Glossary
axborot
|
1) Taqdim etilish shaklidan qat'iy nazar shaxs, predmet, dalil, voqea, hodisa va jarayonlar haqidagi ma'lumotlar.
2) Dalil, voqea, hodisa, predmet, jarayon kabi ob'yektlar haqidagi bilim (ma'lumotlar) hamda tushunchalar yoki buyruqlar.
3) Ma'lum xos matnda aniq ma'noga ega bo'lgan tushunchalarni ichiga oluvchi dalil, voqea, hodisa, predmet, jarayon, taqdimot kabi ob'yektlar haqidagi bilim (ma'lumotlar).
4) Qiziqish uyg'otishi mumkin bo'lgan va saqlanishi va qayta ishlanishi lozim bo'lgan jami dalil va ma'lumotlar. Kitob matni, ilmiy formulalar, bank hisob raqamidan foydalanish va to'lovlar, dars jadvali, o'lchash majmualarining yer va fazo stansiyasi o'rtasidagi masofa to'g'risidagi xabarlar va h.k. axborot bo'lishi mumkin. Hisoblash mashinasi ishi uchun zarur bo'lgan axborot qayta ishlanishi lozim bo'lgan ma'lumot va dasturdan iborat bo'lib, dastur ushbu ma'lumotlar bilan nima va qaysi tartibda bajarilishi lozimligini belgilaydi (yoki foydalanuvchiga belgilash imkonini beradi). Axborot nur, tovush va radio to'lqinlari, elektr toki yoki kuchlanishi, magnit maydoni, qog'ozdagi belgilar shaklida yaratilishi va tashilishi mumkin. Umuman olganda, xohlagan moddiy tuzilma yoki energiya oqimi axborotni tashishi mumkin. Axborotdan foydalanish ko'lamlari jamiyat rivojlanishi darajasini belgilaydi.
5) Turli ob'yektlarning o'zaro ishlashida ro'y beruvchi aks etish jarayonining aktiv harakatlarni ta'minlash uchun yaroqli natijalari. Shuningdek, birov, biror narsa to'g'risidagi ma'lumotlar.
6) Aks etgan xilma-xillik.
|
axborotlashgan jamiyat
|
barcha faoliyat sohalariga intеllеktual mеhnat quroli sifatida dunyoviy bilim manbalariga, kutubxonalariga kirish, ulardan samarali foydalanish, ixtiyoriy (qogozdagi, matn yoki tasvir ko’rinishidagi) axborotni juda qisqa muddat ichida qayta ishlash, jarayonlarni, voqеalarni va hodisalarni modеllashtirish imkonini bеruvchi kompyutеrlar va boshqa axborot tеxnika va tеxnologiyalar kiritilgan jamiyat
|
axborot madaniyati
|
axborotlar bilan maqsadga intilib ishlashni bilish va axborotlarni olish uchun, qayta ishlash, kompyutеrli informatsion tеxnologiyani va zamonaviy tеxnik vositalarni va usullarni qo’llashni anglatadi
|
iqtisodiy axborot
|
axborotning eng muhim turlaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiy axborot ishlab chiqarish jarayonlari, moddiy rеsurslar, bozorlar, bank va moliya muassasalari faoliyati bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liqdir
|
informatika
|
lotincha “informatio” so’zidan kеlib chiqqan bo’lib, tushuntirish, xabar qilish, bayon etish ma’nolarini anglatadi
|
texnologiya
|
grеkchadan tarjima qilinganda san’at, ustalik, malaka ma’nosini anglatadi
|
axborot texnologiyalari
|
1) Axborotni to'plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar. (qonun)
2) Ma'lumotlarni to'plash, ularga ishlov berish, saqlash, uzatish va ulardan foydalanish jarayonida hisoblash texnikasidan foydalanish yo'llari, usullari va uslublari.
3) Hujjatlashtirilgan axborot, jumladan dasturli vositalarga ishlov berishning jami uslublari, yo'llari, usullari va vositalari hamda ulardan foydalanishning belgilangan tartibi.
4) Inson faoliyatining turli sohalarida axborot mahsulotini ishlab chiqarishda axborot jarayonlarini amalga oshirishning
jami usullari.
5) Insonlar tomonidan axborotni yig'ish, saqlash, ishlov berish va tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar va ishlab chiqarish jarayonlari.
Keng ma'noda axborot texnologiyasi misoli sifatida idora cho'tidan foydalanish va kitoblarni bosishni ko'rsatish mumkin. Tor ma'noda axborot texnologiyasi atamasi axborotga ishlov berish uchun ushbu axborotdan foydalanuvchi jarayonlarning sermehnatligini kamaytirish va ularning ishonchliligini va tezkorligini oshirish maqsadida zamonaviy elektron texnikasidan foydalanish bilan bog'liq.
|
axborotning reprezentativligi
|
obyekt xususiyatini adekvat ifoda etish maqsadlarida uni to’g’ri tanlash va shakllantirish bilan bog’likdir.
|
axborotning mazmundorligi
|
semantik (mazmuniy) hajmini ifoda etadi.
|
axborotning yetarliligi (to’laligi)
|
qaror qabul qilish uchun minimal, lekin yetarli tarkibga (ko’rsatkichlar jamlamasiga) ega ekanligini bildiradi. To’g’ri qaror qabul qilish uchun to’liq bo’lmagan, ya’ni yetarli bo’lmagan, xuddi shuningdek, ortiqcha bo’lgan axborot ham foydalanuvchining qabul qilgan qarorlari samaradorligini kamaytiradi.
|
axborotning aktualligi (dolzarbligi)
|
axborotdan foydalanish vaqtida uning boshqarish uchun qimmatliligi sakdanib qolishi bilan belgilanadi va uning xususiyatlari o’zgarishi dinamikasi hamda ushbu axborot paydo bo’lgan vaqtdan buyon o’tgan vaqt oralig’iga bog’liq bo’ladi.
|
axborotning o’z vaqtidaligi
|
uning avvaldan belgilab qo’yilgan vazifani hal etish vaqti bilan kelishilgan vaqtdan kechikmasdan olinganligini bildiradi.
|
axborotning aniqligi
|
olinayotgan axborotning obyekt, jarayon, hodisa va hokazolarning real holatiga yaqinligi darajasi bilan belgilanadi.
|
axborotning ishonarliligi
|
axborotning real mavjud obyektlarni zarur aniqlik bilan ifoda etish xususiyati bilan belgilanadi.
|
axborotning barqarorligi
|
axborotning asos qilib olingan ma’lumotlar aniqdigini buzmasdan o’zgarishlarga ta’sir qilishga qodirligini aks etgiradi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |