59.O’zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlari va ularning siyosiy, ijtimoiy va
iqtisodiy protsesslarda qatnashi.
Nodavlat notijorat tashkilotlari -davlat boshqaruvi jarayonida ma'lum bir
huquq va majburiyatlarga ega bo`lib, ma'muriy-huquqiy munosabatlarning
ishtirokchilari sifatida namoyon bo`lishlari mumkin.
Bugungi rivojlanayotgan O’zbekistonda bozor iqtisodiyoti
munosabatlarining muhim subyekti bo’lib nodavlat notijorat tashkilotlari xizmat
qilmoqda. Ma’lumki, nodavlat notijorat tashkilotlari millionlab insonlarga
ijtimoiy-iqtisodiy jabhalarda talaygina hayotiy muhim vazifalarni hal qilishda,
ko’plab ishchi o’rinlarini joriy etish hamda turli ijtimoiy-foydali islohotlarni
amalga oshirishda beminnat ko’mak beradi.
Nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqiy maqomi O`zbekiston
Respublikasining 1999-yil 14-aprelda qabul qilingan “Nodavlat notijorat
tashkilotlari to`g`risida”gi qonuniga1
binoan tartibga solinadi. Ushbu Qonun
nodavlat notijorat tashkilotlarining, shuningdek, xalqaro nodavlat notijorat
tashkilotlarining, xalqaro hamda chet el nodavlat notijorat tashkilotlari
vakolatxonalari va filiallarining O`zbekiston Respublikasi hududidagi faoliyati
bilan bog`liq munosabatlarni tartibga soladi.
Nodavlat notijorat tashkiloti - jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan
ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o`z faoliyatining asosiy
maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) o`z qatnashchilari
(a'zolari) o`rtasida taqsimlamaydigan o`zini o`zi boshqarish tashkilotidir.
Yuqorida keltirilgan ta'rifdan ko`rinib turibdiki, nodavlat notijorat
tashkilotlari boshqa jamoat birlashmalaridan farq qilgan holda, quyidagi o`ziga xos
xususiyatlarga egadir:
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriy tashkil etiladi;
b) o`zini o`zi boshqaradi;
c) daromad (foyda) olish faoliyatining asosiy maqsadi hisoblanmaydi.
“Nodavlat notijorat tashkilotlari to`g`risida”gi qonunning 2-moddasiga
binoan, nodavlat notijorat tashkilotlari quyidagi maqsadlarda tashkil etilishi
mumkin:
• jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini
himoya qilish;
• demokratik qadriyatlarni himoya qilish;
• ijtimoiy, madaniy va ma'rifiy maqsadlarga erishish;
• ma'naviy va boshqa nomoddiy ehtiyojlarni qondirish;
• xayriya faoliyatini amalga oshirish.
60.O`zbekistonda ko`p partiyalik tizimining shakillanishi va uning ahamiyati. Siyosiy partiyalar xizmatidagi o`zgashaliklar.
Bugungi qunda demokratik huquqiy davlatni siyosiy partiyalarsiz tasavvur
etib bo‘lmaydi. Demokratik jamiyatda siyosiy partiyalar jamiyat siyosiy
tizimining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, ular bevosita davlat faoliyatining
ustuvorligi yo‘nalishlarini belgilashda ishtirok etadi. O‘zbekiston Respublikasida
siyosiy partiyalar faolitining tashkiliy-huquqiy asoslarini 1992 yil 8 dekabrda qabul
qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosida bo‘lsada, lekin unga
qadar qabul qilingan “Jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi qonuni bu boradagi
qonunlarning dastlabkisi hisoblanadi. 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan ushbu
qonunning 1-moddasida “o‘z huquqlari, erkinliklarini hamda siyosat, iqtisodiyot,
ijtimoiy rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi
Do'stlaringiz bilan baham: |