0 -1,5 juda yumshoq,
1,5 - 3 yumshoq,
3 - 6 o’rtacha qattiq,
6 -10 qattiq,
>10 juda qattiq,
Qora dengiz suvining qattiqligi 65,5 mekv/l ga, okean suvining qattiqligi 130,5 mekv/l ga teng. Suvning qattiqligini aniqlashning xozirgi zamon usullaridan biri trilon B eritmasi yordamida aniqlashdir. Mahsus indikatorlar xromogen yoki xrom chyorniy ishtirokida amalga oshiriladi. Titirlash ammiakli muhitda chegarasida olib boriladi. Xromogen magniy ionlari va boshqa kompleks birikmalar bilan qizil binafsha rang bo’ladi. Trilon bilan titirlashda suvdagi Sa2+, Mg2+ ionlari hamda Si2+, Zp2+, Mp2+, A13+ Fe3+ ionlari reakstiyaga kirishib oz dissostiyalanadigan birikma hosil qiladi. Titirlashning oxirida kalstiy, magniy, xromogen bilan komplekslashgan birikmaga o’tadi, ya’ni hosil bo’lgan ko’k binafsha rang titirlashning tamom bo’lganidan darak beradi.
Trilonning kalstiy bilan hosil qilgan kompleks birikmasi Fe3+ aniqlash uchun rodonit ammoniydan indekator sifatida foydalansa bo’ladi.
OOC – CH2 CH2 – COO O = C – O O – C = O
N – (CH2)2 – N Na2+ CH2 Ca CH2
OOC – CH2 CH2 – COO N N
CH2 CH2 CH2 CH2 Na2
– O – C C – O –
O O
Fe3+ rodonit qizil gilosning rangini beradi. Si2+, Sa2+ larni aniqlash uchun ammoniy purpurayit tuzidan foydalaniladi, boshqacha aytganda bu tuz mureksit deyiladi. Har ionni aniqlashda rN muhitning qiymatiga e’tibor berib borish lozim. Har xil muhitda trilon B aniqlanayotgan ion bilan har xil birikadi.
Misol uchun suvning qattiqligini aniqlashda rN — 9 dan yuqori bo’lsa, trilon B kalstiy, magniy ionlari bilan shunday birikadi. Temir bilan rN = 1 va 2 bo’lganda kalstiyni aniqlashda oksalat usulidan ham foydalanish mumkin. Kalstiy ionlari oksalat ionlari bilan suvda erimaydigan cho’kma beradi:
Sa2+ + S2O4 2– = SaS2O4
Kalstiy oksalatdan shavel kislotasi hosil kilish mumkin:
SaS2O4 + N2SO4 = SaSO4 + N2S2O4
Kaliy permanganat bilan titrlash mumkin:
5N2S2O4 + 2KMpO4 + 3N2SO4 = K2SO4 + 2MpSO4 + 10SO2 + 8N2O
Kalstiyning miqdori permanganat kaliyning ketgan hajmiga qarab aniqlanadi.
Magniyni aniqlashda hajm – analitik usul yoki kolorimetrii usulidan foydalaniladi. Hajm - analitik usul shu bilan harakterliki, xlorid kislotasi b plan titrlanganda gidrokarbonatlar va karbonatlar xloridlarga aylanadi. Hosil bo’lib kolgan uglerod oksidi qaynatish bilan yo’qotiladi. So’ngra magniy ionlari kalstiy gidroksid eritmasidan ortiqcha qo’shish bilan cho’ktiriladi.
Mg2+ + Sa(ON)2 = Mg(ON)2
Magniy gidroksid filtrlab olinadi, ortiqcha kalstiy gidroksid esa xlorid kislotasining 0,1 n eritmasida titrlanadi. Shunday qilib, umumiy qattiqlikni trilon B eritmasi suvni titrlash va eritmadagi kalstiy magniy ionlari miqdorini aniqlash bilan topish mumkin.
Umumiy qattiqlik ionlarining konstentrastiyasini aniqlash litrdagi milligramlar hisobida ham ifodalanadi. Suvning karbonat qattiqligi xlorid kislotasi bilan titrlab topiladi.
Sa(NSO3)2 + 2NS1 = SaS12 + 2N2O + 2SO2
Mg(NSO3)2 + 2NS1 = MgS12 + 2N2O + 2SO2
Karbonatsiz qattiqlik umumiy qattiqlik bilan karbonatli qattiqlikning ayirmasidan topiladi. Uglerod (IV) oksidning miqdori esa fenolftalein ishtirokida ishqor bilan titrlash orqali aniqlanadi. Titrlanayotgan suvning ranggi etalon eritmaning rangiga o’tguncha titrlanadi. Tekshirilib sinaladigan suv suvning xaqiqiy tarkibini harakterlashi kerak. Uni tekshirishga olishdan oldin vodoprovodning krani 10-15 minut ochib qo’yiladi, sklyankani yoki stakanni porstiyaporstiya olinib to’ldiriladi. Agar daryo ariqdan namuna suvi olmoqchi bo’lsangiz, 0,75 m chuqurlikda va daryoning bir joyidan emas, balki bir necha joydan qirg’oqqa yaqin joydan va o’rtasidan olish lozim. Analizni darhol boshlab yuborish ham mumkin yoki bir oz fursatdan keyin ham mumkin, biroq analizdan oldin har xil joydan olingan suvni yaxshilab aralashtirishni unutmang.
Do'stlaringiz bilan baham: |