1. Tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar / Umumiy masalalar]



Download 138,55 Kb.
bet1/4
Sana31.12.2021
Hajmi138,55 Kb.
#219461
  1   2   3   4
Bog'liq
PQ-4756 22.06.2020




[OKOZ:

1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.01.00 Umumiy masalalar;

2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.08.00.00 Xalqaro tashkilotlar va ittifoqlar / 19.08.11.00 O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlarini tashkil etish]

[TSZ:

1.Tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar / Umumiy masalalar]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

Qarori

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan va xalqaro tashkilotlarga a’zolikdan kelib chiqadigan majburiyatlarini bajarish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

[Ko‘chirma]

Xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlarga a’zolik bo‘yicha majburiyatlardan kelib chiqadigan badallarni to‘lash mexanizmini soddalashtirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarini bajarishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari mas’uliyatini oshirish maqsadida:



1. Quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va xalqaro tashkilotlarga a’zolik bo‘yicha majburiyatlarini bajarishga mas’ul davlat organlari va boshqa tashkilotlar ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va xalqaro tashkilotlarga a’zolik bo‘yicha majburiyatlaridan kelib chiqadigan badallarni to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Mazkur qarorning 1-ilovasida ko‘rsatilgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish hamda xalqaro shartnomalar doirasidagi, shu jumladan, badallarni to‘lash bo‘yicha majburiyatlar bajarilishini ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlari etib belgilansin (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organlar).

3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:

vakolatli organlar O‘zbekiston Respublikasining kelgusida tegishli xalqaro tashkilotda ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi hamda a’zolikdan olinadigan iqtisodiy va boshqa foydalar bo‘yicha doimiy tahlil olib boradi;

O‘zbekiston Respublikasining tegishli xalqaro tashkilot faoliyatida ishtirok etishi maqsadga muvofiq bo‘lmagan taqdirda, vakolatli organlar Vazirlar Mahkamasiga kelgusi xatti-harakatlar bo‘yicha asosli takliflar bilan xulosa kiritadi;

2021-yildan boshlab xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlarga a’zolik bo‘yicha majburiyatlardan kelib chiqadigan badallar va ular bo‘yicha qarzdorliklar bevosita vakolatli organlar tomonidan mazkur qaror bilan belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, budjetdan tashqari jamg‘armalar va o‘z mablag‘lari hisobidan to‘lanadi;

Tashqi ishlar vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi va vakolatli organlar bilan birgalikda har yil yakuni bo‘yicha xalqaro shartnomalar doirasida va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar va ularning natijadorligi, tashkilotda qatnashishning maqsadga muvofiqligi va a’zolikdan olinadigan iqtisodiy va boshqa foyda, amalda to‘langan a’zolik badallari to‘g‘risida ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasiga kiritib boradi.

4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda har bir xalqaro shartnoma va xalqaro tashkilotda O‘zbekiston Respublikasi ishtiroki doirasida 2020-2021-yillarda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejalarini tasdiqlasin va ijrosini ta’minlasin.

5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

Tashqi ishlar vazirligi hamda vakolatli organlar bilan birgalikda ikki oy muddatda xalqaro shartnomalar va tashkilotlarga a’zolik badallari to‘lovi bo‘yicha majburiyatlarni xatlovdan o‘tkazsin va natijasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ma’lumot kiritsin;

xalqaro shartnomalar va tashkilotlarga a’zolik bo‘yicha majburiyatlardan kelib chiqadigan badallar hisobini yuritish jarayoniga axborot texnologiyalarini tatbiq etgan holda, mazkur majburiyatlar bajarilishini doimiy kuzatib boruvchi tizimni joriy qilsin.

7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bir oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

8. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.X. Kamilov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2020-yil 22-iyun,

PQ-4756-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PQ-4756-son qaroriga


1-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlarga a’zolik bo‘yicha majburiyatlarni bajarishga mas’ul davlat organlari va boshqa tashkilotlar

RO‘YXATI

Oldingi tahrirga qarang.




Download 138,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish