Ware NT Server va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin. Bunday
operatsion tizim kompyuter ishini ishonchli va samarali qilib amalga
oshiradi.
3.
Qo‘riqlanayotgan obyektlarning holatini markazlashtirilgan holda nazoratini
tashkillashtirishda birinchi navbatda simli yoki radiokanalli xabarlarni uzatish
tizimlarini ishga solish vazifasi ta’minlanadi. Abonentlar sonining kattaligi ko‘p
kanalli tizimlarni yaratishni talab qiladi. Bunday tizimlarni ikkita birlashtirish
usullari bilan amalga oshirish mumkin, ya’ni markazlashtirish yoki avtonom usul
bilan. Birinchisida (1-rasm) abonentlar orasidagi hodisalar (obyektning holati
haqida) haqidagi axborotlar bilan almashinish, Markaziy stansiya (MS) orqali
amalga oshiriladi. O‘z navbatida, bunday axborotlarni markaziy stansiyalararo ham
almashinish mumkin (misol uchun axborotni uzoq masofaga uzatish kerak
bo‘lganda). Axborotlar bilan almashinish bitta zonaning ichida bo‘lsa, odatda bitta
Markaziy stansiya (MS) yetarli bo‘lib, ular ko‘p kanalli markazlashtirilgan radial
tizimlar (KKMRT) deb yuritiladi. Unga misol tariqasida shahar telefon tarmoqlari
va qator radioaloqali tizimlarni olish mumkin. Abonentlar orasida bevosita axborot
almashinishni ta’minlaydigan tizimlar, avtonom tizimlar deb aytiladi (1, b-rasm). 5
Ko‘p kanalli markazlashtirilgan radial tizimlar ko‘p abonentlar oralig‘ida samarali
axborot almashinish imkoniyatini beradi. Ammo shu bilan birga ularni ancha
zaiflashtiradi, chunki KKMRTning ishdan chiqishi, butun tizimni ham ishdan
chiqaradi. Odatda har bir axborotni uzatish tizimiga alohida aloqa kanali yoki
tegishli chastota oralig‘i ajratiladi. Abonentlar tomonidan umumiy chastotalar
oralig‘ida ishlash, zichlashtirish (signallarning spektrlarini umumiy chastota
oralig‘iga joylashtirish) va ajratish (abonent signallarini ajratish) usullari bilan
belgilanadi. Shuni aytish joizki, zichlashtirish usuli ajratish usulini belgilaydi va
aksincha. 1-rasm. Ko‘p kanalli tizimlar Turli abonentlar axborotlarini ajratishning
uch xil usuli mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iborat: 1) chastotali ajratish; 2)
vaqtli ajratish; 3) kodli ajratish. Chastota bo‘yicha ajratish usulida har bir abonentga
alohida chastota oralig‘i ajratilib, bunda signallarning o‘tqazish chastota oraliqlari
bir-birini yopib qo‘ymaydi, lekin signallarning o‘zi bir vaqtda uzatiladi. 6 Vaqt
bo‘yicha ajratish usulida har bir abonent aniq vaqt intervalida ishlaydi. Bunda
ishlash chastotalari hamma signallar uchun bir xil bo‘ladi. Kod bo‘yicha ajratish
usulida hamma abonentlar bir xil chastota kanalida bir vaqtda ishlaydi, lekin abonent
signallari shakl bo‘yicha ajralib turadi. Oxirgi holatda XUT tizimi va uning
xarakteristikalari asosan signallar va ularning xususiyatlari bilan belgilanadi.
4.
Axborotni bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga uzatish muammosi hisoblash
texnikasi paydo bo‘lgandan beri mavjuddir. Axborot larni bunday uzatish alohida
foydalanilayotgan-kompyuterlarni bugalikda ishlashini tashkil qilish, bitta masalani
bir necha kompyuter yordamida hal qilish imkoniyatlarini beradi. Bundan tashqari,
har bir kompyuterni ma’lum bir vazifani bajarishga ixtisoslashtirish va
kompyuteriaming resurslaridan birgalikda foydalanish hamda ko‘pgina boshqa
muammolarni ham hal qilish mumkin bo‘ladi. Kompyuter tarmoqlari hozirgi zamon
taraqqiyotining ajralmas bir qismi bo‘lib, banklar, pochta, telegraf, telefon,
korxonalar, o‘quv muassasalari, axborot resurs markazlari, savdo korxonalari va
uylar kompyuter tarmog‘i bilaii bog‘lanib, ular Internet tarmog‘iga ulangandir. Eng
taniqli tarmoqlardan biri IP tarmoq - Internet tarmog‘i - global tarmoq bo‘lib,
mahalliy IP tarmoqlarm Siz har bir korxonada uchratishingiz mumkin. Bu
tarmoqlarm tashkil etuvchilari va ulaming o‘zini yaratish va ulaming resurslaridan
maqsadli hamda unumli foydalanish masalalari hozirgi kunning dolzarb
talablaridandir. Darslik malliflammg kompyuter tizimlari va tarmoqlari bo‘yicha
ko‘p yillik shaxsiy tajribalari, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent axborot
texnologiyalari universiteti hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat
mstitutida yillar davomida “Kompyuter tizimlari va tarmoqlari”, “Axborot
tizimlarining unumdorligi ”, “Yuqori unumdorli kompyuter tizimlari” va “Axborot
boshqarish tizimlarining asoslari”, “Telekommunikatsiya tarmoqlari va sistemalari”
fanlaridan o‘qilgan ma’ruzalari asosida yozilgan. Ushbu darslik kompyuter tizimlari
va tarmoqlarining eng asosiy negizlaiiga, uning usullariga va unga yondashishga
bag‘ishlangan bo'lib, u o‘n oltita bobdan tashkil topgan va har bir bob so‘ngida
olmgan bilimni sinash uchun nazorat savollari ro‘yxati keltirilgan. 3 i Birinchi bob
har qanday tarmoqning asosi bo‘Igan kompyuterlarning asosiy turlari, bloklari
ularning vazifalari va ko‘rsatkichlariga hamda kompyuterlarning asosiy qismi
bo‘lgan mikroprotsessorlami bayon qilishga bag‘ishlangan. Jkkinchi bobda
hisoblash tizimlarining arxitekturasi, axborothisoblash tizimlarining turlari va
vazifalari hamda axborot-hisoblash tizimlarining tarkibi, tuzilishi, shuningdek ko‘p
mashinali va ko‘p protsessorli kompyuter tizimlari haqidagi materiallar batafsil
yoritilgan. Uchinchi bobda parallel arxitekturalar va axborot tizimlarining
unumdorligini o'rganishda Amdal qonuni, axborot tizimlarining unumdorligini
oshirishdagi urinishlardan biri - parallel tizimlar » topologiyasi hamda parallel
tizimlarni Flin bo‘yicha turlanishi ko‘rib chiqilgan. To‘rtinchi bob hisoblash
tizimlarining unumdorligini baholash usullaridan biri bo'lgan takt chastotasi
bo‘yicha baholash, cho‘qqi va real unumdorliklar hamda MIPS va Flops birliklari,
shuningdek, testlar yordamida unumdorlikni hisoblashlami bayon qilishga
bag‘ishlangan. Beshinchi bob esa tarmoq texnologiyalarining eng asosiylari
“Shina”, “Halqa” va “Yulduz” topologiyalarining afzallik va kamchiliklari, ISO/OSI
modeli, tarmoq protokollari va shuningdek, axborot ahnashuvini boshqarish
usullarini batafsil bayon qilishga bag‘ishlangan. Oltinchi bobda kabelli axborot
uzatish muhiti bo‘lgan o‘ralgan juftlik, koaksial va shisha tolali kabellar hamda
simsiz aloqa kanallari, ularning turlari, imkoniyatlari, texnik ko'rsatkichlari,
shuningdek aloqa yo‘Hanning texnologik ko‘rsatkichlarini moslash hamda
axborotlami kodlashtirish batafsil yoritilgan. Yettinchi bob lokal tarmoq
texnologiyasiga bag‘ishlangan boiib, unda ko‘p tarqalgan Ethernet va Fast Ethernet,
Token-Ring tarmoqlarining imkoniyatlarini yoritishga bag'ishlangan. Sakkizinchi
bobda tarmoq qurilmalari va ularning vazifalari hamda tarmoq uskunalari batafsil
bayon qilingan. To‘qqizinchi bobda amaliyot tizimlarning vazifasi va qo‘llanilishi
hamda tarmoq operatsion tizimlari, bir rutbali va serverli tarmoq operatsion
tizimlari, tarmoq operatsion tizimlarining arxitekturasi keltirilgan. 4 0‘ninchi bob
global tarmoq texnologiyasiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda birlamchi tarmoqlar,
Frame Relay, ATM va MPLS texnologiyalari, shuningdek, IP global tarmoqlar va
ularning muammolariga to‘xtalib o‘tilgan. 0‘n birinchi bobda tarmoq xizmatlari
hisoblanuvchi elektron pochta va Veb-xizmatlar, shuningdek, tarmoqni boshqarish
tizimi va SNMP protokoli ko‘rib chiqilgan. 0‘n ikkinchi bobda tarmoqning
xavfsizlik xizmatlaridan kompyutermng xavfsizligi va tarmoqning xavfsizligi
haqida, tarmoq xavfsizligi uchun muhim boigan butunlik, axborotlarga egabo‘lish,
xavf, hujum tushunchalari, shuningdek shifrlash, sertifikat, elektron imzo va
himoyalangan kanal texnologiyasi kabi xavfsizlikni ta’mmlash omillari, har bir
tizim uchun juda zarur bo'lgan xavfsizlik siyosati haqida ma’lumotlar berilgan. 0‘n
uchinchi, o‘n to‘rtinchi va o‘n beshinchi boblarda sanoat korxonalaridagi texnologik
jarayonlarni boshqarish tizimlarining maTumot almashinuv jarayonlarini tartibga
soluvchi protokollar va ularning turlari, tuzilish sxemalari va ishlash tamoyillari
hamda ularga oid standartlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar batafeil yoritilgan. 0‘n
oltinchi bobda sanoat ishlab chiqarishini avtomatlashtirish va boshqarish
tizimlarining strukturalarini tashkil etishda eng ko‘p qo‘laniladigan sanoat Fieldbus
va DeviceNet tizimlari haqida asosiy tushunchalar, ularning interfeyslari,
shuningdek, ushbu tizimlaming asosiy tashkil etuvchilari haqidagi ma’lumotlar
bayon etilgan.
5.
Aloqa – turli vositalar yorda-mida axborotlarni uzatish va kabul ki-lish; xalq
xo‘jaligining pochta, tele-fon, telegraf, radio, televideniye va boshqa orqali axborotlarni
uzatish va qabul kilishni (pochta orqali buyumlar yubo-rishni ham) ta’minlaydigan
tarmog‘i. A. jamiyatning ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliya-tida, davlat, qurolli kuchlar va
jami transport turlarini boshqarishda, shuningdek aholining madaniy-mai-shiy
ehtiyojlarini qondirishda muhim ahamiyatga ega.Qadimda xabarlar bir manziddan
ikkinchisiga choparlar, kabutarlar yor-damida yetkazilgan, ularni uzatishda shartli
signallar – gulxanlar, chiroqlar, har xil ovoz chiqaruvchi asbo-blar qo‘llanilgan.
Keyinchalik xabarlar yozma holda jo‘natiladigan bo‘ldi, natijada pochta aloqasi paydo
bo‘ldi. Sanoat va savdo taraqqiyotining jadal sur’atlari axborotlarni tez yetkazishga
imkoniyat yaratadigan yangi A. usullariga katta ehtiyojni yuzaga keltirdi. 18-asr oxirida
optik A. paydo bo‘ldi, 19-asrda axborotlarni sim orqali katta tezlikda uzatishning elektr
usullari kashf etildi. 1832 yilda P. L. Shilling elektr telegrafii yaratdi. 1837 yilda S.
Morze elektromagnit telegraf apparatini (qarang Telegraf ayaoqasi), 1876 yilda A. G.
Bell telefonii (qarang Telefon aloqasi) kashf etdi. A. taraqqiyotida navbatdagi eng
muhim boskich – A. S. Popov tomonidan Simeiz aloqa – radioaloqaning yaratilishi
bo‘ldi. Shundan so‘ng A. vo-sitalarining texnika taraqkiyoti tez sur’atlarda bordi,
axborotlarni ishon-chli va tez uzatishi, quvvati va liniyalari soni jihatidan katta
ustunlikka ega bo‘lgan yangi tizimlar paydo bo‘ldi va keng qo‘llanila boshladi. 20-
asrning 60 – 70-yillarida A. vositalarining kosmik (Yerning sun’iy yo‘ldoshlari orqali)
tizimlari yaratildi (qarang Kosmik aloqa). Qo‘llaniladigan texnika vositalari xa-
rakteriga ko‘ra A. pochta A.si va elektr A.siga bo‘linadi (qarang Elektr aloqa).Hozirgi
davrda A. barcha mamlakatlarda iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlaridan biri
hisoblanadi. Ak-sariyat rivojlangan mamlakatlarda A.ni rivojlantirish ishlariga yetarli
hajmda mablag‘lar sarflanadi.20-asrning 90-yillarida O‘zbekistonda rivojlangan A.
korxonalari aholiga hamda xalq xo‘jaligiga pochta, tele-graf hamda mahalliy,
shaharlararo, xalqaro telefon A. xizmati ko‘rsatadi, shuningdek respublikada
radioaloqa, radioeshittirish va televideniyeni texnika vositalari bilan ta’minlaydi.
Respublikaning A. majmuasi pochta, matbuottarqatish, uyali (radiotelefon) A., elektr
A., kosmik yo‘ldoshlar orqali A. turlarini qamraydi. O
ʻzbekiston Respublikasida
idora-viy ichki A. tarmoqlari (ayrim vazirliklar, tashkilotlar hamda shaxta, zavod,
xo‘jaliklarning bevosita o‘ziga qarashli A. vositalari) ham mavjud.O‘zbekiston
mustaqillikka erishga-nidan keyin bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida milliy
telekommunika-siya tarmog‘ini rivojlantirish va uni mustaqil boshqarish muhim
vazifaga aylandi. 1992 yil 13 yanvarda O‘zbekiston Respublikasining "Aloqa to‘g‘risida"
qonuni qabul qilindi. Pochta A.si, axbo-rot tizimlari va telekommunikatsiyalar
sohasida boshqaruvni yanada takommil-363lashtirish maqsadlarida 1997 yil 23 iyunda
respublika Aloqa vazirligi Pochta va telekommunikatsiyalar Agentligiga ay-lantirildi.
Agentlik tarkibida A.ning ishlab chiqarish-xo‘jalik, texnologik masalalari bilan
shug‘ullanadigan "Mahalliy tele-kom", "Xalqaro telekom" aksiyadorlik kompaniyalari
hamda "O‘zbekiston po-chtasi" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tashkil etildi.A.
korxonalari uchun muhandislar 5 ixtisoslik bo‘yicha Toshkent elektrotex-nika aloqa
instituti (1955) va uning Termiz filiali (1991)da, texniklar Toshkent aloqa kolleji
(1991; 1930 – 40 yillarda O‘rta Osiyo aloqa texnikumi: 1940 – 91 yillarda Toshkent
aloqa politexniku-mi), Nukus politexnikumining aloqa bo‘limida tayyorlanadi.1992
yili O‘zbekiston Xalqaro elektr-aloqa ittifoqiga a’zo bo‘lib kirdi. Bu esa
O‘zbekistonning telekommunikatsiya sohasida xalqaro hamkorlik qilishi uchun keng
yo‘l ochdi. O‘zbekistonda A. tarmog‘ini jahon andozalariga javob be-radigan darajaga
ko‘tarish uchun Xalqaro elektr aloqa ittifoqi muntazam ko‘mak berib kelmoqda.
1992–2000 yillarda AQSH, Yaponiya, Germaniya, Indoneziya, Italiya, Malayziya,
Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Turkiya, Xitoy mamlakatlarida-gi yetakchi firmalar
bilan O‘zbekistonda elektr A. tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro hamkorlik
yaxshi samara berdi
6. KOMPYUTER TARMOQLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |