Mashгulotning maqsadi. didaktik o’yinli texnologiyadan foydalanish orqali ”Organizmlarning moslashishi va ularning nisbiyligi” mavzusining texnologik xaritasini tuzishni o’rgatish.
Mashгulot natijalari.
1. “ Ijodiy o’yin ” metodi xaqida tushunchalarga ega bo’ladi.
2. Texnologik bosqichlarni tuzishni o’rganadilar.
3. Darslarda “ Ijodiy o’yin ” metodini qo’llay oladi.
Kerakli materiallar. Kodoskop, matn, lineyka.
Mashгulotning borishi. Ta’lim jarayonida didaktik o’yili texnologiyalar didaktik o’yinli dars shaklida qo’llaniladi. Ushbu darslarda o’quvchilarning bilim olish jarayonini o’yin faoliyati bilan uyгunlashtariladi. Shu sababli, o’quvchilarning bilim olish faoliyati, o’yin faoliyati bilan uyгunlashgan darslar didaktik o’yinli darslar deb ataladi.
Dars mavzusi: Organizmlarning moslashishi va ularning nisbiyligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |