Paydo bo'lgan yili
|
1964
|
1982
|
1986
|
1987
|
1990
|
1994
|
1995
|
1997
|
|
|
TTXMK (ITU) bayonnomasi kodi
|
V.21
|
V.22
|
V.22 bis
|
V.32
|
V.32 bis
|
V.34
|
V.34 bis
|
x2 va K56 Flex texnal- ogiyalari
|
|
|
Maksiumal uzatish tezligi, bit/s bel/s
|
300
47
|
1200
141
|
2400
282
|
9600
1129
|
14400
1694
|
28800
338
|
33600
3952
|
56000
6437
|
|
|
Modulyatsiya turi
|
FSK
|
PSK
|
QAM
|
QAM
|
QAM
|
QAM
|
QAM
|
QAM
|
|
V.22 dan boshlab, uzatish bayonnomalarida ma'lumotlarni kodlashning murakkab usullari ishlatiladi, ularda har bir vaqt oralig'ida ma'lumotlar еlementi, modulyatsiya qilinayotgan signal parametrining ikkita еmas, balki katta sondagi qiymatlari bilan tasvirlangan. Bu ma'lumotlarni uzatish tezligini keskin oshirishga imkon berdi, lekin xabarlarning halaqitlardan himoyalanganligini yomonlashtirdi.
Garchi demodulyatsiyada bajariladigan signalni filtirlashda halaqitlardan himoyalanganlik ortsada, lekin bu aloqa kanalidagi halaqit va shovqinlardan kelib chiquvchi ma'lumotlarni uzatish xatoliklarini samarali to'g'rilash uchun yetarli bo'lmadi. Shuning uchun o'tgan asr 80-yillarining o'rtalarida, ko'plab zamonaviy modemlarda ishlatilayotgan yanada ta'sirchanroq MNP turidagi xatoliklardan himoya qilish bayonnomalari taklif еtildi. Bu bayonnomalar xatoliklarni payqaydigan va to'g'rilaydigan korrektlovchi kodlarni ishlatishga asoslangan, shuning uchun modemlar birmuncha murakkablashdi.
Shu bayonnomalar bilan, ma'lumotlarni uzatish tezligini sezilarli oshirishga imkon beruvchi ma'lumotlarni siqish funksiyasini tatbiq qilish bilan bog'langan modemlarni mukammallashtirish ko'zda tutilgan. Ma'lumotlarni siqish principi ma'lumotlar oqimini taxlil qilish, uzatilayotgan blokdagi tez-tez uchrab turadigan belgilarni kam uchraydigan belgilarni kodlash uchun ishlatiladigan kodlarga nisbatan kichik uzunlikdagi ikkilik kodlari bilan almashtirish hamda takrorlanayotgan belgilar ketma-ketligini aniqlash va ularning o'rniga qisqa blok-tavsifchilarni uzatishga asoslangan.
NMP1—NMP10 tipidagi bayonnomalar keyingi yillarda LAMP (Link Ac-cess Procedure for Modem) V.42, V.42 bis bayonnomalari tomonidan siqib chiqarilmoqda, ular xatoliklarni to`g'rilashni va ma'lumotlarni siqishni yanada samaraliroq bajarishni ta'minlaydi.
Ma'lumotlarni uzatish standartlari jadvalida keltirilganlaridan еng samaralisi V.34 ( V.34 bis) standartidir, u o'zidan oldingilaridan farqli o'laroq, aloqa kanalini testlashni bajaradi, bu uning uchun modemlarning optimal ishlash rejimini aniqlash imkonini beradi (tashuvchi chastota, o'tkazish polosasi, uzatish tezligi, uzatilayotgan signal darajasi). Shu standartga mos ravishda boshlang'ich ulanish minimal 300 bits tezlikda amalga oshiriladi — bunday aloqa hattoki еng past sifatli liniyalarda ham mumkindir. Keyinchalik, aloqa kanalining ikkala uchida modemlarni identifikatsiya qilish amalga oshiriladi, xatoliklarni to'g'rilash va ma'lumotlarni siqish bayonnomalarini ta'minlash imkoniyati, ishlatilayotgan modulyatsiya tipi aniqlanadi va ma'lumotlarni uzatishning samarali tezligi tanlanadi.
Fayllarni uzatish uchun o'zlarining bayonnomalari o'rnatilgan, ular bunga qo'shimcha ravishda ma'lumotlarni bloklarga ajratish, xatoliklarni avtomatik payqash va to'g'rilaydigan kodlarni ishlatish, noto'g'ri qabul qilingan bloklarni qaytadan jo'natish, uzatishni uzilishdan keyin tiklash va b. jarayonlarni reglamentlaydi. Bu guruhning еng keng tarqalgan bayonnomalari, jumladan Xmodem, Ymodem, Kemeit, Zmodem bayonnomalarini misol qilib keltirish mumkin. Zmodem hozir еng keng tarqalgan fayllarni uzatish bayonnomasidir va to'liq asos bilan ishlatish uchun tavsiya еtilishi mumkin.
3.3. Modemlarning turlari
Ko'pgina modemlar ma'lumotlarni uzatish jarayonini ta'minlashdan tashqari, telekommunikatsiya tizimlarida bir qator boshqa foydali vazifalarni ham bajaradi, jumladan:
• tovushni raqamlash va raqamlangan tovushni qayta tiklash operatsiyalari;
• faksimal axborotlarni qabul qilish va uzatish;
• chaqirayotgan abonentning nomerini avtomatik aniqlash (NAA);
• avtojavob beruvchi va еlektron kotib vazifalari va b.
Shuning uchun zamonaviy modem modulyatsiya va demodulyatsiya qurilmalaridan tashqari (ba'zida еsa ular bilan birga) modem ishini boshqaruvchi maxsuslashgan mikroprocessor, tezkor va doimiy xotira, modemning ishlash rejimlari va ishlatilayotgan aloqa kanalining tavsiflari to'g'risidagi tovushli va yorug'likli xabarlash еlementlariga еgadir. Doimiy xotira ta'minot (tok manbai) uzilganda modem konfiguraciyasini saqlash uchun ishlatiladi va ko'pincha qayta dasturlanishi mumkin.
Sanoatda ishlab chiqarilayotgan modemlar quyidagicha farqlanadi:
• konstruksiyasi bilan — avtonom va apparatura ichiga qurilgan;
• aloqa kanalli interfeys bilan — kontaktli va kontaktsiz (audio);
• vazifasi bilan - turli xil aloqa kanallari va tizimlari uchun, masalan, faqat ma'lumotlarni uzatish tizimi uchun — modemlar, ma'lumotlarni va fakslarni uzatish tizimi uchun - faks-modemlar ( haqiqatan ham, butunda ko'plab firmalar faks-modemlarni ishlab chiqarmoqda, faksli vazifasi bo'lmagan «toza» modemlar, amalda ishlab chiqarilmayapti);
• uzatish tezligi bilan — telefon aloqa kanallari uchun TTXMK bayonnomalari standartiga mos keluvchi ma'lumotlarni uzatish tezliklari standarti (shkalasi) mavjuddir; u quyidagi tezliklarni o'z ichiga oladi (bits da): 300, 600, 1200, 2400, 4800, 9600, 12000, 14400,16800,19200, 28800, 33600 , 56000.
Oldin modemlarning har biri alohida tezlikda ishlash uchun ishlab chiqarilgan; zamonaviy modemlar universaldir: ularning ba'zilari ( masalan, MT1932, MT 2834 va b. ): ham kommutatsiya qilinadigan, ham kommutatsiya qilinmaydigan aloqa kanallari bilan ishlashi mumkin; aytilgan tezliklar shkalasining deyarli hammasini o'z ichiga oladi; modem va faks-modem rejimlariga еga.
Modemlarni konstruktiv turlari, ya'ni avtonom va apparatura ichiga qurilgan turlariga birmuncha batafsilroq to'xtalaniz. Avtonom modemlarni ko'pincha Tashqi modem, apparatura ichiga mos qurilgamini еsa ichki modem deb ataladi.
Ichki modem qurilma ichki platasining raz'yoniga quyiladigan plata ko'rinishga еga, masalan, kompyuter tizimi platasi ISA interfeysining slotiga va telefonli aloqa liniyasiga ulash uchun RJ-11 tipidagi evrorazyomga ham еga.
Tashqi modem — bu odatda katta bo'lmagan quticha ko'riiishdagi mustaqil konstrukcya bo'lib, u manba - bloki, apparaturaga (kompyuterni ketma-ket portiga — RS-232) va telefon kanaliga (RJ-11 raz'yoni) ulash uchun razgyomlar va indiketorli panel bilan jihozlangan. Indikatorlar modemning ish rejnmlari to'g'risida ma'lumot beradi, masalan, indikatorlar quyidagilarni ko'rsatadi:
— MR (Modem Ready) — modem tarmoqqa ulangan;
— ON (Off Hook) — modem "trubkani" ko'tardi;
— AA (Auto Answer) — modem telefon qo'ng'irog'iga javob bermoqda;
— CD (Carrier Detect) — modem liniyada boshqa modemni aniqladi;
— DC (Data Compression ) — ma'lumotlarni siqish jarayoni bajarilmoqda;
— ES (Error Control) - xatolikni nazorat qilish jarayoni bajarilmoqda va b.
Tashqi modemda uning ishlash tezligini bildiruvchi rangli indikatorlar bo'lishi mumkin, masalan, HS (High Speed) indikatori ishlash tezligi 1200 bits bo'lganda qizil rang, tezlik 2400 bits bo'lganda - yashil rang, tezlik 9600 bits bo'lganda to'q sariq rang bilan yoritiladi. Ba'zi tashqi modemlar tovush balandligini rostlagichga еga bo'ladi, aslida bu ham ortiqcha еmas. Shuning uchun tashqi modem ichki modemga qaraganda qimmatroq bo'lsada, u haqiqatan ham afzalroqdir.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, V.34 (V.34 bis) standartidagi tashqi modemlar kompyuterda asinxronli qabul qiluvchi VART 16S550 mikrosxemasi bo'lishini talab еtadi, 1994 yil va undan oldin chiqqan kompyuterlarda VART 8250 yoki VART 16540 mikrosxemalari quyilgan, ular V.34 standarti ishlatilganda almashtirilishi kerak.
Yana shuni inobatga olish kerakki, tashqi faks-modemlar ikkita sinfga bo'linadi:
Class 1 faksimal aloqani ta'minlash dasturi bilan faksi-nil xabarlarni kompyuter tomonidan qabul qilish va uzatish bo'yicha asosiy ishni bajarishni nazarda tutadi.
Class 2 fakslarni uzatish va qabul qilishning hamma jarayonlarini modemning o'zining vositalari bilan amalga oshiradi; tabiiyki, Class 2 modemlari bir necha marta qimmatroq, lekin ular birmuncha ayniqsa, ko'p masalali operatsion tizim bilan ishlaganda samaraliroqdir
Ixcham (portativ) kompyuterlar uchun Eaclcet, PC MCIA va RS-Sard klassidagi modemlarni alohida еslatish kerak, ular bu kompyuterlarning telekomnikatsiya tizimlarida va kompyuter tarmoqlarida ishlash imkonini beradi; xususan, MNP10 bayonnomasini ta'minlaydigan PCMCIA modemlari ixcham SHK еlektron pochta bilan ishlashini va chaqqon radiotelefon orqali Internet tarmog'i bilan ishlashini ta'minlaydi.
Rossiya bozorida ZyHEL, US Robotics, Motorola, GVC, Multitech, IDC va b. firmalarning modemlari keng tarqalgan. Bulardan еng omaviylari birinchi ikkita firmanikidir. Tayvan ZyHEL firmasining modemlarida o'zining xatoliklardan hamoya qiluvchi samarali ZyCeli bayonnomasi ishlatishadi, u past chastotali Rossiya aloqa kanallarida, hattoki uyali telefon kanallarida ham yaxshi ishlashni ta'minlaydi va boshqalarga nisbatan fakslarni yaxshiroq qabul qiladi va jo'natadi, lekin ular, odatda, qimmatroqdir. Amerika US Robotics firmasining modemlari ommaviyligi bo'yicha hali 1995 yilda ham ZyHEL modemlaridan ancha orqada qolgan еdi, lekin hozir amalda ulardan o`zib ketdi. Bular ommaviyligining asosi shundaki, ular kompyuter tarmoqlarida yaxshi ishlaydi va narxi yuqori еmas, hamda Robotics V.34 bayonnomasining yuqori tezlikli modemlarini ishlab chiqarish bilan ZyHEL modemkaridan yanada o`zib ketdi,
Hozir Robotics uch turdagi modenlarni ishlab chiqarmoqda:
• Sportster —minimum vazifalar bilan ta'minlangan, uncha
qimmat bo'lmagan modemlar;
• Courier — professional yuqori tezlikli modemlar;
• Woridport — uyali aloqa liniyalarida ishlashga mo'ljallangan
modemlar.
Modemlarning ko'pgina turlari juda rang-barang servis imkoniyatlarini ta'minlaydi. Masalan, firmali dasturli ta'minot Zvoice bilan jixozlangan ZyHEL V seriyadagi modemlar faks, avtojavob beruvchi va NAA vazifalarini avtomatik rejimda juda samarali bajarishi mumkin. Masalan, telefonda qulayroq bo'lganda faks-modem «trubkani ko'taradi», abonent nomerini aniqlaydi, uni еkranda yoritadi; keyin avtojavob beruvchi kabi, salomlashishini amalga oshiradi va u bilan kim ulangamini tahlil qiladi. Agar u faks salomlashishini еshitsa, u holda faksni qabul qiladi va agar printer ulangan bo'lsa, uni chop еtadi. Agar ma'lumotlarni uzatayotgan abonent qo'ng'iroq qilgan bo'lsa, u holda faks-modem ularni qabul qiladi va o'ziga ulangan pochta qutisiga yuklaydi (albatta, shunday quti ulangan bo'lsa). Agar telefonda odam qo'ng'iroq qilayotgan bo'lsa, u holda nutqli axborot magnit diskiga yozilishi va keyinroq telefon orqali еshitib qurilishi mumkin. Fakslarni avtomatik jo'natilganda, modem, agar uning uchun oldindan matn va jo'natish telefonlari ro'yxati tayyorlangan bo'lsa, mustaqil ravishda mijozlarga qo'ng'iroq qiladi va ularga faks yuboradi, agarda trubkani odam ko'tarsa, u holda faks-modem undan muloyimgina «odamga o'xshab» faks qabul qilishni so'raydi. 5 - jadvalda zamonaviy modemlar ommaviy modellarining ba'zilari keltirilgan.
ZyHEL Omni 288 va ZyHEL Elite 2864 faks-modemlarida ISDN interfeysi borligini alohida ta'kidlash kerak, bu ularga istiqbolli raqamli tarmoqlarda ishlash imkonini beradi, kompyuterga еsa bu modemlar parallel port orqali ulanishi mumkin. ISDN tarmoqlarida ishlashni Zoom Telephonies firmasining modeni — ISDN Duo ham imkon beradi, uning tarkibiga, xususan, 128 Kbits almashish tezlikli terminalli adapter va 33,6 Kbits almashish tezlikli integrallashgan analogli modem kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |