Eslatma: Obyektni bir filmdan ikkinchisiga ko’chirib otishda ko’rsatgichni shu obyektga o’rnatiladi va sichqoncha tugmasini bosib, uni qo’yib yubormagan holda keyingi filmdagi shu obyekt joylashishi kerak bo’lgan pozitsiyaga olib boriladi va sichqoncha tugmasi qo’yib yuboriladi. Obyekt nushasini ko’chirish uchun esa bu amal tugmasini bosgan holda yuqoridagi amalni takrorlash orqali amalga oshiriladi.
2. Vaqt diagrammasi Ish maydoning yuqori qismida Vaqt diagrammasi(Timeline) paneli joylashgan.(19.7-rasm)
Vaqt diagrammasi paneli ikki qismga bo’linadi: qatlamlar va freymlar. Vaqt diagrammasi panelidan foydalanib, qatlam(Layer)larni o’zaro joylashgan o’rnini boshqarish, obyektlarni joylashuv ketma-ketligini o’zgartirish va boshqa bir qancha amallarni bajarish mumkin. Vaqt diagrammasi animatsiya va filmning interaktiv elementlarini yaratishda asosiy uskunalardan biri hisoblanadi. Vaqt diagrammasi paneli murakkab strukturaga va ko’p sonli boshqarish elementlariga ega. Shu bilan birga o’rnatilgan parametrlarga bog’liq ravishda Vaqt diagrammasining tashqi ko’rinishi etarlicha katta diapazonga o’zgarishi mumkin.
Rasm. 19.7. Vaqt diagrammasi paneli va uning elementlari Vaqt diagrammasi elementlari bilan tanishishni freymlar shkalasidan boshlaymiz. Shkala sahnaning hamma qatlamlari uchun umumiy bo’ladi. Unda freym(freym)larni o’sib borish tartibidagi nomerlar tasvirlangan. Nomerlash qadami 5 ga teng.
Vaqt diagrammasi kallagi o’ziga hos joriy(faol) freymda ifodalangan tasvirni(animatsiyani ) ko’rsatuvchi indikator vazifasini o’taydi. Tahrirlanayotgan film ishga tushirilganda kallak shkala boyicha o’ngga qarab surilib boradi va freymlar maydonidagi freymlarni navbatma-navbat “o’qiydi”(ko’rsatadi). Yaratilgan animatsiyani ko’rish uchun kallakni sichqoncha yordamida siljitish mumkin.
Vaqt diagrammasida tasvirlarni va freymlarni ifodalanishi Oldingi bo’limda kalit freymlar tog’risida qisqacha to’htalib o’tgan edik. Kalit freym – xususiy holda kulrang fonda joylashgan qora nuqta bilan ifodalanadi. Agar uning davomiga yana freym qoshsak, qora nuqtacha chiqmasa, u kalit freym bo’la olmaydi.
Joylashish holati o’zgarishi bilan ifodalanuvchi tweened-animatsiyalar uchun - bir-biri bilan strelka orqali ulangan, och-ko’k rangli fonda joylashgan, o’rtasida qora nuqtasi bor freymlar - kalit freymlar hisoblanadi. Strelka ornida esa oraliq freymlar joylashadi.
Shakl o’zgarishi bilan ifodalanuvchi tweened-animatsiyalar uchun - bir-biri bilan strelka orqali ulangan, och-zangor rangli fonda joylashgan, o’rtasida qora nuqtasi bor freymlar - kalit freymlar hisoblanadi. Strelka ornida esa oraliq freymlar joylashadi.
Strelkaning chap tomonida(boshlanishida) joylashgan kalit freym – ochuvchi freym, o’ng tomonida(oxirida) joylashgani yopyvchi freym deyiladi.
Agar, yopuvchi kalit freym qoyilmagan bo’lsa, strelka o’rnida shtrix chiziq paydo bo’ladi.
Agar freym ustida kichik a harfi bo’lsa bu freymga “Action” paneli yordamida qandaydir jarayon bog’langan bo’ladi.
Freymlar ustida qizil bayroq bor bolsa, bu freym metka yoki izoh(komentariy)ni ifodalaydi.
Uzluksiz ketma-ketlikda joylashgan kalit-freymlar – “freymlar almashinishi” orqali amalga oshuvchi animatsiyani bildiradi.
Vaqt diagrammasining tashqi ko’rinishi freymlarning formatini tanlashga ham bog’liqdir. Freymlar shkalasining ohirida joylashgan tugma ustiga borib, sichqonchaning o’ng tugmasi bosilsa Frame View menyusi chiqadi. Menyu vazifasiga ko’ra to’rtta guruhga bo’lingan va ular gorizontal chiziq bo’yicha ajartilgan.(19.8 - rasm)