1.Ta’lim texnologiyalari tarixi. Texnologiya so’zi (yunon. “texno” – san’at, mahorat, malaka, “logos” – fan, ta’limot, tushuncha, fikr, ma’no) so’zi ishlab chiqarishda yangi sifat va miqdor o’zgarishlariga olib keluvchi samarali usullar yig’indisi, tizim ma’nosida qo’llaniladi. Pedagogik texnologiya – o’qitishning, ta’limning shakllari, metodlari, usullari, yo’llari, tarbiyaviy vositalarning maxsus yig’indisi va komponovkasi (joylashuvi)ni belgilovchi psixologik va pedagogik tartiblar (ustanovka)lar majmuasi; u pedagogik jarayonning tashkiliy- uslubiy vositalaridan iborat (B.T.Lixachev). Pedagogik texnologiya – rejalashtiriladigan ta’lim natijalariga erishish jarayoni tavsifi (I.P.Volkov).
Ta’lim texnologiyasi – didaktik tizimning tarkibiy jarayonli qismi (M.Choshanov). Pedagogik texnologiya – o’quvjarayonining o’quvchilar va o’qituvchi uchun so’zsiz qulay sharoitlar ta’minlashni loyihalash, tashkil qilish va o’tkazish bo’yicha hamma detallari o’ylab chiqilgan birgalikdagi pedagogik faoliyat modeli (V.M.Monaxov).
Pedagogik texnologiya – bu butun o’qitish va bilimlarni o’zlashtirish jarayonida o’z oldiga ta’lim shakllarini samaradorlashtirish vazifasini qo’yuvchi texnik hamda shaxs resurslari va ularning o’zaro aloqasini hisobga olgan holda bilimlarni yaratish, qo’llash va belgilashning tizimli uslubidir (YuNeSKO).
Pedagogik texnologiya – pedagogik maqsadlarga erishish uchun foydalaniladigan barcha shaxsiy imkoniyatlar, jihozlar va metodologik vositalarning tizimli yig’indisi va ularning amal qilish tartibini bildiradi (M.V.Klarin).
Pedagogik texnologiya– bu tizimli fikr yuritish usulini pedagogikaga singdirish, boshqacha qilib aytganda, pedagogik jarayonni muayyan bir tizimga keltirishdir (T.Sakomoto).
Pedagogik texnologiyaning mohiyati didaktik maqsad, talab etilgan o’zlashtirish darajasiga erishishdan iborat bo’lib, uni tatbiq etishni hisobga olgan holda ta’lim jarayonini ilgaridan loyihalashtirishda namoyon bo’ladi (U.Nishonaliev).
Ushbu aytilganlar asosida ta’lim texnologiyasining keng ko’lamli, serqirra tushuncha ekanligini hisobga olgan holda quyidagi umumlashtirilgan ta’riflarini keltirish mumkin: Ta’lim texnologiyasi axborotlarni o’zlashtirish, ulardan amalda foydalanish, ulardagi yangi ma’no-mazmunlarni hamda axborotlar orasidagi turli bog’liqliklarni ochish orqali yangi axborotlar yaratishga o’rgatish jarayonidan iborat. Aniq ilmiy loyihalashtirilgan, samarali natijani kafolatlovchi, takrorlana oluvchi, ma’lum vaqt va shart- sharoitlarda tashkil etiluvchi pedagogik harakatlar tizimidir.
Pedagogik texnologiya – ta’lim metodlari, usullari, yo’llari hamda tarbiyaviy vositalar yig’indisi; u pedagogik jarayonning tashkiliy- uslubiy vositalari majmuidir.
Dastlab “ta’lim texnologiyasi” tushunchasi AQSh olimlari tomonidan kiritilgan (birinchi bor amerikalik psixolog B.Skinner tomonidan qo’llanilgan bo’lib, u ta’lim texnologiyalari tushunchasini pedagogika va psixologiyaning eng ilg’or bilimlarini ta’limda uyg’unlashtirish hamda unumli foydalanish, deya izohlagan) va 1940-yillardan 50-yillar o’rtasigacha o’quv jarayonida audio-vizual texnika vositalaridan foydalanishni ifodalagan. O’tgan asrning 50-yillari o’rtasidan 60-yillargacha “ta’lim texnologiyasi” atamasida dasturlashtirilgan ta’lim nazarda tutilgan. 60-yillar o’rtalarida bu tushunchaning mazmuni chet ellarda pedagogik nashrlarda va xalqaro konferensiyalarda keng muhokama etildi, natijada ushbu sohada turli mamlakatlarda (AQSh, Angliya, Yaponiya, Fransiya,Italiya, Vengriya) uni talqin qilish ikki yo’nalishda belgilandi. Birinchi yo’nalish tarafdorlari texnik vositalar va dasturlashtirilgan o’qitish vositalarini qo’llash zarurligini ta’kidladilar (technology in education). Ikkinchi yo’nalish tarafdorlari esa o’quv jarayonini tashkil etish samaradorligini oshirish va pedagogik g’oyalarning texnikaning keskin rivojlanishidan ortda qolishini yo’qotishni muhim deb hisobladilar. Shunday qilib 1-yo’nalish “o’qitishda texnik vositalar” sifatida belgilandi, biroz keyinroq yuzaga kelgan 2-yo’nalish “o’qitish texnologiyasi” yoki “o’quv jarayoni texnologiyasi” sifatida belgilandi. 70-yillarda “pedagogik texnologiya” atamasi qo’llanilib, u avvaldan loyihalashtirilgan va aniq belgilangan maqsadlarga erishishni kafolatlovchi o’quv jarayonini ifodalagan. 11 70-yillarning boshlarida turli xildagi o’quvuskunalarini va o’quv vositalarini modernizatsiyalashtirish zarurligi anglab yetildi. Bularsiz o’qitishning sifatliligi va samaradorligiga erishib bo’lmas edi. 60-yillar o’rtalari va 70-yillarning boshlarida AQSh, Angliya, Yaponiya, Italiya kabi yuksak rivojlangan davlatlarda pedagogik texnologiyalar masalalari bilan shug’ullanuvi jurnallar nashr etila boshlandi, keyinchalik bu muammo bilan ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va markazlar shug’ullana boshlaydi. 80-yillarning boshidan pedagogik texnologiya deb ta’limning kompyuterli va axborot texnologiyalarini yaratish tushunilgan. Texnologiya tushunchasi Amerika va G’arbiy yevropada ta’limni isloh qilinishi bilan bog’liqravishda kirib keldi. B.Blum, D.Kratvol, J.Kerroll, J.Blok, B.Skinner, P.Ya.Galperin, V.I.Davidov, N.A.Menchinskaya, Z.I.Kalmikova, L.I.Zankov texnologiyalari mashhur. O’qitishni tashkil qilishning texnologik yondashuvlari V.P.Bespalko, V.Guzeyev, V.Slastenin, M.V.Klarin, B.Lixachev, N.F.Talizina, L.M.Fridman, T.V.Kudryavsev, A.M.Matyushkin, M.I.Maxmutov kabi aksariyat psixolog va didaktikachilarga taalluqlidir. Texnologik yondashuvlar tahlili shuni ko’rsatadiki, aksariyat o’qitish texnologiyalari bo’sh texnologiyalanganligi bo’yicha qolib ketmoqda. Bir qator texnologiyalarda nazariy asoslar kuchaytirilgan, amaliy tomoni u qadar oydinlashtirilmagan. Vaqt o’tishi bilan ularni qo’llash darajasi kengayib borishi natijasida mazmuni ham tegishlicha o’zgarib bordi. Hozirga kelib esa ta’lim texnologiyasi tushunchasining zamonaviy, ilmiy asoslangan yagona ta’rifini belgilash maqsadida bir qancha yirik olimlar tomonidan turli fikr va mulohazalar asoslab berildi.
O’qitish texnologiyalari, pedagogik texnologiyalar, rivojlantiruvchi texnologiyalar, tarbiya texnologiyalari va ta’lim texnologiyalari iboralari turli davrlarda va turli manbalarda qo’llanilgan bo’lsa-da, barchasi umumiy maqsadni ko’laydi, ya’ni bunda ta’lim maqsadlariga erishish va har tomonlama yetuk shaxsni shakllantirishga qaratilgan pedagogik faoliyatni doimiy ravishda rivojlantirish hamda samaradorligini oshirish tizimi va loyihasi tushuniladi.
Pedagogik texnologiya – barcha tashkiliy qismlar va ularning bog’liqligini tahlil qilish, tanlash, loyihalash hamda nazorat qilish yo’li bilan pedagogik samaradorlikni yuqori darajaga ko’tarish hamda bu borada tizimli yondashuvni joriy etishni ifodalaydi. Nima uchun bugungi kunda ta’lim texnologiyalarining nazariy asosini yaratish va amaliyotga tatbiq etish zarurati tug’ildi? Birinchidan, an’anaviy o’qitish tizimi, aytish mumkinki, yozma va og’zaki usullarga tayangani tufayli “axborotli o’qitish“ sifatida tavsiflanadi, chunki o’qituvchi faoliyati faqat o’quvjarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib borayotganligini ta’kidlagan holda baholanmoqda. Ikkinchidan, ilmiy- texnik taraqqiyotning rivojlanayotgan bosqichida axborotlarning keskin ko’payib borayotganligi va ulardan o’qitish jarayonida foydalanish uchun vaqtning chegaralanganligi, shuningdek yoshlarni hayotga mukammal tayyorlash, malakali mutaxassislarni yetishtirish kabi talablar tizimi texnologik yondashuvni joriy etishni taqozo etmoqda.
Bugungi kunda mamlakatimiz ta’lim sohasida ro’y berayotgan tub burilishlar har bir ta’lim muassasasida didaktika sohasini jonlantirishni, ta’lim samaradorligini oshirishni, raqobatbordosh kadrlarni tayyorlashni talab etadi, yangilikni joriy etish yo’li esa har doim murakkab va uzoq. Ishonch bilan aytish mumkinki, ta’limni texnologik asosga qurish sifat darajasini oshirishga, natijalarni kafolatlash tizimiga o’tishga, o’z-o’zini takomillashtiruvchi mexanizmlarni yaratishga xizmat qiladi. Ta’lim texnologiyasi - shunday bilimlar sohasiki, ular yordamida XXI asrda ta’lim sohasida katta burilishlar yuz beradi, o’qituvchifaoliyati yangilanadi, talaba- yoshlarda mustaqil va ijodiy fikrlash, bilimga intilish, o’z ustida ishlash, izlanish, o’z-o’zini rivojlantirish tizimli ravishda shakllanadi. Texnologik jarayon xar doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda amallarni muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko’zda tutadi. Yanada aniqroq aytadigan bo’lsak, texnologik jarayon bu mehnat qurollari bilan mehnat ob’ektlariga bosqichma bosqich ta’sir etish natijasida sifatli mahsulot yaratish borasidagi ishchining 13 faoliyatidir. Ya’ni: ta’lim texnologiyasi - bu o’qituvchi(tarbiyachi) ning o’qitish(tarbiya) ning turli xil vositalari yordamida o’quvchi (talaba) larga muayyan sharoitda samarali ta’sir ko’rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirish jarayonidir. O’qitish texnologiyasi ko’proq xususiy metodika bilan o’xshash ma’noni anglatadi, chunki u ma’lum predmet, mavzu va savollar doirasidagi aniq o’ q uv materiallarini o’zlashtirish yo’lini muayyan texnologiya atrofida ifoda etadi. Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik texnologiyalar markazlari. AQShda 1971 yil – “Pedagogik kommunikatsiyalar va texnologiyalar bo’yicha AQSh Assotsiatsiyasi” tuzilgan. Hozirgi kunda mamlakat bo’ylab va Kanadada bu kengashning 50 dan ortiq filiallari ish olib bormoqda.AQShda 1961 yilda “Ta’limtexnologiyasi” jurnali (“yeducational Technology”), 1971 yilda esa – “Audiovizual o’qitish” jurnali nashr etila boshlandi. Angliyada 1967 yil - Pedagogik texnologiya bo’yicha Milliy kengash 1964 yildan boshlab “Ta’lim texnologiyasi va o’qitishni dasturlashtirish” 16 (“yeducational Technology and programmed learning”) jurnalini, 1971 yilda – “Pedagogik texnologiya” jurnalini nashr eta boshladi. Yaponiyada - Pedagogik texnologiyalar muammolari bilan 4 ta ilmiy tashkilotlar shug’ullanadi. 1967 yilda “Pedagogik texnologiyalar bo’yicha Milliy kengash” tashkil etildi, uning filiallari 22 ta davlat universitetlarida joylashtirilgan. 1965 yildan boshlab yapon tilida har uch oyda “Pedagogik texnologiya” jurnali va ingliz tilida yiliga ikki marta “Pedagogik texnologiyalar sohasida tadqiqotlar” jurnali nashr etiladi. “Pedagogik texnologiyalar bo’yicha umumyapon Markaziy kengashi” tashkil etildi, u ta’lim muammolari bo’yicha xalqaro aloqalar o’rnatish bilan ham shug’ullanadi. Italiyada 1971 yili pedagogik texnologiyalar bo’yicha Milliy markaz tashkil etildi va “Pedagogik texnologiyalar” jurnali nashr etiladi. Vengriyada 1973 yili o’qitish texnologiyasi Davlat Markazi tashkil etildi. Vengriya olimi L.Salai “o’qitish texnologiyasi” tushunchasiga rejalashtirish, maqsadlarni tahlil qilish, o’quv-tarbiyaviy ishlar jarayonini ilmiy tashkil etish, samaradorligini oshirish maqsadida eng muhim vosita va materiallarni tanlashni kiritib o’qitish jarayonini tashkil etuvchilar doirasini ancha kengaytirdi. E.Bisterski va J.Sellerlar (AQSh) to’plangan ma’lumotlar bo’yichao’qitish texnikasi faqatgina yordamchi vosita va yangi tizimdan iborat bo’libgina qolmay, balki o’qish jarayoni tashkiliy shaklini, metodi va mazmunini o’zgartirib uni rivojlantirishda muhim rol o’ynadi. Bu esa o’z navbatida o’qituvchilar va o’quvchilarni pedagogik fikrlashlariga katta ta’sir ko’rsatdi. XX asrning 80-yillarida zamonaviy pedagogik jarayonning, pedagogik texnologiyaning mohiyatini yanada chuqurroq anglab yetishga urinishlar davom etdi. Rossiyada XX asrning 90-yillarida pedagogik texnologiyalar bo’yichaMarkaz tashkil etildi, “Maktab texnologiyasi”, “Ta’limda innovatsiyalar” jurnallari nashr etildi.
O’zbekistonda 90-yillarda, xususan, 1997 yil 29 avgustda Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi qabul qilingandan boshlab ta’lim tizimida, pedagogik nashrlarda ta’lim texnologiyalari muammolari dolzarb 17 tadqiqotchilik obyekti sifatida ko’tarila boshlandi. 1999 yilda Respublika ta’lim Markazi qoshida pedagogik texnologiyalar bo’yicha Markaz tashkil etildi. “Ta’lim texnologiyalari”, “Ta’lim muammolari” kabi jurnallar nashr etila boshlandi, pedagogik texnologiyalar muammolari bo’yicha maqolalar “Xalq ta’limi”, “Pedagogik ta’lim”, “Ta’lim va tarbiya” jurnallarida, “Ma’rifat”, “O’qituvchilar gazetasi” va boshqa ilmiy-pedagogik nashrlarda yoritilmoqda. 1994 yili pedagogik texnologiyalar muammolari bo’yicha 1- Respublika ilmiy-nazariy konferensiyasi o’kazildi, ma’ruzalar va hisobotlar materiallari maxsus to’plamda chop etildi. Pedagog-olimlar U.Nishonaliyev, N.Saidaxmedov, N.Azizxo’jayeva, B.Ziyamuxammedov, U.Tolipov, M.Usmonboyeva, M.Ochilov, S.Xasanov, R.Ishmuxamedov, B.Farberman, J.Yo’ldoshev, S.Usmonov, D.Ro’ziyeva, M.Xoshimova va boshqalar Respublikada pedagogik texnologiyalar muammolari bo’yicha jiddiy tadqiqotlar olib bordilar. 2000 yilda, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshida pedagogika fanlari doktori, professor N.N.Azizxo’jayeva rahbarligi ostida innovatsion texnologiyalar bo’yichamarkaz tashkil etildi, bu markaz zamonaviy pedagogik va innovatsion texnologiyalar muammolari bo’yicha pedagog kadrlar malakasini oshirish bilan shug’ullanib kelmoqda. 1.3. Ta’lim texnologiyalarining ilmiy-nazariy asoslari Ta’lim texnologiyalari masalalari va muammolarini o’rganayotgan pedagog, ilmiy-tadqiqotchi, amaliyotchilarning fikricha, ta’lim texnologiyalari – bu albatta, axborot texnologiyalari bilan bog’liq O’qitish, ta’lim jarayonida qo’llanishi zarur bo’lgan texnik vositalar, kompyuter, masofaviy o’qitishdan foydalanish, deb belgilanadi. Ta’lim texnologiyalarining bog’liq eng asosiy negizi – bu o’qituvchi va talabaning belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlagan texnologiyalariga, ya’ni o’qitish jarayonida, maqsad bo’yichakafolatlangan natijaga erishishda qo’llaniladigan har bir 18 ta’lim texnologiyasi o’qituvchiva talaba o’rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa, har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa, o’quvjarayonida talaba mustaqil fikrlay olsa, ijodiy ishlay olsa, izlansa, tahlil eta olsa, o’zi xulosa qila olsa, o’ziga, guruhga, guruh esa unga baho bera olsa, o’qituvchiesa ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa, bizning fikrimizcha, ana shu, o’qitish jarayonining asosi hisoblanadi. Har bir dars, mavzu, o’quvpredmetining o’ziga xos texnologiyasi bor, ya’ni o’quv jarayonida o’qitish texnologiyasi – bu yakka tartibdagi jarayon bo’lib, u talabaning ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo’naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir. Ta’lim texnologiyasi tizim sifatida ko’rilganda, uning tuzilmasini tashkiliy funksional elementlar bo’yicha tasavvur etish mumkin. Ta’lim texnologiyasining tashkiliy elementlari - ta’lim beruvchi, ta’lim oluvchi, maqsad, natija, ta’lim mazmuni, o’qitish usullari, tashkiliy shakllari, vositalari, nazorat qilish va baholashdan iborat. Pedagogik jarayon o’quv maqsadini qo’yish bilan boshlanadi. Maqsad shunday aniq bo’lishi lozimki, uning vositasida ta’lim- tarbiya jarayonini qanday darajada amalga oshirilganligini aniqlash, berilgan vaqtda ko’zlangan maqsadga erishishni ta’minlaydigan didaktik jarayonni qurish imkonini bersin.
Do'stlaringiz bilan baham: |