1. Tarix falsafasining maqsadi va vazifalari. Tarix. Tarix falsafasining shakllanish tarixi. Tarix falsafasining maqsadi va vazifalari



Download 32,24 Kb.
bet2/3
Sana05.11.2022
Hajmi32,24 Kb.
#861080
1   2   3
Tsivilizatsion yondashuvlar.
Formatsion yondashuvdan farq qilib, tsivilizatsion yondashuv yagona yaxlit tizimga tushirilgan talimot sifatida shakllangan emas “Tsivilizatsiya” tushunchasi (lotincha civilize fuqarolarga, davlatga xos) ilk bor XVIII asrda Yevropalik marifatparvarlarning asarlarida qo’llana boshladi. U jiddiy evolyutsiyaga yuz tutib, hozirgi paytgacha bir qancha manolarda qo’llaniladi2. Dastlabki davrlarda u tabiat olami tuzilishidan farqli ravishda umuman insoniyatni, uning ijtimoiy tuzilishini anglatgan va birlik shaklda ishlatilgan. Keyinchalik u yovvoyilik va johillikdan keyin keluvchi ijtimoiy rivojlanish bosqichini bildirgan. So’ngra u qadriyaviy xususiyat kasb etib, madaniyat, yani kishilarning, halqlarning mentaliteti manosiga yaqinlashib qoldi. Amerikalik olimlar A. Kreber va K. Klakxan 1925 yilda “madaniyat” atamasining 164 ta tarifini elon qildilar va ko’p xollarda uni “tsivilizatsiya” termini bilan bir qatorda qo’llanilganligini qayd etdilar3. “Tsivilizatsiya” va “madaniyat” tushunchalari ko’pincha sinonimlar sifatida ishlatib kelindi.
XIX asrning ikkinchi yarimidan tsivilizatsiya tushunchasini butun bir xalqlar va mamlakatlarning rivojlangan xolatiga “oliy darajadagi madaniy tuzilmalarga tatbiqan, ko’plik shaklida qo’llanila boshlandi. 1861 yilda Zalsburgda insoniyat tsivilizatsion rivojining rang-barangligi nazariyasini, tarixga madaniy-tarixiy yoki tsivilizatsion yondashuvni shakllantira boshlagan madaniy-tarixiy maktab paydo bo’ldi. N.Y. Danilevskiy (1822-1865), O. Shpengler (1880-1936), A.Toynbi (1889-1975), P.A.Sarokin (1889-1968) va boshqalar ushbu maktabning mashxur namoyandalari edi. Ularning har biri “tsivilizatsiya” terminiga o’z talqinlarini berganlar. Danilevskiy “Madaniy tarixiy tiplar”, Shpengler “etuk madaniyatlar”, Toynbi “lokal tsivilizatsiyalar”, Sarokin “madaniy supersistemalar” g’oyalarini ilgari surishgan. Ularning ichida eng ommaviylashgani “lokal tsivilizatsiyalar” atamasi bo’ldi.
Umuman olganda, madaniy-tarixiy yo’nalish namoyandalari tsivilizatsiyani, odatda etnik chegaralar bilan mos tushmaydigan etnoslararo xarakterga ega bo’lgan madaniyat tiplari tarzida tushinganlar. Lekin etnoslararo tsivilizatsiyalar muayyan madaniy markazlarning kuchli tasiri ostida vujudga keladi. Xususan Qadimgi Sharqqa nisbatan Yaqin Sharq, Hind va uzoq sharq tsivilizatsiyalari, Yevropaga nisbatan esa antik tsivilizatsiya haqida fikr yuritilib, ular mos ravishda Qadimgi Mesopotamiya, Shimoliy Hind, Xitoy va Yunoniston tasirida paydo bo’lgan, tsivilizatsion yondashuvda tsivilizatsion ayniyat (identichnost) mezonlari ya’ni, madaniyatning u yoki bu tipini qanday belgilar asosida aniqlashi masalasi nihoyatda muxim ahamiyatga ega bo’ladi. Shunga bog’liq holda ularning soni klassifikatsiyasi va o’zaro aloqadorligi muammosi turlicha xal etiladi. Masalan O. Shpengler tsivilizatsiya shakllanishida dinning belgilovchi axamiyat kasb etishini ko’rsatib, 8 ta buyuk madaniyatlar yoki tsivilizatsiyalar nomini keltiradi. Bular Misr, Bobil, Hind, Xitoy, Appolon (Yunon – Rim) arab (afsunkor) Meksika, G’arb (faust) madaniyatlari yoki tsivilizatsiyalaridir.
A. Toynbi tsivilizatsion ayniyatning mezoni sifatida, din, tarix, til, anana va madaniyatni qabul qiladi.hamda shu asosida 5 ta “jonli” tsivilizatsiyalarni ajratadi G’arb xristianligi orqali birlashgan G’arb jamiyati; janubiy sharqiy Yevropani Rossiya bilan birlashtirgan provaslav- xristian jamiyati Shimoliy Afrikadan tortib, buyuk Xitoy devori xududigacha bo’lgan islom jamiyati, tropik- subkontenental Hindistondagi hind jamiyati, janubi-sharqiy Osiyoning subtropik va mo’tadil hududlarida shakllangan uzoq sharq jamiyati4.
N. Danilevskiy 10 ta tsivilizatsiyani yoki uning iborasi bilan aytganda madaniy-tarixiy tiplarni farqlaydi. Bular: Misr, Ossuriya, Bobil – Finikiya – Xaldey (qadimgi somiy), Xitoy, Hind, Eron, Yaxudiy, Yunon, Rim, Arab, (yangi somiy) Yevropa (romano – german) tsivilizatsiyalaridir5
Tsivilizatsion kontseptsiya tarafdorlari rivojlanishininig davriyligi nuqtai nazardan turib tsivilizatsiyaninig vujudga kelishi gullab yashnashi va halokati bosqichlarini ajratadilar uni o’simliklar, jonivorlar va inson hayoti davrlari bilan qiyoslab tsvilizatsiyalar “tug’iladi, rivojlanishining turli bosqichlaridan o’tadi qariydi, so’nadi, xalok bo’ladi” deb xisoblashdi. Umuman olganda tarix ularning fikricha, jaxon tarixi miqyosida muayyan tarzda o’zaro aloqada bo’lgan, rivojlanib boruvchi lokal tsivilizatsiyalar majmuini tashkil etadi. Jaxon tsivilizatsiyasi esa turli tsivilizatsiyalarning o’zaro tasiri natijasidir. Shunday qilib tsivilizatsiya – tarixning madaniy-tarixiy kontseptsiyasi nuqtai nazaridan sotsiomadaniy asosoga ko’ra bir-biridan farq qiluvchi mamlakat va xalqlarning yirik xamda uzoq davom etadigan mustaqil umumiyati bo’lib, ularning o’ziga xosligi tabbiy oxir-oqibat hayotning obektiv sharaoitlari, shuningdek ishlab chiqarish usuliga bog’liq bo’ladi. Bu umumiyatlar vujudga kelish shakllanish, inqiroz va barham topish bosqichlarini bosib o’tdilar.
Sharq – G’arb dualligi Tarixning megadavriy gipotezasi.
XX asrning oxirlariga kelib, ayrim analetiklar tomonidan dunyoning ikki yarim sharli tuzilishi va tarixining mega tsikllik (megadavriy) xarakteri kontseptsiyasi ilgari surila boshladi6.
Bu talimotning zaminida insoniyat tarixini avval boshdanoq Sharq va G’arbga bo’lingan sotsiomadaniy tizimlar tarzida talqin etish g’oyasi yotadi. Mashhur nemis faylasufi K. Yaspers (1883-1969) yozishicha: “Dastlabki qutblanish (Sharq va G’arb) turli ko’rinishlarda asrlar davomida hayotiyligini saqlab kelgan”. Yunonlar va Forslar Rim imperiyasining g’arbiy va sharqiyga bo’linishi, g’arbiy va sharqiy xristianlik, G’arb dunyosi va islom Yevropa va Osiyoni bular birining o’rnini boshqasi ketma-ket egallagan ushbu qarama- qarshilikning timsolidir7.
Bu nuqtai nazarning tarafdorlari takidlashicha, uzoq o’tishdayoq Sharq va G’arb o’rtasida muayyan mehnat taqsimoti vujudga kelgan.ulardan birinchisi - manaviy tashabbuslar bilan chiqqan bo’lsa, (buyuk jahon dinlarining aynan sharqda paydo bo’lganligi ham bejiz emas), ikkinchisi – innovatsion g’oyalarni ilgari surgan. Insoniyatni Sharq va G’arbga ajratishni ular inson miyasini chap va o’ng yarim shariga bo’linishi bilan qiyoslaydilar.
Jahon tarixi katta megadavrdan iborat bo’lib, uning doirasida u yoki bu bosqichda sharqiy – g’arb yoki, g’arbiy-sharq farazlari alohida ajralib, bir-birlarini o’rnini egallab turganlar. Bunga goh Sharq, goh G’arb sayyoramizning dunyoviy tizimida etakchilik qilgan. Birinchi sharqiy yarim shar fazasi (dunyoga Shumer, Ossuriya – Bobil, Misr tsivilizatsiyalarini bergan) jahon tarixi rivojidagi jamoatchilikka asoslangan bosqich bo’lib, bunda tsivilizatsiyalashuv umumiylikning alohidagi jamoatchilikning individualikka nisbatan ustvorligini anglatgan. Bu fazaning eng yuqori nuqtasi o’zining kuch-qudrati bilan individual-xususiy tashabbuslarni yo’qqa chiqargan sharqona davlatning shakllanish davriga to’g’ri keladi.
Megatsiklning ikkinchi fazasida tashabbus g’arbiy yarim sharga o’tdi. Uning eng rivoj topgan, gullab yashnagan davri Qadimgi Yunon, keyinchalik Rim tsivilizatsiyalariga to’g’ri keldi. Ularning o’ziga hos tomonlari iqtisodiyotning davlatdan ajralishi, xususiy mulkning paydo bo’lishi, fuqarolik jamiyati va ijtimoiy tartibotning demokratik elimentlarni shakllanishi, gedonizm g’alabasi, yani jamoa oldidagi burchga nisbatan individual ehtiyojlarning ustuvor kelishi bilan xarakterlanadi.
Uchinchi faza – Rimning inqirozidan G’arb renissanisigacha bo’lgan davrni o’z ichiga olib, sharqiy – g’arb, yani feodalizm fazasi hisoblanadi. Bunda jamoatchilik ahloqiga qaytish, ijtimoiy burch va shaxsiy vazminlik tan olindi.
To’rtinchi faza – katta jahon tarixiy megadavrning g’arbiy fazasi, XX asrda boshlangan modern davriga to’g’ri keladi.
Shu bilan birga, sharqiy faza g’arbiy faza bilan va aksincha almashganida, jahon tarixining birligi saqlanib qoladi. Hamda bu har bir fazada muqobil fazaning dominantligi bilan belgilanadi. Insoniyatning har bir “yarim shari” o’zida ham g’arb, ham sharq impulslarini qabul qilgan bo’lib, ular tegishli dominantlari bilangina farq qiladilar. Dominantlarning almashinuvi muayyan manaviy mexanizmning tasiriga bog’liq bo’lib, u yoki bu tsivilizatsiya (g’arbiy yoki sharqiy jamiyat) inqirozi harbiy geosiyosiy muvaffaqiyatsizliklarda yaqqol namoyon bo’lgunga qadar, u ustuvor qadriyatlar, motivatsiyalar doirasida paydo bo’la boshlaydi. Yuqorida keltirilgan kontseptsiya asosida so’nggi – yillarda nashr etilgan adabiyotlarda tarixning katta shaklida hozirgi zamon g’arbiy fazalarining sharqiy fazaga almashinishi (g’arbiy – sharq fazasining sharqiy – g’arb fazasiga)haqidagi gipotezalar ilgari surilmoqda. Bugungi kunda ham tabiat, madaniyat modernizatsiyaning ekologik iqtisodiy va kulturologik yukidan shunchalik xoriganki, g’arbiy faza ilgari inkor etgan olamni jonli mushohada etish va ijtimoiy tartibot shakllarini tiklash zarurati vujudga keldi. Kelajakning bunday belgilari sifatida “yaqin sharq”fenomeni Tinch okeani mintaqasidagi mamlakatlarning tarixiy rivojlanish suratlari va mazmunidagi muvaffaqiyatlari keltiriladi. Jahon tarixining megadavriylik kontseptsiyasi o’zining gipotetik va sxematik xususiyatlariga qaramay, jahon tarixini birlikda, Sharq va G’arbning o’zaro dialektik aloqadorligida anglashga yo’naltirilgan zamonaviy nuqtasi nazarlaridan biri sifatida muayyan etiborga loyiqdir.
Informatsion va tsivilizatsion yondashuvlar rivojining nisbati va istiqbollari.
Formatsion va tsivilizatsion yondashuvlar bir-biridan farq qiladi. Ammo bir-birlarini to’liq inkor etmaydilar, ular bir-birini o’zaor to’ldiradi8.
Agar formatsion yondashuv tarixning ijtimoiy-iqtisodiy kesimi bo’lib, tarixni moddiy ishlab chiqarish usuli asosida tahlil etsa, tsivilizatsion yondashuv madaniyat omiliga, madaniyatga, asosan xulq-atvor harakteriga, ananalarga, urf-odatlarga, turmush tarziga mentalitetlikka etibor qaratadi.
Formatsion yondashuv jamiyatni vertikal kesmasi bo’yicha rivojlanishini quyi bosqichdan yuqoriga qarab murakkablashib borishini ko’rsatsa, tsivilizatsion yondashuv jamiyatni gorizantal yo’nalishdagi rivojini tarixiy makondagi, tarixiy tuzilmalar, tsivilizatsiyalar, unda yashovchi, ong va irodaga, muayyan qadriyatlarga ega bo’lgan kishilarning o’ziga xos madaniyatlari, turmush tarzilarining tahlilidan iborat.
Formatsion nazariya yangilanishi mumkin va zarur, shu asosida ham, o’z navbatida, tsivilizatsion yondashuv ham insoniyat tarixining yaxlit manzarasini aks ettiruvchi formatsion nazariyaning oqilona elmentlari hisobiga yangilanishi mumkin.



Download 32,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish