2-amaliy ish
Maktab biologiya fanlari bo’yicha tavsiya qilingan darslik, o’quv-uslubiy qo’llanmalarini ko’rib chiqish va taxlil etish.
1. Maktab darsligi haqida umumiy tushuncha. Maktab biologiya kursini o’qitishda qo’llaniladigan vositalar orasida darslik alohida o’rin tutadi. Darslik o’quvchilarning mustaqil bilim olishini asosiy manbai hisoblanadi. Har bir darslik o’quv qo’llanmadan farqli ravishda o’quv dasturi asosida yoziladi. O’qitishning maqsadi va vazifalariga, o’quvchilarning yosh xususiyatlariga, tayyorgarlik darajasiga qarab darslik xajmi va bilimlar sistemasi belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |