1. Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]



Download 188,68 Kb.
bet2/3
Sana14.06.2022
Hajmi188,68 Kb.
#667455
1   2   3
Bog'liq
2606 05.08.2014

norezidentlar — rezidentlar jumlasiga kirmaydigan shaxslar;
chet el valyutasi — muomalada bo‘lgan hamda xorijiy davlatda qonuniy to‘lov vositasi hisoblangan banknotlar, xazina biletlari va tangalar ko‘rinishidagi chet el pul belgilari.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Deklaratsiya:
jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni olib kirishning bojxona to‘lovlari undirilmaydigan cheklangan me’yorlaridan oshadigan tovarlarga;
jismoniy shaxsning yashash joyi o‘zgarganda (avvalgi yashash joyidan hisobdan chiqarilganligi to‘g‘risida qayd mavjud bo‘lgan holda) uning shaxsiy mol-mulki bo‘lgan tovarlarga, bundan avtotransport vositalari mustasno;
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 158 va 160-moddalarida ko‘rsatilgan hollarda, jismoniy shaxslarning notijorat maqsadlardagi transport vositalariga;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlariga muvofiq yozma deklaratsiyalanishi lozim bo‘lgan naqd ko‘rinishdagi O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi va valyuta boyliklariga;
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 15-apreldagi 01-02/12-25-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2606-6, 10.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2021-y., 10/21/2606-6/0447-son)
jismoniy shaxslar tomonidan respublika hududidan tovarlarni olib chiqishning cheklangan me’yoridan oshadigan tovarlarga;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlariga muvofiq tegishli taqiqlar va (yoki) cheklovlar belgilangan tovarlarga to‘ldiriladi.
(2-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 15-apreldagi 01-02/12-25-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2606-6, 10.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2021-y., 10/21/2606-6/0447-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq yozma deklaratsiyalanishi lozim bo‘lgan jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilayotgan va olib chiqib ketilayotgan O‘zbekiston Respublikasining naqd valyutasi va (yoki) naqd chet el valyutasi Deklaratsiyaning ajralmas qismi hisoblanadigan ilovasini to‘ldirish va bojxona organi xodimiga taqdim etish yo‘li bilan bojxona nazoratidan o‘tkaziladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 15-apreldagi 01-02/12-25-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2606-6, 10.05.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2021-y., 10/21/2606-6/0447-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Deklaratsiya 16 yoshga to‘lgan shaxslar tomonidan mazkur Yo‘riqnomaning 2-bandida ko‘rsatilgan hollarda O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasidagi o‘tkazish punktlari orqali O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasini kesib o‘tganda to‘ldiriladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018-yil 5-yanvardagi 01-02/12-1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2606-3, 17.01.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 10/18/2606-3/0584-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bojxona chegarasi orqali harakatlanayotgan shaxs o‘zi erkin ravishda Deklaratsiyani to‘ldira olmasa (ruhiy holati buzilgan, aqli zaif, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxs va boshqalar), Deklaratsiya uning nomidan ushbu shaxsni kuzatuvchi shaxs tomonidan to‘ldiriladi. Bunda Deklaratsiyada ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun Deklaratsiyani to‘ldirgan va imzolagan shaxs javobgar bo‘ladi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 10-oktabrdagi 01-02/12-58-son qarori (ro‘yxat raqami 2606-5, 24.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2019-y., 10/19/2606-5/3954-son)
Oldingi tahrirga qarang.
31. Deklaratsiya bojxona organlarida rasmiylashtirilgan yildan keyingi yildan e’tiboran uch yil davomida saqlanadi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 16-sentabrdagi 01-02/12-59-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2606-2, 10.10.2016-y.) tahririda —O‘R QHT, 2016-y., 41-son, 476-modda)
2-bob. Deklaratsiyani to‘ldirish
Oldingi tahrirga qarang.
4. Deklaratsiya mazkur Yo‘riqnomaning ilovasiga muvofiq shaklda ikki nusxada to‘ldiriladi. Deklaratsiyaning bir nusxasi bojxona organida qoladi, ikkinchi nusxasi esa Deklaratsiyani to‘ldirgan shaxsga beriladi. Ushbu Deklaratsiyada ko‘rsatilgan ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi, naqd chet el valyutasi, boshqa valyuta boyliklari, har qanday ko‘rinishdagi va holatdagi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar (bundan buyon matnda qimmatbaho buyumlar deb yuritiladi), tovarlar hamda transport vositasini olib kirish yoki olib chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
(4-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 16-sentabrdagi 01-02/12-59-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2606-2, 10.10.2016-y.) tahririda —O‘R QHT, 2016-y., 41-son, 476-modda)
Deklaratsiya rezidentlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga kirishda va norezidentlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasidan chiqishda bir nusxada to‘ldirilishi mumkin. Bunda mazkur Deklaratsiya bojxona organida qoladi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Deklaratsiya blanklari o‘zbek, rus va ingliz tillarida A-5 formatida tayyorlanadi. Shaxs o‘zi istagan tildagi Deklaratsiya blankini to‘ldirishi mumkin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2015-yil 22-yanvardagi 01-02/12-04-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2606-1, 26.01.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 4-son, 45-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Yo‘lovchilar O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining rasmiy veb-sayti (www.bojxona.uz) orqali Deklaratsiyani chop etib qo‘lda to‘ldirilgan holda yoki elektron shaklda to‘ldirib chop etgan holda, o‘z imzolari bilan tasdiqlab bojxona organlariga taqdim etishi mumkin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 15-apreldagi 01-02/12-25-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2606-6, 10.05.2021-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2021-y., 10/21/2606-6/0447-son)
6. Deklaratsiyada barcha bandlar to‘ldirilishi va barcha savollarga javob berilishi kerak.
Tegishli bandlardagi ma’lumotlar o‘zbek (kirill yoki lotin alifbosida), rus yoki ingliz tillarida qat’iy belgilangan joylarga ruchka bilan qo‘lda aniq va tushunarli yoki yozuv moslamasi yordamida yoziladi.
Tegishli savollardagi kerakli katakchalarga “X” belgisini chizish yo‘li bilan javob beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Deklaratsiya quyidagi tarzda to‘ldiriladi:
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018-yil 5-yanvardagi 01-02/12-1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2606-3, 17.01.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 10/18/2606-3/0584-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1-bandda shaxs to‘g‘risida ma’lumotlar (familiyasi, ismi, tug‘ilgan sanasi, jinsi, pasportining seriyasi va raqami), doimiy yashash mamlakati, fuqaroligi, birga harakatlanayotgan 16 yoshga to‘lmagan shaxslar mavjudligi va ularning soni ko‘rsatiladi;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2015-yil 22-yanvardagi 01-02/12-04-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2606-1, 26.01.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 4-son, 45-modda)
2-bandda harakat turi (kirish, chiqish) hamda qaysi mamlakatdan kelganligi, qaysi mamlakatga borayotganligi ko‘rsatiladi;
3-bandda safar maqsadi ko‘rsatiladi (xizmat, o‘qish, ish, sayohat, qarindoshlarni yo‘qlash, davolanish, doimiy yashash joyi, tijorat);
4-bandda bagaj mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlar ko‘rsatiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
5-bandda qonunchilik hujjatlariga muvofiq yozma deklaratsiyalanishi lozim bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi, naqd chet el valyutasi, boshqa valyuta boyliklari hamda qimmatbaho buyumlarning mavjudligi va miqdori ko‘rsatiladi;
(7-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 15-apreldagi 01-02/12-25-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2606-6, 10.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2021-y., 10/21/2606-6/0447-son)
6-bandda tovarlar va transport vositasi to‘g‘risida ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
71. Deklaratsiya ilovasi quyidagi tarzda to‘ldiriladi:
1-bandda shaxs to‘g‘risida ma’lumotlar (familiyasi, ismi, tug‘ilgan sanasi, pasportining seriyasi va raqami) hamda tranzit o‘tish mamlakatlari nomi ko‘rsatiladi;
2-band bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan O‘zbekiston Respublikasining naqd valyutasi va (yoki) naqd chet el valyutasi deklaratsiyalovchi shaxsga tegishli bo‘lmagan hollarda quyidagi tartibda to‘ldiriladi:
a) O‘zbekiston Respublikasining naqd valyutasi va (yoki) naqd chet el valyutasi egasi haqida ma’lumotlar (jismoniy shaxsning familiyasi, ismi);
b) jismoniy shaxsning to‘liq manzili (davlat nomi, ma’muriy-hududiy birligi (hudud, viloyat, tuman va x.k.), aholi yashash punkti va ko‘cha nomi, uy va xonadon raqami);
v) bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan O‘zbekiston Respublikasining naqd valyutasi va (yoki) naqd chet el valyutasi summasi, nominal qiymati yoki chet el valyutasidagi ekvivalent summasi, valyuta nomi va miqdori;
3-bandda tegishli kataklarga “X” belgisini qo‘yish yo‘li bilan to‘ldiriladi va (yoki) “Boshqalar” qismida O‘zbekiston Respublikasining naqd valyutasi va (yoki) naqd chet el valyutasi boshqa kelib chiqish manbasi ko‘rsatiladi;
4-bandda tegishli kataklarga ”X” belgisini qo‘yish yo‘li bilan to‘ldiriladi va (yoki) “Boshqalar” qismida O‘zbekiston Respublikasining naqd valyutasi va (yoki) naqd chet el valyutasining qaysi maqsadlarda foydalanilishi ko‘rsatiladi.
(71-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 15-apreldagi 01-02/12-25-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2606-6, 10.05.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2021-y., 10/21/2606-6/0447-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. 16 yoshga to‘lmagan shaxslarga tegishli bo‘lgan va yozma deklaratsiyalanishi lozim bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi, naqd chet el valyutalari, boshqa valyuta boyliklari, qimmatbaho buyumlar, tovarlar va transport vositasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ular bilan birga harakatlanayotgan ota-onalari, boshqa qarindoshlari yoki ularni kuzatib boruvchi boshqa shaxslarning Deklaratsiyalarida ko‘rsatiladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018-yil 5-yanvardagi 01-02/12-1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2606-3, 17.01.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 10/18/2606-3/0584-son)
9. Deklaratsiyaning 6-bandida ko‘rsatilgan tovarlarni tavsiflash imkon qadar ularning nomi, farqlash xususiyatlari, miqdori hamda ularning AQSh dollaridagi qiymatlarini ko‘rsatgan holda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq yozma deklaratsiyalanishi lozim bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi, naqd chet el valyutasi, boshqa valyuta boyliklari, qimmatbaho buyumlar, shuningdek tovarlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Deklaratsiyaning 5 va 6-bandlaridagi satrlarga sig‘magan taqdirda, mazkur ma’lumotlar qo‘shimcha Deklaratsiyaning 5 va 6-bandlarida ko‘rsatiladi va u asosiy Deklaratsiyaga ilova qilinadi. Bunda qo‘shimcha Deklaratsiyaning 1 — 4-bandlari to‘ldirilmaydi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 15-apreldagi 01-02/12-25-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2606-6, 10.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2021-y., 10/21/2606-6/0447-son)
11. Deklaratsiyaning 6-bandidagi O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali harakatlanayotgan transport vositasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar transport vositasini boshqarayotgan shaxs tomonidan avtotransport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma asosida to‘ldiriladi.
12. Deklaratsiya O‘zbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi, naqd chet el valyutasi, boshqa valyuta boyliklari, qimmatbaho buyumlar, tovarlar hamda transport vositasini bojxona nazoratiga taqdim etishga qadar uni to‘ldirgan shaxs tomonidan imzolanishi kerak.
3-bob. Bojxona organi xodimi tomonidan Deklaratsiyani rasmiylashtirish
13. Bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish uchun Deklaratsiya bojxona organi xodimi tomonidan unda ko‘rsatilgan O‘zbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi, naqd chet el valyutasi, boshqa valyuta boyliklari, qimmatbaho buyumlar, tovarlar hamda transport vositasini bojxona nazoratiga taqdim etish bilan bir vaqtda qabul qilinadi.
14. Deklaratsiyada bo‘yab tuzatishlar va o‘chirib yozishlar bo‘lmasligi lozim. Noto‘g‘ri to‘ldirilgan bandlar aniqlangan taqdirda, Deklaratsiyani bojxona nazoratidan o‘tkazgunga qadar shaxs ushbu bandlardagi xato ma’lumotlarni to‘g‘ri chiziq bilan o‘chirib, tegishli ma’lumotlarni qo‘lda yozib to‘g‘rilashi mumkin.
Har qanday bunday to‘g‘rilash Deklaratsiyani to‘ldirgan shaxsning imzosi hamda bojxona organi xodimining shaxsiy muhri bilan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Deklaratsiyaning 5 va 6-bandlaridagi (tovarlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar qismi) hamda ilovasining 2-bandidagi yozuvlar bojxona organi xodimi tomonidan biror-bir o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishini oldini olish maqsadida uzluksiz chiziq bilan doiraga olinadi hamda yozuv uchun nazarda tutilgan barcha bo‘sh joylar esa chizib qo‘yiladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 15-apreldagi 01-02/12-25-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2606-6, 10.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2021-y., 10/21/2606-6/0447-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Deklaratsiyani bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish bojxona organi xodimi tomonidan Deklaratsiyaning orqa tomoniga va ilovasiga shaxsiy muhrini qo‘yish bilan amalga oshiriladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 15-apreldagi 01-02/12-25-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2606-6, 10.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2021-y., 10/21/2606-6/0447-son)
4-bob. Yakuniy qoidalar
17. Deklaratsiya yo‘qotilgan taqdirda tiklanmaydi.
Deklaratsiya yo‘qotilgan taqdirda shaxs Deklaratsiyani bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazgan bojxona organiga murojaat qilganda, Deklaratsiya nusxasini va unda ko‘rsatilgan O‘zbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi, naqd chet el valyutasi, boshqa valyuta boyliklari, qimmatbaho buyumlar hamda tovarlarni olib o‘tilganligini tasdiqlovchi ma’lumotni olish huquqiga ega bo‘ladi.
18. Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi bilan kelishilgan.
Davlat statistika qo‘mitasi raisi B. TURAYEV
2014-yil 4-iyul
Oldingi tahrirga qarang.
Yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish va rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga
ILOVA


(old tomoni)



Download 188,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish