig’ida bunyod etilgan Raboti Malik karvonsaroyi peshtoqiga ishlangan ganch o’ymakorligi ham tahsinga loyiqdir. Naqqoshlik san’atining taraqqiyoti o’z navbatida kulolchilik, misgarlik va zargarlikning rivojlanishiga ham turtki bo’ldi. Samarqand, Buxoro, Тoshkent va boshqa shaharlar ushbu sohalarda rivoj topgan markazga aylandi. Bu davrda ishlangan sopol buyumlar nihoyatda chidamli bo’lib, shahar va qishloq aholisining kundalik hayotiga kirib borgan, shuningdek, bu mahsulotlar chet mamlakatlariga ham chiqarilgan. Kulolchilik mahsulotlarini tayyorlash jarayoni esa butun boshli ishlab chiqarish jarayonlarini o’ziga qamrab olgan. Shu bilan birga bu davrda kumush, mis, bronzadan naqshinkor badiiy san’at buyumlari, chiroyli va bejirim idish-tovoqlar, qadahlar yasash ham rasm bo’lgan va ularning ko’rinishlari san’atkarona tarzda ustamonlik bilan bezatilgan. Bu sohada Samarqand, Farg’ona, Тoshkent, Хorazm, Naxshob, Kesh shaharlarining o’ziga xos maxsus maktablari faoliyat ko’rsatgan. Bunday jarayonlarning rivojlanishi xattotlik san’atining ham keng yoyilishiga bois bo’ldi. Hali kitob bosish kashf etilmaganligi, qo’lyozma kitoblardan nusxalar hattotlar tomonidan qo’lda ko’chirilishi sabab xattotlik san’ati ancha rivoj topdi. Usta xattotlar va husnixat egalari o’z san’atlarini kitoblar bezash, masjid, madrasa xonaqolarning peshtoqlari, gumbazlari, eshiklari va devor ustunlariga har xil oyatlar yozish, saroylarda xonlar, amirlar, sultonlar va hokimlar sha’niga madhiyalar bitish kabi ishlarda namoyon etganlar, ularning mehnatlari esa juda qadrlangan.

Shu narsa diqqatga sazovorki, Uyg’onish davriga xos me’morchilik va unda ishlangan me’moriy naqsh uslublari o’z navbatida ajdodlarimizning hayotda ijodkor va bunyodkor bo’lganligini to’la tasdiq etadi. Ularning yaratgan noyob ishlari san’at asarining durdonalari sifatida hozirga qadar ham ajdodu avlodlar e’zozu hurmatiga sazovor bo’lib kelmoqda. Biz avlodlar o’tmishda Vatanimiz hududida shunday qo’li gul, yuksak yaratuvchilik salohiyatiga ega bo’lgan, xalqimiz va madaniyatimizni dunyoga tanitgan bunday ulug’ ajdodlarimiz bilan xaqli ravishda faxrlana olamiz.


Download 61,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish