1. Tarbiyaning milliy va umuminsoniy qadryatlar qamrovida bo’lishi



Download 67,51 Kb.
bet1/9
Sana11.02.2022
Hajmi67,51 Kb.
#442976
  1   2   3   4   5   6   7   8   9

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI


Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi
ta’lim yo’nalishi IV bosqich talabasi
Bekatova Nazokat Raximbayevnaning
Tarbiyaviy ishlar metodikasi
fanidan tayyorlagan
KURS ISHI
Mavzu: O’quvchilarni tarbiyalashda tarbiyaviy mashg’ulotning
ahamiyati

Qabul qiluvchi: R. Muratkamalova


Mavzu: O’quvchilarni tarbiyalashda tarbiyaviy mashg’ulotning


ahamiyati

Reja:
I. Kirish.


II.Asosiy qism.
1. Tarbiyaning milliy va umuminsoniy qadryatlar qamrovida bo’lishi.
2. Mutafakkirlarning ilmiy-ijodiy me’rosidan tarbiyaviy maqsadlarda foydalanish masalasi.
3. Shaxsning jamoada qaror topishi.
4. O’quvchilarni tarbiyalashda inshoning ahamiyati.
5. O’quvchilar tarbiyasida jismoniy madaniyatning o’rni.
6. Milliy harakatli o’yinlar va ularning bola tarbiyasida tutgan o’rni.
III. Xulosa.
IV. Foydalangan adabiyotlar.

Kirsh.
Barkamol inson va yetuk mutaxassis o’qituvchilar qo’lida kamolga yetar ekan, eng avvalo ularning shaxsi ham bir qator ijobiy sifatlarni o’zida aks ettira olishi lozim. Shundagina biz o’zimiz orzu qilayotgan shaxsni tarbiyalay olishga muyassar bo’lamiz. Xalqimiz juda muhum bir davrni boshidan kechirmoqda. Bu davr milliy uyg’onish, milliy ongning tiklanishi va shakllanishi, millatning o’zligini anglashi, hayotimizning barcha jabhalarida yangicha mezon va tamoyillarning rivojlanishini o’z ichiga oladi.


O’zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da har tomonlama barkamol shaxs –fuqaroni shakllantirish nazarda tutilgan. Bunday natijaga erishish uchun ta’lim-tarbiya jarayonining uyg’unligi ni ta’minlash, tarbiya jarayonining qonuniyatlarini chuqur o’rganish va bugungi kun talablariga javob bera oladigan barkamol yosh avlidni tarbiyalash yo’llarini taqiq qilish lozim. Barkamol avlod tarbiyasi ko’p jihatdan bugungi kunda tahsil olayotgan bo’lajak pedagoglarning tarbiyaviy ishlarni tashkil etish mahoratiga bog’liqdir.
O’quvchilar bilan olib boriladigan mashg’ulotlar ta’lim-tarbiya jarayonining ajralmas qismidir. U darslarda olib boriladigan o’quv tarbiya ishlarini mustahkamlab va to’ldirib borishi bilan birgalikda o’quvchilarni pedagogic ta’sir ostida to’la ravishda jalb etishga hamda dars uchun ajratilgan vaqt ichida amalga oshirishi qiyin bo’lgan yoki butunlay iloji bo’lmagan bir qancha muhum tarbiyaviy vazifalarni hal qilishga yordam beradi.
Qiziqish va intilishlarini darslarda, masalan, matematika darsida etarlicha qondirish mumkin emas. Bu vazifani o’quvchilar bilan ularni qiziqtirgan masalalar bo’yicha darsdan tashqari mashg’ulotlar o’tkazish yo’li bilangina maqsadga muvofiq ravshda hal qilish mumkin.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning mazmuni juda ham xilma-xildir. Bunga eng avvalo o’quvchilarning bilimlarini chuqurlashtirish va kengaytirish, bilimlaridan amaliy va mustaqil ravshda foydalana bilishga o’rgatish, o’quvchilarni ijtimoiy foydali mehnatga tayyorlab boorish va shu bilan birga, ularga ijtimoiy-siyosiy tarbiya berish maqsadiga qaratilgan tadbirlarni uyushtirish kiradi. So’ngra o’quvchilarga ba’diy tarbiya berish, ularning turli qobiliyat va iste’dodlarini o’stirish, o’quvchilarning sog’lig’ini mustahkamlash, jismoniy kuch-quvvatlarini rivojlantirish ishlari va nihoyat o’quvchilarning madaniy dam olishlarini uyushtirish bilan bog’liq bo’lgan mashg’ulotlar kiradi.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar har tamonlama kamol topgan inson tarbiyasining maqsad va vazifalariga muvofiq ravishda hamda o’quvchilarning tashabbuskorligiga tayanish asosida tashkil qilinadi va olib boriladi.
Bundan tashqari o’quvchilarning yoshi , ularning qiziqish-havaslari ishning u yoki bu turiga tayyorgarlik darajalari hisobga olinadi. Buni ayniqsa ishning mazmuni va usulini hisobga olish muhum ahamiyatga ega. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar o’quvchilarning kuchiga yarasha va ular uchun qiziqarli bo’lishi kerak.
O’quvchilar bilan olib boriladigan mashg’ulotlarni o’qituvchilar jon dillari bilan sevishlari, bu ishga rahbarlik qilishda ishtirok etishni o’zlarining eng muhum vazifalaridan biri deb bilishlari zarur.
Maktabning yangi vazifasi har bir o’quvchidan faqatgina o’z fani va uni o’qitishni a’lo darajada bilishigina emas, balki bilimlarni chuqur egallashni va bundan sinfdan tashqari ishlarni maqsadga muvofiq yo’lga qo’yishda ijodiy foydalana bilishni, har tomonlama ma’lumot mahoratga ega bo’lishni talab qiladi.
Bu vazifalarning muvaffaqiyatli hal qilinishiga har taraflama yordam ko’rsatish har bir o’qituvchining oily burchidair. Sinfdan tashqari ishni tanlaganda uning tarbiyaviy ahamiyatini shu ishning maqsadi, vazifalari nuqtayi nazardan baholash kerak.
Ta’lim,tarbiya,ma’lumot,rivojlanish,shakllanish uyg’unlash yagona jarayondir. Unda o’qituvchi tarbiyachi rahbarlik qiladi.
1. Tarbiyaning milliy va umuminsoniy qadriyatlar qamrovida bo’lishi.
Hamma davrlarning ilg’or kishilari tarbiyaga yuqori baho berganlar. Xalq donishmandlari va mutafakkirlaridan Abu Nasr Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Zavqiy, Furqat, Avaz O’tar, Hamza, Abdulla Avloniy inson kamolatini ilm-fan va tarbiyada deb bildilar.
O’quvchilarni Vatanimiz qadriyatlari, boy madaniyati bilan tanishtirish madaniy va diniy bilimlarni egallashga bo’lgan talablarni shakllantirish, malakalarini oshirib toboro boyitish, estetik tushunchalarini shakllantirish juda muhimdir.
O’zbek xalqini ma’naviy merosini organishda va rivojlantirishda milliy o’ziga xosligi, ma’naviy xususiyatlari hisobga olinib xalq pedagogikasi an’analariga suyangan holda ish korilishi maqsadga muvofiq. Kishilik jamiyatiga muhabbat tabiat muhofazasi, madaniy yodgorliklarni saqlash ishlariga jalb qilish lozim. Ma’naviy qadriyatlar va g’oyalar har xil millat o’quvchilarini birlashtiradi, o’quv va mehnat faoliyatlarini uyushtirishga yordam beradi. Xalq pedagogikasining o’quvchi tarbiyasidagi boy tajribalari hayotga to’la tadbiq etilmaganligi, buyuk allomalarning pedagogic qarashlari sharqona urf-odatlari, boy an’analari hayotga joriy etilmaganligi tarbiya borasida talay qusurlarning yuzaga kelishiga sabab bo’lgan. Xalqimizning ko’p asrlik qadriyatlarini, ulkan va boy madniy merosini chuqur bilmasdan milliy o’zlikni anglash, milliy g’urur tuyg’usini qaror toptirish mumkin emas.
O’zbek xalqi ko’p asrlik tarixiy taraqqiyotda katta madaniyatni yaratdi. U yaratgan manaviy boyliklar yoshlar tarbiyasida muhim vosita bo’lib xizmat qiladi. Buyuk mutafakkirlarning asarlari orqali o’quvchilar go’zal axloq, baxt,insof, poklik, iffat, sabr-matonat, mehr-shfqat, sihat-salomatlik, ota-onani hurmat qilish qoidalarihaqida keng tasavvurga ega bo’ladilar. Insoniylik o’z tarkibiga insonning eng yaxshi axloqiy xususiyatlarini, yani odamlar o’rtasida o’zaro yaxshi munosabatda bo’lish, dostlik, ota-onaga sadoqatlilik, mehnatsevarlik,diyonatlilik fazilatlarni qamrab oladi. Ota boquvchilarimiz o’quvchilarda yoshlikdan ana shu ozal fazilatlarni qaror toptirishga ahamiyat berganlar.
Yuqorida aytganimizdek, tarbiya tarbiyachi va tarbiyalanuvchi faoliyatlarini o’z ichiga olgan ikkiyoqlama jarayon.Tarbiyachilar- bilim va tarbiyaga ega bo’lgan kishilar, tarbiyalanuvchilar bilim va tajriba o’rganuvchi yoshlardir. Ammo tarbiyalanuvchilar muayyan darajada faol faoliyat ko’rsatmasalar tajriba va bilimlar o’rgana olmaydilar.
Qadriyatlar jamiyat hayotining tarixiy taraqqiyotiga ijobiy ta’sir etadigan, kishilar ongiga singib, ijtimoiy kasb etgan moddiy, ma’naviy hodisa, jarayon bo’lsa ham, uning ahamiyati va mohiyati kishilarning ularga munosabati asosida belgilanadi. Qadriyat degan tushunchaning o’zi ham qadr qimmat ma’nosini bildiradi.





Qadriyatlar




Umuminsoniy

Milliy

Mintaqaviy

Do’stlik,Vatanparvarlik, Insonparvarlik

Ma’naviy-ma’rifiy




Mehmondo’stlik,Hamjihatlik, Bolajonlik







Moddiy



Olim jamiyat taraqqiyotida insoniyat tomonidan bunyod etilgan, o’tmish va kelajakda rivojlanish uchun ijobiy ta’sir etadigan barcha moddiy va ma’naviy boyliklar, fikrlar, g’oyalarga qdriyat sifatida qaraydi. Shaxsning xislatlari, fazilatlari, dunyoqarashini shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qiladigan, o’tmishda yaratilgan, kelajakda foydalaniladigan omillar yoshlarning ta’lim- tarbiyasida foydalanish lozim bo’lgan qadriyatlar deb tushunildi.


Shuningdek barcha qadriyatlar ta’limiy, tarbiyaviyaviy ahamiyatga egadir. Ular, yosh avlod ongi, dunyoqarashining shakllanishiga, ichki ruhiy dunyosining, aqliy faoliyatining kamol topishida muhim ahamiyat kasb etadi. Kopgina qadriyatlar jarayon xususiyatiga ega bo’lib, ushbu jarayonni amalga oshirilishida bo’lg’usi shaxs –bola ishtirok etadi, uning xususiyatlarini o’zida aks ettiradi, ba’zi qoidalarini o’rganib ongiga singdirib boradi.Bular jumlasiga an’analar, urf-odatlar, o’gitlar, nasihatlar bayramlar yo’nalishidagi qadriyatlarni misol keltirish mumkin. Ba’zi qadriyatlar esa, namoyon bo’lishi natijasida turli xil buyumlar, asarlar, jihozlar, qurilmalar, moddiy boyliklar ko’rinishida yaratiladi hamda moddiy borliqning o’zligiga nisbatan ushbu tasvir uzoq vaqt saqlanib qoladi. Borliq yaratilishiga sabab bo’ladigan qadriyatlar shartliravshda moddiy qadriyatlar deb belgilandi.
2. Mutafakkirlarning ilmiy-ijodiy me’rosidan tarbiyaviy maqsadlarda foydalanish
masalasi.
Alisher navoiy o’qituvchi odobi va muallimlik kasbi haqida
Alisher Navoiyni pedagogik- mudarris deb atashimiz mumkin. Chunki u ta’lim- tarbiya maslalariga alohida e’tibor berib, tarbiya jarayonlarini, vositalarini,talablarini ko’rsatib o’tgan. U ta’limda ilmiylik, asoslanganlik, tarixiylik kabi talablarni asos qilib olgan buyuk pedagogdir.
Oz davridagi musulmon ta’lim tizimlarining yutuq va kamchiliklarini tahlil etadi. O’qituvchi odobi va muallimlik kasbi, mudarrislar, ta’lim tizimdorlari ta’lim berayotgan fanini va tarbiya jarayonini sevishi kerak deydi. Oziga xos o’qituvchi jamiyatda obroli va hurmatga loyiq insondir, deb hisoblaydi. Shogirdlar muallimni hurmat qilishlari, e’zozlashlari zarurligini uqtiradi. Navoiyning fikricha, ba’zan bir kishi bitta o’quvchiga tarbiya berishga ojizlik qiladi, muallim esa bir nechta o’quvchi- guruh jamoasini tashkil etadi va ilmu adab o’rgatadi.
Alisher Navoiy “ Mahbub-ul-qulub” asarida ta’lim-tarbiya jarayonlarini, vositalarini, axloq-odob talablarini ko’rsatadi.
O’z davridagi musulmon ta’lim tizimlarining yutuq va kamchiliklarini tahlil etadi. O’quvchi odobi va muallimlik kasbi, mudarrislar, ta’lim tizimdorlari ta’lim berayotgan fanini va ta’lim berayotgan fanini va tarbiya jarayonini sevishi kerak,deydi. O’ziga xos o’qituvchi jamiyatda obro’li va hurmatga loyiq insondir deb hisoblaydi. Shogird podsholik martabasiga erishsa ham muallimga qulluq qilmog’I kerak.
Haq yo’lida senga bir harf o’qitmish ranj ila,
Aylamoq bo’lmas ado oning haqqin yuz ganj ila.
Komil inson g’oyasini yana bir yuksak pog’onaga ko’targan alloma – Abu Ali ibn Sinodir. Buyuk donishmand odamlarning jamiyat hayotida bir-birlaridan farqi va bunday farqlanishning asosiy sabablarini ko’rsatadi. Bu maslada asosan, ikki omil ko’zda tutiladi: kishilarning xulq-atvorlari, urf-odatlari va turli xalqlarning yashash tabiiy- geografik shart-sharoitlari.
Mana shu ikki omilni bi-biriga qiyos qilar ekan, Ibn sino birinchi o’ringa jamiyat hayotidagi axloqiy munosabatlarni qo’yadi. Chunki axloqiy muosabatlar, uning fikricha xalqning ma’naviy sog’lomligini belgilaydi, ilm-fan va madaniyatning ravnaq topishiga yordam beradi, u jamiyatning ma’naviy- axloqiy sog’lomligi va sobitligini ta’minlaydi. Jamiyatning ma’naviy- axloqiy sog’lomligi va ishonch tuyg’ularini shakllantiradi, odamlarni jipslashtirib, har qanday yovuzlik va adolatsizlikning yo’qotilishi uchun zamin yaratadi.
Komil insonning ma’naviy kamoloti uning go’zallikka intilishida ifodalanadi. Gozallikka erishish vositasi muhabbatdir.Insonning ma’naviy jihatdan kamol topishi uning nafsini tarbiyalash orqali amalga oshadi. Bu g’oyalar Ibn Sinoning “Risola fil-ish” asrida har tomonlama bayon qilingan. Alloma muhabbatga insonni ma’naviy kamolot sari eltuvchi muhim vosita sifatida qaraydi. Insonning ichki go’zalligi- go’zal xulqlari, yuksak ma’naviylikka moyilligi ko’p jihatdan uning tashqi korinishidagi xusnidan afzalroqdir deydi. Tashqi qiyofasi chiroyli odamning ichki olami mayib, tashqi qiyofasi xunuk odam go’zal axloqiy sifatlar sohibi bo’lishi mumkin. Shuning uchun insondagi jismoniy go’zallik bevosita uning insoniy nafsi bilan bog’liq ichki go’zalligi bilan belgilanmaydi: ichki axliqiy go’zallikning tashqi go’zallikdan afzalligi shubhasizdir.
Ibn Sino o’z asarlarida bir qancha axliqiy fazilatlarga ta’rif beradi. Chunonchi,iffat, hikmat, shijoat, adolat, saxiylik, qanoat, qat’iyat, sadoqat,hayo, kamtarlik va boshqalar shular jumlasidandir. Shuningdek alloma ularning aksi bo’lgan o’g’rilik, aldamchilik, fisqu fasod, nafrat,rashk, adovat, bo’xton, irodasizlik, takabburlik,nodonlik kabi illatlarni ham tavsiflaydi; har ikki turdagi mazkur tushunchalarning bir-biri bilan bog’liqligini, bir-biriga o’tib turishini va bunday bog’lanish ijobiy hal ekanini ta’kidlaydi.
Buyuk vatandoshimiz Abu Rayxon Beruniy axloqiy ideali- tiriklikni o’z mehnati bilan o’tkazuvchi, birovlarning ko’ngliga ozor bermaydigan, mol-mulkiga va joniga qasd qilmaydigan, aksincha miskinu g’ariblarga yordam beradigan odam bo’lgan. Uning tasavvuridagi komil inson o’z or-nomusi bilan va qadr-qimmatini saqlagan, olijanob muruvvat egasi.Olijanob odam o’zining joni va o’zining mulkidan boshqa hech narsaga egalik qilmaydi, qonunan o’ziga tegishli mulkni boshqaradi.
Beruniyning fikricha, oqil odamlarning taraqqiyoti va uning ruhiyatining rivojlanishi hechbir to’siqlarsiz ijobiy rivojlanishiga ega bo’ladi. Alloma “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”(“O’sar il-boqiya”) asarida qadimgi Eron podshohlarining raiyatini boshqarish odatlari haqida hikoya qiladi. Rivoyatga ko’ra, Eron shohlari Hur Moh Xurram Ro’z oyining birinchi kuni xalq bilan uchrashar ekanlar.
Beruniy 953-1050 yillarda o’zining qator falsafiy asarlarida psixologik va pedagogic qarashlarini bayon qiladi. Bular inson shaxsining shakllanish, axloqiy kamolot, aql- idriki, tafakkuri haqida fikrlaridir.Beruniyning (“Qadimgi avlodlar obidalari”) asarida ba’zi odamlar shaxsining shakllanishida ularning xulq-atvorida mavjud bo’lgan ziqnalik, yolg’onchilik, munofiqlik, xushomatgo’ylik, ikki yuzlamachilik kabi illatlarning shaxs taraqqiyotga salbiy ta’siri haqida to’xtalib o’tadi. Bu illatlarga qarama-qarshi aqil odamlar haqida o’z fikrini bayon qiladi.
Jamiyatdagi zulmni yovuzlikni yo’qotish, uni to’g’ri yo’lga solishdagi muhim vositalaridan biri sifatida alloma hukumdorlar va ularning atrofidagi noiblarning nafsini tarbiyalash, ularda ezgu insoni fazilatlarni shakllantirish orqali ochko’zlik, xudbinlik, g’arazgo’ylik,munofiqlik kabi illatlardan xalis etish zarurligini tavsiya etadi.
Ilm insonlarga yaxshilik bilan yomonlikni ajratish imkonini beradi, qalbni poklaydi, ravshanlashtiradi, ruxni sog’lomlashtiradi va mustahkamlaydi. Ilm tufayli inson nafs illatlaridan xalos etiladi. Nafs o’z mohiyatini tanidi va pirovard-natijada inson o’zini anglaydi. Shu sababli Beruniy ilm olish, ilm tarqatish hukumdorlarining eng muhum vazifalaridan biri ekanligini qayt etadi: (“ Ilm sohalari ko’p, ular yanada ko’paymoqda”).
Jamiyatda qonun ustivor bo’lgandagina, yovuzlik va undan kelib chiqadigan ochko’zlik, yirtkichlik, nodonlikka barham berilgandagina ilm- ma’rifatning oldidagi buyuk vazifasi- inconlar qalbini tozalash, jamiyatni ma’naviy jihotdan sog’lomlashtirish odamlarni kamol toptirish kabi ishlarni amalga oshirish imkoniyatlari tug’uladi.
Pokiza xulq atvor, gozal axloq odob, xalollik ma’rifat va komillik mabayidir. Halol va ma’rifatni komil kishilar, insonlar, millatning yorqin ko’zgusidir.Xuddi shunday kishilar umumxalq va o’zi yashayotgan davlat manfaati va ravnaqi yo’lida qayg’urishga qodirdirlar.
Komil insonlar odamgarchilik, mardlikva muruvvatlik kabi gozal fazilatlarga ega bo’ladilar. Ular haqidagi Abu Rayxon Beruniy shunday deb yozibdi: “ Odam-garchulik, ya’ni muruvvatli, mard kishi o’zidagi va o’ziniki ekanligiga hech kim tortishib o’tirmaydigan narsadan boshqasiga egalik qilmaydi”.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki Beruniyning axloqiy,ijtimoiy ideali insonparvarlik, lqparvarlik, adolatparvarlik kabi fazilatlarga ega bo’lgan jo’mard shaxs, komil insondi.
3. Shaxsning jamoada qaror topishi.
Shaxs psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti harakatlari bilan boshqlardan ajralib turuvchi muayyan jamiyat a’zosi bo’lib, uning shakllanishi ijtimoiy munosabatlar jarayonida kechadi.
Mazkur jarayonda qatnashish asosida u jamiyat tamonidan tan olingan ma’naviy-axloqiy, shuningdek huquqiy me’yorlar mohiyatini o’zlashtiradi. Jamiatning azosi sifatida uning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi mehnat faoliyatini yo’lga qo’yadi, shuningdek shaxsiy ehtiyojlari, manfaatlarini qondirish yo’lida ham atrofdagilar bilan munosabatga kirishadi.
Shaxs ijtimoiy muhitdan uzilgan holda mavjud bo’la olmaydi. Buning misoli sifatida R. Kipling tomonidan yaratilgan asardagi Mauglini keltirish mumkin. Garchi, inson o’quvchisi bo’lasada, ijtimoiy munosabatlar jarayonida ishtirok etish ko’nikma va malakalari shakllanmaganligi bois odamlar haytiga moslasha olmaydi.
O’quvchi yoshligidan o’yin, mehnat va o’qish faoliyatlarini tengdoshlari bilan
Birgalikda tashkil etish asosida ijtimoiy muhitga moslasha boradi. Ijtimoiy muhit




o




o’quvchiga borliqni anglash uchungina emas, balki o’zligini anglash uchun ham im-
koniyat yaratadi. O’quvchining doimiy ravshda jamoa orasida bo’lishi, uning jamoa ta’sirida shakllanishi unda ijtimoiy faollikni yuzaga keltiradi.
Sharq mutafakkirlari jamoaning shaxs kamolatini ta’minlashdagi o’rni va roliga alohida e’tibor berganlar. Xususan, Abu Ali ibn Sino ijtimoiy muhitning shaxsnig shaxsni shakllantirishdagi ro’lini yuqori baholaydi. Tashqi muhit va odamlar insonning borliq, unda keshayotgan o’zgarishlar, jarayonlar mohiyatini anglashgagina emas, balki uning xulqida yaxshi va yomon sifatlarning shakllanishiga ham sezilarli ta’sir etishi, shu bois o’quvchilarni tarbiyalashda u mansub bo’lgan mikromuhit xususiyatini inobatga olishni ta’kidlaydi. O’quvchini yomon ta’sirlardan saqlash zarurligini uqtiradi.
Quyida jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash haqida berilgan.

Jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash

Tarbiya tizimida muhim ahamiyatga ega bo’lgan tamoyillardan biridir. Shaxsning shakllanishida jamoaning yetakchi rol o’ynashi to’g’risidagi fikrlar pedagogika fanining ilk rivojlanish davrlaridayoq bildirilgan. Jamoada uning a’zolari o’rtasidagi munosabatning alohida shakli yuzaga keladi, bu esa shaxsning jamoa bilan birgalikda rivojlanishini ti’minlaydi.Lekin har qanday guruhni ham jamoa deb hisoblab bo’lmaydi. Jamoa bir qator belgilarga egadirki, mazkur belgilar jamoani kishilarning yetarli darajada uyushgan har qanday guruhdan ajratib turadi.

Shuningdek, alloma o’qitish samaradorligini ta’minlashda o’quvchilarga jamoa asosida bilimlarni berish maqsadga muvofiqligini ta’minlaydi.


Abu Nosir Farobiyning uqtirishicha, inson boshqalar bilan munosabatda bo’lish,ularning yordami va qo’llab- quvvatlashlarini his etish ehtiyojiga ega. Ana shu ehtiyojni qondirish yo’lidagi amaliy harakatlar insonni kamolatga yetaklaydi. Abu Rayxon Beruniy esa shaxsning rivojlanishiga o’zaro yordam, hamkorlik, odamlarga nisbatan hayrihohlik uning ijtimoiy muhitdagi roli va ornini belgilab beradi,deb hisoblaydi. O’quvchilar jamoasi o’ziga xoslik kasb etuvchi muhim belgilarga egadir.

Qaysi jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash haqida berildi.
Tarbiya tizimida muhim ahamiyatga ega bolgan tamoyillardan biridir. Shaxsni shakllantirishda jamoaning yetakchi ro’l o’ynashi to’g’risidagi fikrlar pedagogika fanining ilk rivojlanish davrlaridayoq bildirilgan. Jamoada uning a’zolari o’rtasidagi munosabatning alohida shakli yuzaga keladi, bu esa shaxsning jamoa bilan birgalikda rivojlanishini ta’minlaydi. Lekin har qanday guruhni ham jamoa deb hisoblab bo’lmaydi. Jamoa bir qator belgilarga egadirki, mazkur belgilar jamoani kishilarning yetarli darajada uyushgan har qanday guruhdan ajratib turadi.
Jamoa ijtimoiy jamiyatning bir qismi hisoblanadi, uning ijtimoiy hayot va kichik munosabatlarning barcha me’yorlari o’z ifodasini topadi. Zero, jamoa jamiyatdagi mavjud munosabatlar tizimida nomoyon bo’lar ekan, jamoa va ijtimoiy jamiyat maqsadi, intilishida o’zaro birlik, uzviylik, aloqadorlik yuzaga keladi.
Har bir jamoa boshqa jamoalar bilan uzviy aloqadorlikda mavjud bo’ladi. Muayyan jamoaning har bir a’zosi jamiyat ijtimoiy faoliyatini tashkil etish jarayonida o’z jamoasi bilan birgalikda ishtirok etadi. Jamoa a’zolarining intilishlarini tushunish, jamoa oldiga qo’yilgan maqsad mohiyatini chuqur his etish hamda uning shaxsini shakllantirishdagi o’rni va rolini to’g’ri baholay olish jamoa a’zolarining umumiy va xususiy (shaxsiy) maqsad, qiziqishi,ehtiyoji va faoliyatlari o’rtasidagi birlikni namoyon etadi hamda jamoaning bo’linishiga yo’l qo’ymaydi.
Har bir jamoa o’zini o’zi boshqarish organiga ega va bu umumiy jamoaning uzviy qismi sanaladi. Shuningdek, u maqsadning birligi va tashkil qilish xususiyatlari orqali umummilliy jamoa bilan bog’lanadi. Ijtimoiy jamiyat ehtiyojini qondirishga yo’naltirilgan birgalikdagi faoliyat jamoaning navbatdagi muhim xususiyatidir. Jamoa faoliyatining ijtimoiy-g’oyaviy yo’nalishi ham jamoaning faoliyati mazmunida o’z aksini topishi muhim ahamiyatga egadir.
Jamoa xususiyatini aniqlashda kishilar guruhining yagona ijtimoiy tizimini o’rnata olishdagi usul, yani, jamoani tashkil qilish usuli ham muhim hisoblanadi.
Jamoa: ijtimoiy ahamiyatga ega yagona maqsadning mavjudligi, birgalikdagi umumiy faoliyatni tashkil etish, majburiy mas’uliyatli munosabatning yo’lga qo’yi-
lishi, saylangan umumiy rahbarlik kengashiga ega bo’lishlik.


Download 67,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish