1. arj a – jm matn Bu buyruq matn. arj arxiv faylga fayllarni maksimal darajada siqadi.
2. arj a – jml matn Bu buyruq fayllarni maksimal darajada tezroq siqadi.
3. arj a – matn Bu buyruq boshqalariga qaraganda tezroq va yaxshi siqadi.Buyuqda siqish usuli ko`rsatilmasa, arxivlash dasturi usuli o`zi tanlab bajaradi.
Arxivlash dasturlari bo`lmaganda ham ochish mumkin bo`ladigan arxiv fayllarini tuzish mumkin. Buning uchun quyidagi ko`rinishda buyruq beriladi.
arj a – je matn Bu buyruqning bajarilishi natijasida dastur fayli shaklidagi matn exe fayli hosil bo`ladi. Uni ochish uchun esa fayl ustiga kursorni keltirib ENTER tugnachasini bosish yetarli.
Hatto, odatdagi arxiv fayl ( matn. arj ) dan ham o`zi ochiladigan faylni hosil qilish mumkin. Buning uchun quyidagicha buyruq beriladi.
arj u – jel matn Buning natijasida matn exe fayli hosil bo`ladiki, u arxivlash dasturisiz ochiladigan arxiv fayllar qatoriga kiradi. Shuningdek, fayllarni arxivga joylashda uni boshqa foydalanuvchilar ochmasliklarni uchun parol qo`yish ham mumkin. Parol bilan arxivlash quyidagi buyruqlardan foydalaniladi.
arj a – a? matn Uning bajarilishda ixtiyoriy harf va raqamlar ketma – ketlikdan iborat parolni kiritish talab qilinadi. Adashmaslik uchun parol ikki marta qayta so`raladi, uni tugmachalar majmui orqali kiritishda belgilar ekranda ko`rinmaydi.
Parol qo`yib arxivlangan fayllarni ochish buyrug`i esa
arj e – d ? matn ko`rinishida bo`ladi. Arxiv fayl bir butun bo`lib, diskning nosozligi yoki boshqa boblarga ko`ra uning qismini o`qib olish mumkin bo`lmasa arxiv fayldagi barcha fayllardan ajralib qolish mumkin. Bunday ko`ngilsiz holatlarning oldini olish uchun asosiy fayllarni yo`qotmay turib tuzilgan arxiv faylni tekshirib ko`rish kerak.. Buning uchun quyidagi buyruqdan faydalaniladi.
arj t matn. arj Buyruqdagi t harfi test so`zidan olingan bo`lib, tekshirish ma`nosini anglatadi. Buyruqning bajarilish natijasida ekranda arxivdagi fayllar ro`yxati va har bir fayl nomidan keyin, agar u yaxshi holatda bo`lsa << OK >> , qandaydir hatolika ega bo`lsa, << CRC error! >> yozuvi chiqariladi. Test oxirida arxivdagi xatolar soni ko`rsatildi. Xato jiddiyroq bo`lganda test jarayoni to`xtab qolishi ham mumkin. Bunday holatlarda arxiv faylni qayta tuzish lozim.
Agar asosiy fayllar o`chirilgandan keyin arxiv faylda xato borligi aniqlansa, arxiv faylni davolovchi parametrlar jr yoki jrl bilan ochish lozim.
arj e – jr matn. arj. Arj e – jrl matn. arj Buyruqlarning birinchisi zararlangan arxivlarni ochadi.