Soliqlar va subsidiyalar darajasi. Soliqlarning aksariyat turlari ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga kiradi. SHu sababli soliqlarning oshishi ishlab chiqarish xarajatlarini oshiradi va taklifni qisqartiradi. Masalan, import tovarlarga boj to’lovlarining oshishi uning taklifini qisqartiradi. Aksincha, davlat qandaydir tovar ishlab chiqarish yoki biror sohaga subsidiya (subsidiya – davlat tomonidan aholi yoki korxonalarga o’z zararlarini qoplash yoki boshqa maqsadlar uchun qaytarilmaslik sharti bilan beriluvchi mablag’) bersa, bu amalda xarajatlarni kamaytiradi va uning taklifini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |