(100 ballgacha)
|
Pedagog kadrlar tarkibi va malakasining belgilangan talablarga muvofiqligi (60 ball)
|
Pedagog kadrlarning muntazam ravishda o‘z malakasini oshirganligi (40 ball)
|
Izoh: Har bir mezon bo‘yicha qo‘yilgan talab to‘liq bajarilganda uning uchun belgilangan eng yuqori ball, qisman bajarilganda eng yuqori ballning teng yarmi, umuman bajarilmaganda 0 (qiymatsiz) ball beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligining 2019-yil 16-dekabrdagi 16-mh, 16, 19-mh, 12-2019 va 18-q/q-son qaroriga
2-ILOVA
O‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligining 2008-yil 12-iyundagi 01-193, 173 va 25-son “O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish mezonlari bo‘yicha yo‘riqnoma”ni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1836, 2008-yil 14-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 29-30-son, 287-modda).
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligining 2014-yil 19-dekabrdagi 27/qq, 52/qq va 61-son “O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish mezonlari va texnologiyalari bo‘yicha yo‘riqnomaning 13-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1836-1, 2014-yil 26-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 52-son, 633-modda).
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligining 2016-yil 15-avgustdagi 19-1, 4-2016 va 10-mh-son “O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish mezonlari va texnologiyalari bo‘yicha yo‘riqnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1836-2, 2016-yil 9-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 36-son, 416-modda).
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.01.2020-y., 10/20/3214/0087-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)