1. Ta’lim metodlari klassifikatsiyasi Ta’lim metodlari va ularning turlari



Download 252,51 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana23.02.2023
Hajmi252,51 Kb.
#914126
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5 mavzu geografiya ta’limida qo‘llaniladigan metodlar tasnifi t

 
 


Geografiya o’qitish metodlari haqida tushuncha 
Ta’lim jarayonida o‘quvchilar muayyan bilimlar ko‘nikma va malakalarni 
egallaydilar. Didaktikada metod-deganda, o‘qituvchi rahbarligida turli metodlar 
vositasida o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma malakalari bilan qurollantirishda hamda, 
ularning dunyoqrashini shakllantirish tushuniladi. 
O‘quv materiali mazmuni ta’limning turli vositalari yorlamida va turli 
metodlar bilan o‘zlashtiriladi. Shu sababli har doim o‘qituvchi oldida 
muvaffaqichtliroq va saraliroq o‘qitish va o‘qishga yordam beradigan yo‘llarni 
egallash muammosi turadi. O‘quv materiallarini o‘rganishning turli shakllarini 
qidirish, darsning maqsadlari, vazifalarini anglab olishdan boshlanadi. Metod so‘zi 
grekcha “metodos” so‘zidan olingan bo‘lib aynan «tadqiqot» degan ma’noni 
anglatadi. 
Didaktika fani metod terminiga ta’rif berish bo‘yicha aniq bir qoidani hali 
yaratganicha yo‘q. Bu masala borasida turli ta’rif va qoidalar mavjud. Didaktika 
fanida ta’lim metodi deganda o‘qituvchi va o‘quvchining ta’lim jarayonida 
birgalikdagi faoliyati tushunioali. Bunda ular qo‘yilgan maqsad uchun birgalikda 
harakat qiladilar. Metod o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati turlarini, ta’lim qanday 
kechishligini, o‘qituvchilar materialini qay darajada tushuntirishi kerakligi bilan 
belgilanadi. Metodning alohida detallari usul deyiladi. 
Masalan: yangi bilimni o‘zlashtirishda darslik bilan ishlash bunga misol 
bo‘lishi mumkin. metod va usul o‘rtasida doimiy aloqa mavjud. Geografiya 
asoslarini puxta o‘zlashtirish, o‘qvchining bilim olish qobiliyatlarini rivojlantirish 
va ularni hayotga tayyorlash ma’lum darajada ta’lim metodlariga bog‘liq. 
Ta’lim metodlari-o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilar faoliyatini belgilaydigan 
ish metodlari bo‘lib, o‘quv materialini nazariy va amaliy o‘zlashtirish shaklidir. 
Ta’lim metodlari o‘quvchilarga bilim berish, ko‘nikma va malaklarni 
egallash bilingina cheklanib qolmaydi. Ta’lim metodlari deyilganda, 
o‘quvchilarning ijodiy faoliyatlarini shakllantiradigan, bilimlarni mustaqil 
o‘zlashtirga o‘rgatadigan, to‘laroq ilmiy bilimni asoslangan to‘g‘ri dunyoqarash va 
e’tiqodni tarbiyalaydigan metodlarga tushuniladi. 


Ta’lim metodlari uchun 2 ta asosiy xususiyat xos: 
1.
Metodlar-o‘qituvchi faoliyati yo‘l yo‘riqlari bo‘lib, o‘quvchi 
faoliyatini belgilashga yordam beradi. 
2.
Ta’lim metodlari faqat bilim, ko‘nikma, malaklarini shallantirish 
biliangina cheklanmasdan balki, o‘quvchilarda ijodiy faoliyat bilimlarni mustaqil 
egallash qobiliyatini tarbiyalashga ham yordam beradi. 
Ta’lim metodlari o‘qitishning umumiy va aniq maqsadlariga hamda maktab 
ta’limining mazmuniga ham bog‘liq. Ta’lim metodlari ko‘p hollarda 
o‘quvchilarning ruhiyati yoki xususiyatlarini e’tiborga olishni talab qiladi. Uni 
tanlash maktabning moddiy texnika vositalarini, kartalarni, atlaslarni va ulardan 
foydalanish imkoniyatlarini hasobga oladi. O‘qitish metodlari pedagogikada maktab 
joylashgan sharoitda, hamda o‘qituvchilar tajribasida tarkib topgan an’analarga ham 
bog‘liq bo‘ladi. Masalan: o‘qituvchi o‘z ishiga alohida tus bag‘ishlaydigan muayyan 
metodlardan foydalanishni afzal ko‘radi. Ilmiy texnika jarayon sharoitida an’anaviy 
metodlarni takomillashtirishga va yangi metodlarni izlab topishga tobora jiddiy 
talablar qo‘yilmoqda. Ta’lim metodlari muammosi eng asosiy muammolardan biri 
bo‘lib qolmoqda. U quyidagi talablarga javob berishi kerak. 
Birinchi talab: metodning tarbiyaviyligi bunda har qanday metod 
o‘quvchilarning umumiy rivojlanishiga, bilimga qiziqishlarini e’tiqod, his-tuyg‘u 
qarashlariga ta’sir ko‘rsatadi. Ta’limning tarbiyaviy vazifasini amlaga oshirish 
metodning tanlashiga bog‘liq. 
Ikkinchi talab: metodning ilmiyligi dars berish va ta’limning har qanday 
metodi o‘quv jarayonining qonuniyatlari bilan belgilanadi. Metod ilmiy jihatdan 
qanchalik asoslangan bo‘lsa, shunchalik ravshan va aniq bo‘ladi. Eng muhimi 
shundaki, biror metod yordamida qayday umumiy va aniq vazifalarni hal etish 
mumkinligini, u qanday mazmunga mos kelishini, faoliyatining qonday turlarini 
talab qilishni va ularni qanday tashkil etish lozimligini ko‘ra bilish kerak. Metodning 
ilmiyligi grafik voqea va hodisalarni, qonuniyatlarini to‘g‘ri anglashni ta’minlaydi 
va o‘quvchilarni to‘g‘ri ilmiy tasavvurga olib boradi. 


Uchinchi 
talab: 
metodning 
ommabopligi. 
Bunday 
o‘quvchilar 
rivojlanishining pedagogik-ouhiy imkoniyatlari e’tiborga olinadi. Agar metod 
o‘quvchilarda mavhum tafakkurni ham egallay oladi va jadal rivojlanadi. Demak, 
metod tanlanganda o‘quvchi nimalarni tushuntirish kerakligi haqda emas, balki u 
nimani tushuna olishi haqida ham o‘ylash kerak. 
To‘rtinchi talab: Ta’lim metodining samaradorligi, uning o‘quv materialining 
mustahkam egallashga qaratilganligidir. 
Beshinchi talab: O‘z ish faoliyatida ilg‘or tajribalarni qo‘llash va uni 
muntazam o‘rganish Nazariya va amaliyotda ta’lim metodlari bilan bog‘liq 
yangiliklarni doimo o‘rganib borish lozim. Geografiya o‘qitish metodlari haqda so‘z 
borar ekan «Metod», «Usul» degan so‘zlar yonma-yon uchraydi. Meod uchul bir-
biridan ba’zan farq qlmaydi, bir xil ma’noda yuirtilib kelinadi. Masalan: kartalarni 
solishtirish-taqqoslash metodi deb yuritiladi. Bu noto‘g‘ri chunki kartalarni 
solishtirish metod emas, u solishtirish usulidir xolos. O‘zbek tilidagi mavjud 
qo‘lanmalarda taqqoslish ham, solishtirish ham birdek-taqqoslash deb ishlatiladi. 
Bu chalkashliklardir. Taqqoslash-o‘rganilayotgan geografik ob’ektni ilgari 
o‘rganilgan ob’ekt bilan taqqoslash tufayli o‘ziga xos xususisyatlarini ochib beradi. 
Maslan, Janubiy Amerika cho‘lini Osiyo cho‘li bilan, Sirdaryoni Yenesey bilan 
taqqoslab. Ularning o‘ziga xos xususiyatlari ochib beriladi. 
Taqqoslash og‘zaki bayon metodining bir usulidir. Solishtirish kartalarni 
oslishtirish va tahlil qilish bilan bir geografik ob’ektga xos bo‘lgan ob’ekt va 
hodisalarning sabablarini aniqlashdan iborat. Masalan: turli mazmundagi kartalar 
solishtirilib tahlil etiladi. Solishtirish-kartografik qo‘lanmalar bilan ishlash 
metodining bir usulidir. Metod usullar yig‘indisidan iborat. Usul esa metodning 
tarkibiy qismidir. Geografiyaga xos bo‘lgan karta bilan ishlash metodi bir necha 
usullarni o‘z ichiga oladi. Masalan: a) karta bo‘ylab sayohat;
b) kontur kartaga geografik ob’ektlarni tushirish; v) kartalarni solishtirish va 
h.k. 
Ba’zi usullarni bir necha metod tarkibiga kiritish ham mumkin. Demak, 
metodga, metod esa o‘z navbatida metodga mumkin. Taniqli metodist 


M.K.Kovalevskaya ta’lim vositalarini (darslik karta bilan ishlash), bilimning 
og‘zaki bayon shakllari (hikoya suhbat, tushuntirish, ma’ruza) ni bilish metodlari 
(taqqoslash, kartalarni qiyoslash, umumiy xulosalar chiqarish)ni o‘quvchilarning 
o‘quv faoliyati turlari va shakllari (nazariy bilimlarni egallash, amaliy ish metodlari, 
mustaqil ish metodlari)ni metodik metodlar deb hisoblangan. Metodlar turlicha 
bo‘lishi mumkin. masalan: taqqoslish usuli og‘zaki bayon. Suhbat. Karta bilan 
ishlash metodlarida ishtirok etishi ham mumkin. demak, metod bilan usul o‘rtasida 
uzviy bag‘lanish bor. 
Ta’lim metodlarining tasnifi shu tarzda kelib chiqadini, bu narsa o‘qituvchiga 
o‘quvchilarning o‘quv materialini egallash shakllaridagi o‘xshash va tafovut 
qiladigan muhitlarni chuqurroq anglab olishda hamda o‘z o‘qituvchilik faoliyatini 
muvaffaqiyatliroq tashktl etishda yordam beradi. Ta’lim metodlari muayan 
belgilariga ko‘ra guruhlarga ajratiladi. 
Hozirgi kunda ta’lim nazariyasi va geografiya ta’limida quyidagi tasnif keng 
tarqalgan: 
I.Bilim olishni asosiy manbalariga ko‘ra: 
1.
Og‘zaki bayon (hikoya, tushuntirish, ma’ruza) 
2.
Suhbat 
3.
Kartografik qo‘llanmalar bilan ishlash 
4.
Ko‘rsatmali qo‘llanmalar bilan ishlash. 
5.
Kuzatish va tajribalar. 
6.
Raqamli materiallar bilan ishlash. 
7.
Darslik va qo‘shimcha adabiyotlar bilan ishlash. 
8.
Amaliy metodlar 
II. Didaktik maqsadlarga ko‘ra: 
1.
Yangi materiallarni o‘rganish. 
2.
Bilimlarni mutahkamlash 
3.
Bilim ko‘nikma, malakalarni tekshirish metodlari. 
III. Xulosa chiqarish faoliyatiga ko‘ra: 
1.
Analitik 


2.
Sintetik 
3.
Induktiv 
4.
Deduktiv metodlar. 
Fikrlash faoliyati va bilim olish faolligi xususiyati bo‘yicha I.Ya.Lerner, 
M.N.Skatkin bo‘yicha metodlar tasnifi quyidagicha: 
1.
Izohli ko‘rgazmali metod 
2.
Reproduktiv yoki olingan bilimlarni qayta tiklash metodi. 
3.
Muammoli bayon 
4.
Qisman izlanuvchi metod 
5.
Tadqiqot metodi. 
S.G.Shapovalenko didaktik metodlarni 3 ta guruhga ajratishni tavsiya etadi. 
1.
Og‘zaki metodlar 
2.
Ko‘rgazmali metodlar 
3.
Amaliy metodlar 
Yuqoridagi barcha metodlarni sharli ravishda ikki: «Yangi bilim olish 
metodlari» va «Olingan bilimlarni qayta tiklash metodalariga» ajratish ham 
mumkin. har bir ta’lim metodi bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan ta’limiy va tarbiyaviy 
tomonlar bilan birlashib turadi. 
Ko‘pchilik pedagoglar ta’limda faol va sust metodlarni ham ajratadilar. Bu 
unchalik to‘g‘ri yo‘l emas. Chunki barcha metodlar ham o‘rnida to‘gri qo‘llanilsa, 
o‘quvchilar faoliyatini faolllashtirish mumkin. Metod tanlashda ko‘pgina 
tomonlarni e’tiborga olish zarur. 
O‘quvchilarning bilish faoliyati ko‘pgina omillarga xususan o‘quv 
materialining 
murakkabligini 
nazariy 
bilimlar 
hajmi 
sinfning 
darajasi, 
o‘quvchilarning mustaql ishlarni qay darajada bajara olish qobiliyati va h.k bog‘liq. 
Ayrim metodlar o‘quvchilarda esda saqlab qolishni, ayrimlari fikrlashni ba’zilari 
his-hayajonni rivojlantiradi. 
Har bir metod ijobiy va salbiy tomonlarga ega. M: hikoya va ma’ruza 
metodlarini qo‘llash shu paytda yaqin natija beradiki qachonki o‘quvchilarda bilim 
olishga ishtiyoq kuchli bo‘lsa. savol javob metodi bilan dars o‘tish o‘qituvchilardan 


ko‘p vaqt va mahorat talab qilishi bilan birga o‘quvchidan ham zarur bilimlar 
bo‘lishini taqazo etadi. Yoki muammosi hamda tadqiqot metodlarini qo‘llash, uni 
uyushtirish uchun ko‘p vaqt o‘qituvchilardan esa kuchli bilim talab etadi. Biror 
metodni tanlagan paytda albatta o‘quvchilarning bilish faoliyati, aqliy darajasi. 
Ta’lim vositalari bilan ta’minlanganlik ahvoli ham e’tiborga olinishi kerak. 

Download 252,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish