1 Talab taklif tushunchasi. Taklif qonuni. Taklifga ta'sir qiluvchi omillar



Download 214,77 Kb.
bet31/42
Sana12.02.2022
Hajmi214,77 Kb.
#444676
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   42
Bog'liq
talab va taklif

Bozor ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar, sotuvchilar v xaridorlar o'rtasida pul orqali ayirboshlash (oldi-sotdi) jarayonida bo'ladigan munosabatlar yig'indisidir. Bunda bozornin moddiy asosini joy emas, balki tovar va pulning harakati tashkil etadi. Bozor tushunchasi iqtisodiyotning to'rtga fazasi (ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste'mol jarayonlari) dan faqat ayirboshlash jarayonidagi iqtisodiy munosabatlarni o'z ichiga oladi. Bozorda hyech qanday boylik yaratilmaydi, ishlab chiqarilmaydi, kishilarga baxt, rizqu ro'z hai ulashilmaydi, lekin unda turli mamlakatlarda, jumladan O'zbekistonda mavjud bo'lgan minglab korxonalarda ishlayotgan millionlab qo'li gul mehnatkashlar tomonidan yaratilgan tovar va xizmatlar, ko'chmas mulklar, iqtisodiy resurslar, ishchi ku chi pulga sotiladi va sotib olinadi.
Unda oldi-sotdi jarayonidagi zarur bo'lgan xizmatlar bajariladi. Har bir jismoniy shaxs yoki korxona o'zi ishlab chiqargan tovar yoki xizmat turini sotadi va o'ziga kerakli bo'lgan yuzlab tovar turlarini sotib oladi. Bu oldi-sotdi jarayonida bozor subyektlari, ya'ni oldi-sotdi qilayotgan kishilar bir-birini ko'rmasliklari, tanimasliklari ham mumkin. Ular turli hujjatlar, shartnomalar, namunalarga binoan vositachi tashkilotlar orqali savdo qilishlari mumkin. Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan iaxta, pilla, oltin, mashina, traktor, stanok, samolyot, asbob-uskuna, o'git, urug' va boshqa yuzlab tovar va xizmatlariing o'z yaratilgan joyidan shartnomalarga binoan to'g'ridan-to'g'ri iste'molchilarga jo'natilishi fikrimizning dalili bo'lib, bozor alohida savdo-sotga qiladigan joy deb tushunish to'gri emasligini ko'rsatadi. Undan tashqari tovar va xizmatlarni pul orqali oldi-sotdi qilish jarayonida ayrim shaxslar yoki korxonalar sarflangan mehnat va moddiy xarajatlarga nisbatan yuqori darajada ortiqcha foyda oladi, tez boyiydi, ularning ayrimlari esa foyda olish u yoqda tursin, qilgan sarf xarajatlarini har qoplay olmay, katta zarar ko'radilar, sinib xonavayron bo'ladilar. 1997 yilda Respublikamizda qishloq xo'jaligida 6b ta, boshqa sohalarda 302 ta korxona zarar ko'rib, shundan 300 ta qishloq xo'jaligi korxonalari bu zararni o'zining mol mulki hisobidan qoplashi mumkinligi, qolgan 332 tasi esa zararini qoplay olmay xonavayron bo'lishga mahkum ekanligi, sanoat va boshqa sohalardagi 302 ta zarar ko'rgan korxonalardan 145 tasi bankrot deb e'lon qilinganligi, 1999 yilda esya 898 ta qishloq xo'jalik korxonalari shirkatlarga aylantirilib, ularning 12,3 foizi, ya'ni 119 ta shirkat xo'jaligi yilni zarar bilan yakunlaganligi, bozorning yoppasiga baxt-saodat keltiruvchi afsonaviy joy emasligini yana bir bor isbotlaydi. Endi nima uchun bu bozorda kimlardir mehnat qilamasdai yoki sarflagan harajatlariga nisbatan boshqalardan ortiqcha daromad oladi, boshqalari esa sarf xarajatlarini qoplay olmay, mehnatiga yarasha daromad qila olmaydilar, xonavayroi bo'ladilar degan savol hammani qiziqtiradi. Shuni aytish lozimki, bozorda hyech qanaqa ilohiy yoki afsonaviy kuch yo'q. Aytilganlarning hammasi bozor munosabatlarining o'zidan kelib chiqadi. Bozorga sotishga chiqarilgan tovar va xizmatlar talabga nisbatan kam bo'lsa baholar oshib ketadi, ayirboshlashning ekvivalentlik muvozanati buziladi, natijada tovarni sotuvchi me'yoridan ortiqcha daromad olib, tez boyiydi yoki aksincha, bozorda tovarlar miqdori talab miqdoridan oshib ketsa, baholar pasayib ketib, sotuvchilar zarar ko'radilar. Buning ustiga ishlab chiqarish jarayonida sustkashlik, no'noqlik va xo'jasizlik yuz berib, ortiqcha xarajatlarga yo'l qo'yilgan bo'lsa, zarar yanada oshib ketadi, chunki bozor bunday ortiqcha behuda sarflarni hisobga olmaydi.
Shunday qilib, bozorda katta foyda olish yoki xonavayroi bo'lish sababini tovarlarni pul orqali ayirboshlash jarayonida kishilar o'rtasida yuz beradigan munosabatlardai qidirib topish lozim ekan, savdo bo'layottan joyda, bozor maydonida hyech qanaqa sir-asror yo'q ekan. Oziq-ovqat va qishloq xo'jalik mahsulotlari do'koni, avtomobilga xizmat ko'rsatish stansiyasi, benzin sotadigan joy, sanoat tovarlari do'koni, tijoratchilarning savdo shaxobchalari, turli xil supermarketlar, yirik savdo markazlar (GUM, SUM kabilar) va savdo yarmarkalari, ijtimoiy, xususiy ovqatlanish joylari bularning hammasi bozorning odatdagi ko'rinishlari bo'lib u yerda ham yuqorida aytilgan munosabatlar sodir bo'ladi. Fond birjalari, chet el valutalari bozori, don birjalari va auksionlar (kim oshdi savdosi) yuqori darajada rivojlangan bozorlar bo'lib, ularda sotuvchi va xaridorlar bir-biri bilan aksiya, obligatsiya, milliy valuta va qishloq xo'jalik mahsulotlari orqali boshanadi. Bozorning ayrim turlari sotuvchi va xaridorlar o'rtasidaga shaxsiy aloqa bilan farqlansa, boshqalarida ular hyech qachon bir-birini ko'rmaydi yoki bilmaydi. Shunga muvofiq bozor aloqalari bevosita va bilvosita aloqalarga bo'linadi Bularning har qanday turidan qatyiy nazar uning ishtirokchilari (subyektlari) fuqarolar (uy xo'jaliklari), turli xil korxonalar, firmalar va davlat tashkilotlaridir. Bozor subyektlari ikki guruhga - sotuvchi va xaridorlarga bo'linib, ular bozor munosabatlarining turli vazifalarini bajaradi. Sotuvchilar bozorga tovar va xizmatlarni taklif etadd, xaridorlar esa ularga talab bildiradi. Bozor o'z subyekglari manfaatini bir-biriga bog'lab, ularni muvofiqlashtiradi. Raqobat bozor iqtisodiyotining va umuman tovar xo'jaligining eng muhim belgisi, rivojlantirish usuli hisoblanadi. I.A. Karimov raqobashing bozor iqtisodiyotidagi ahamiyatini qo'rsatib, «Raqobat bo'lmasa, bozor iqtisodiyotini barpo etib bo'lmaydi. Raqobat — bozorning asosiy sharti, aytish mumkinki, uning qonunidir», deb yozadilar.
Raqobatning iqtisodiy mazmunini tushunib olish unga turli tomondan yondoshishini talab qiladi. Mustaqil tovar jilab chiqaruvchilar (korxonalar) o'rtasidagi raqobat tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda o'z mavqyeini mustaxkamlash uchun kurashdan iborat. Bunda ular kerakli ishlab chiqarish vositalari, xom ashyo va materiallar sotib olish, ishchi kuchini yollash uchun ham kurashadi. Ishlab chiqaruvchilar o'rtasidaga raqobat oxir-oqibatda iste'molchilar uchun kurashdir.

Download 214,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish