1.3.6. Birlashmalar (union)
Birlashmalar xuddi strukturalarga o‘xshash toifa hisoblanadi, farqi shuki, birlashmalarda bir vaqtning o‘zida faqat uning bitta elementigagina murojaat qilish mumkin. Birlashma toifasi quyidagicha aniqlanadi:
union { 1-elementni tavsiflash;
...
n-elementni tavsiflash;
};
Birlashmalarning asosiy xususiyati shuki, e’lon qilingan har bir element uchun xotiraning bitta hududi ajratiladi, ya’ni ular bir-birini qoplaydi. Bu yerda xotiraning shu qismiga istalgan element bilan murojaat qilsa bo‘ladi, lekin buning uchun element shunday tanlanishi kerakki, olinadigan natija ma’noga ega bo‘lishi kerak. Birlashmaning elementiga murojaat xuddi struktura elementiga murojaat kabi amalga oshiriladi. Birlashmalar qo‘llaniladigan xotira obyektini initsializatsiya qilish maqsadida ishlatiladi, agarda har bir murojaat vaqtida bir qancha obyektlardan faqat bittasi faollashtirilsa.
Birlashma toifasidagi o‘zgaruvchi uchun ajratiladigan xotira hajmi ushbu toifaning eng uzun elementi uchun ketadigan xotira hajmi bilan aniqlanadi. Kichik uzunlikdagi element ishlatilganda, birlashma toifasidagi o‘zgaruvchi uchun ajratilgan xotira sohasining ayrim qismi ishlatilmaydi. Birlashmaning barcha elementi uchun xotiraning bitta adresdan boshlanuvchi bitta sohasi ajratiladi. Masalan:
union { char fio[30];
char adres[80];
int yoshi;
int telefon; } inform;
union { int ax;
char al[2]; } ua;
Birlashma tipidagi inform obyektini ishlatganda qiymat qabul qilgan elementnigina qayta ishlash mumkin, ya’ni masalan inform.fio elementiga qiymat berilgandan keyin boshqa elementlarga murojaat ma’noga ega emas. ua birlashmasi al elementining kichik ua.al[0] va katta ua.al[1] baytlariga alohida murojaat qilish mumkin. Birlashma tipiga oid misol ko‘rib chiqamiz.
#include
using namespace std;
int main()
{ union Guruh{
int n;
int m;
};
Guruh w;
w.n=12;// w birlashmasining n elementiga qiymat berish
w.m=23; // w birlashmasining m elementiga qiymat berish
cout<
system("pause");
}
1.3.7. Klasslar
Klass – bu dasturchi tomonidan ixtiyoriy kiritilgan mavjud tiplar asosida yaratilgan strukturalangan toifa hisoblanadi. Klasslar lokal va global o‘zgaruvchilar va ular ustida amal bajaradigan funksiyalar to‘plamidan iborat bo‘lishi mumkin. Klasslar quyidagicha tasvirlanadi:
class klass_nomi{
;
};
Klasslarga oid misol:
#include
using namespace std;
class daraxt
{
public:
unsigned int uzunligi ;
unsigned int yoshi;
int o_sish(int i){
i++;
return i;
};
};
int main()
{
int k=2;
daraxt olma_daraxt;
olma_daraxt.uzunligi=5;
olma_daraxt.yoshi=7;
cout<
system("pause");
}
Natija: 3
Do'stlaringiz bilan baham: |