2 ma’ruza. 2 modul. 2 mavzu. Tadqimot yaratishning zamonaviy vositalari va ta’lim jarayonida qo’llanilishi.
Reja:
1.Taqdimot tushunchasi va ularninmg turlari.
2. Multimediyali taqdimot va ularni ta’lim jarayonida qo’llanilishi, afzalliklar.
3. O’quv taqdimotiga quyilgan talablar.
4. Taqdimot yaratishning zamonaviy dasturiy vositalari va taqdimot yaratishning onlayn hizmatlari.
Asosiy mazmun va uning matni:
Taqdimot tushunchasi va ularninmg turlari.
Taqdimot – bu keng ommaga biror mavzuni texnik va dasturiy vositalar yordamida materialini yetkazib berishdir. Tqdimot turlari quyidagicha bo’lishi mumkin:
Reklama va biznesda qo’llaniladigan taqdimotlar. Ular hom-ashyoni yoki mahsulotni reklama qilish uchun keng qo’llaniladi.
Ta’lim jarayoniga doir taqdimotlar-ta’limda unga doir daturiy vositalarda qo’llaniladigan taqdimotlar. Ularni Power Point dasturi yordamida, Articulate storyline dasturlarinig Presenter dasturi yordamida onlayn taqdimotlar yaratish mumkin, undan tashqari iSpribg Suite paketiga mansub iSpring Pro dasturida va Google taqdimot dasturida ham onlayn taqdimotlar yaratish mumkin. Shu ohirida ta’kidlangan dasturlar taqdimotlarni internetga, masofaviy ta’lim platformasiga joylashga yordam qiladi.
Rasm 28. Power Pointning bosh menyusi va ishlash oynasi.
Rasmda Вставка menyusidan Рисунок-Rasm va Kартинка-расм menyulariga kirib rasmlarni tanlab taqdimotga quyish mumkin. Заголовок слайда-Slasyd sфrlavhasi bno’limiga slaydning nomini qo’yiladi va pastki to’g’ri burchak sifatida ajratilgan sohasiga esa matn kiritiladi.
Multimediyali taqdimot va ularni ta’lim jarayonida qo’llanilishi, afzalliklar.
Taqdimotda multimediali namoyish amalga oshirilib, unda bir vaqtning o’zida grafika, tovush, animatsiya, tasvir, rasm amalga oshiriladi. Bir vaqtning o’zida rasm, matn, animatsiya va tovushli va video lavhalardan iborat bo’lgan taqdimotlarni multimediali taqdimotlar deyiladi.Ularni ta’lim jarayonida qo’llashning afzalliklari esa quyidagilardan iborat:
Talabaga bir vaqtning o’zida eshitadi va ko’radi;
o’zi taqdimot yaratsa esa undan ham yahshi samarali natija oladi va umri davomida taqdimot yaratib, o’zining faoliyatida qo’llab yuradi;
talabaalrning taqdimot yordamida o’qitilgan darslardan keyin o’zlashtirishi ijobiy samarali natija beradi:
o’quv materialni o’zlashtirish va esda saqlash jarayoni samarali amalga oshadi:
undan tashqari taqdimotdan foydalanish o’qituvchi uchun ham o’z afzalliklariga ega$ o’qituvchi reglament saqlaydi, vaqtdan chiqib ketmaydi, yozilgan reja asosida dars o’tadi. Taqdimotlarni iSpring Suite paketi dasturlarining iSpring Pro dasturida tuzish ham mumkin, bunda bu dasturni ishga tushirilsa, “Запустить Power Point“ nomli soha ishga tushiriladi.
iSpring Presenter taqdimotlarni flash shakliga o’giradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |